boshqa davlat va xo`jalik organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Ochiq turdagi aksiyadorlik tashkiloti shaklidan boshqa istalgan tashkiliy-
huquqiy shaklda (masalan, xususiy, jamoa, masuliyati cheklangan jamiyat
va hokazo) tuzilishi mumkin.
Auditorlik tashkilotiga malaka sertifikatiga ega bo`lgan jismoniy
shaxslarga - auditorlar shtatda turish yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma
tizim asosida bir-lashadilar. Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz
o`tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa aybli xatti-
harakatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
Auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadlari qatoriga:
1. Xo`jalik yurituvchi subyektlar, buxgalteriya (moliya) hisobotlari
to`g`riligini belgilash;
2. Xo`jalik yurituvchi subyekt tomnidan amalga oshi-rilgan
moliyaviy-xo`jalik operasiyalarini qonunga mu-vofiqligini belgilash;
3. Xo`jalik yurituvchi subyekt davlat soliq inspek-siyasiga va boshqa
davlat tekshiruv organlariga taqdim etgan hisobotlarning to`g`riligi va
ishonchliligini aniqlash kabilar kiradi.
"Auditorlik faoliyati to`grisida"gi qonunning 9-moddasiga ko`ra:
"Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hiso-bot va boshqa moliyaviy axborot
to`g`riligi va qonun huj-jatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo`jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog`liq
moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir".
Auditorlik tekshiruvi majburiy va ix-tiyoriy tarzdagi shakllarda o`tkaziladi.
O`zbekiston Res-publikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sen-
tyabrdagi 365-son "Auditorlik faoliyatini takomil-lashtirish va auditorlik
tekshiruvlari ahamiyatini oshi-rish to`g`risida"gi qarori bilan auditorlik
tekshiruv-larini takomillashtirishga qaratilgan tegishli choralar ko`rildi.
Har yili majburiy auditorlik tekshiruvlaridan o`t-kazilishi lozim
bo`lgan tashkilotlar bunday tekshiruv-lardan bo`yin tovlaganlari taqdirda
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan besh yuz baravarigacha
miqdorda jarimaga tortilishi belgilandi ("Auditorlik faoliyati to`g`risida"gi
qonunning 10-moddasining 3-qismi). Bunday jarimaga tortish asoslari,
jarimani undirib olish tartiblari qonun hujjatlarida belgilangan.
1
Dostları ilə paylaş: