Nazorat savollari:
1.
Buxgalteriya hisobi nima?
2.
Auditorlik faoliyati qanday faoliyat?
3.
Kreditlashtirishga oid munosabatlar nima?
4.
Kredit shartnomasiga tushuncha bering.
www.ziyouz.com kutubxonasi
16 BOB. IQTISODIYOT SOHASIDAGI QILMISHLAR
UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK
1-§. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik
O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda
bitimlar tuzganlik uchun javobgarlik.
O`zbekiston Respublikasining
manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish O`zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotining asoslariga qarshi qilingan harakatlardir.
O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar
tuzishning
ijtimoiy xavfliligi
shundaki, jinoyat sodir etilganda faqat alohida
shaxslarning huquqlari buzilibgina qolmasdan, balki butun jamiyatga zarar
keltiriladi. Bundan tashqari, jamiyat va davlatning o`tish davrida bu
turdagi jinoyatlar soni tez o`sib boradi va davlatning iqtisodiy asoslariga
jiddiy zarar keltirishi mumkin.
Jinoyat davlat organi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona,
muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan
respublika manfaatlariga ko`p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab
bo`lgan, naf keltirilmasligi ayon bo`lgan bitimning tuzilishida ifodalanadi.
O`zbekiston Respublikasi manfaatlari
deganda samarali bozor
iqtisodiyotini yaratish, mulkiy va ashyoviy munosabatlarni, umummilliy
qadriyatlarni himoya qilish, tovar mustaqilligiga erishish shu kabilar
hisoblanadi. Ko`rsatib o`tilgan manfaatlar bitimlarni tuzishga alohida
talablar belgilangan qonunchilikda aks ettirilgan va mustahkamlangan, shu
jumladan bu savdo operasiyalarini o`tkazish va tuziladigan tashqi iqtisodiy
bitimlarga ham taalluqli.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 101-moddasiga
ko`ra
bitimlar
deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va
burchlarini belgilash, o`zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan
harakatlariga aytiladi.
Bitimning quyidagi turlari mavjud:
Bitimlar bir taraflama, ikki
taraflama yoki ko`p taraflama (oxirgi ikkitasi shartnoma) bo`lishi mumkin.
Tahlil qilinayotgan jinoyat ikki taraflama yoki ko`p taraflama (shartnoma)
tuzish bilan sodir etiladi, ammo jinoyat bir tomonlama bitimlar tuzish bilan
ham sodir etilishi mumkin.
Shuningdek, bitimlar shartli (yani kechiktirish va bekor bo`lish sharti
bilan tuzilgan bitimlar), haq evaziga va tekinga, real va konsensual, kazual
www.ziyouz.com kutubxonasi
(nizoli) va mavhum bo`lishi mumkin
1
. Tuzilgan bitimning shakli
qilmishning kvalifikasiyasiga tasir etmaydi, ammo aybdorga jazo
tayinlashda sud tomonidan inobatga olinishi lozim.
Bitim tuzish
– bu bitimning barcha shartlari bo`yicha shaxs
(taraf)ning o`z erkini qonunda nazarda tutilgan tarzda ifodalashidir.
Quyidagi ikki shartga rioya qilgandagina bitim tuzilgan hisoblanadi:
bitimning barcha shartlari bo`yicha erk-iroda ifodalangan bo`lishi
kerak;
erkning ifoda etilish shakli bitimlarga qo`yilgan barcha talablarga
javob berishi kerak
2
.
Bitim tuzish natijasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga katta zarar
yetkazadigan har qanday bitim naf keltirmaydigan bitim deb hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish
natijasida ko`p miqdorda zarar yetkazish jinoyatning zaruriy belgisi
hisoblanadi. Ko`p miqdordagi zararni aniqlashda «zarar» tushunchasi
jinoyatkorona qilmishdan ko`rilgan zararnigina o`z ichiga olishini nazarda
tutmoq lozim. Zarar miqdorini aniqlashda O`zbekiston Respublikasining
manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish tufayli boy berilgan naf etiborga
olinmaydi. Ammo bitim tuzish davlat manfaatlariga ko`p miqdorda zarar
yetkazilishiga sabab bo`lsagina, qilmish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 175-moddasi bilan javobgar qilishga asos bo`ladi.
Agarda
yetkazilishi mumkin bo`lgan zarar ko`p mikdorni tashkil qilmasa, ushbu
moddada nazarda tutilgan jinoyatni tashkil etmaydi. Zarar eng kam oylik
ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo`lsa ko`p miqdor
hisoblanadi.
Har bir ish bo`yicha zarar miqdori tergov organi yoki sud tomonidan
belgilanadi
3
va modda mazmuniga ko`ra:
haqiqiy zarar, yani davlat o`zining buzilgan manfaatlarini tiklashi
uchun qilgan yoki kelajakda qiladigan xarajatlariga;
boy berilgan foyda, yani fuqarolik oborotidan olinmay qolgan
daromadga asoslanishi lozim
4
.
Ushbu jinoyat faqat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Mansabdor shaxs
bitim tuzilgunga qadar uning Respublika manfaatlariga naf keltirmasligini
bilishi kerak.
1
Қaрaнг: Бoлшoй юридичeский слoвaр. / Пoд. рeд.
A.Я.Суxaрeвa, В.Э.Крутскиx.
(2-нaшр, қaйтa ишлaнгaн вa
тўлдирилгaн). – М.: ИНФРA-М. 2000, 548-бeт.
2
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик Кoдeкси, 105-112-мoддaлaри.
3
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий суди Плeнуми қaрoрлaрининг тўплaми. 1991-1998. 2-тoм. 154-бeт.
4
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Фуқaрoлик Кoдeкси, 14-мoддa, 2-қисм.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Naf keltirmaydigan bitim
deganda, shartlari davlat manfaatlariga zid
keluvchi bitimni tushunish zarur (masalan, mahsulot yetkazib berish
bahosining aniq pasaytirilganligi yoki mahsulotni olish, uni transportda
tashish narxlarini aniq oshirib ko`rsatish; davlat mulkini tasarruf qilishda
past narxlash, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy sanksiya qo`llagan
rezidentlar bilan savdo operasiyalarini amalga oshirish va hokazolar)
1
.
Bitimning O`zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid tuzilganligi
ishga tegishli mutaxassislar jalb qilinib aniqlanishi lozim.
Agar mansabdor shaxs o`zining sovuqqonligi orqasida shunday bitim
tuzsa, uning hatti-xarakati Jinoyat Kodeksining 207-moddasiga binoan
mansabga sovuqqonlik bilan qarash deb baholanadi. Jinoyatning motiv va
maqsadi uning kvalifikasiyasiga tasir qilmaydi.
Davlat organi, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona, muassasa,
tashkilot yoki jamoat birlashmasining mansabdor shaxsigina ushbu
jinoyatni sodir qilishda aybdor deb topilishi mumkin. O`zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismiga ko`ra, davlat
organining, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, korxona, muassasa,
tashkilotning, jamoat birlashmasining mansabdor shaxsi tomonidan naf
keltirmasligi ayon bo`lgan bitimni tuzish respublika manfaatlariga ko`p
miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng kam oylik ish haqining
yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ahloq
tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O`zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim
tuzishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxs qilmishni: a) takroran, b) bir
guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, v) juda ko`p miqdorda
zarar yetkazgan holda sodir etgan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 175-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi hamda eng
kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilib, besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zarar uch karra
miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
qo`llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |