taqdim etmaslik), ishning mavjud holatlaridan kelib chiqib uning
harakatlari jinoyatlar majmui tariqasida JK 183-moddasi va 205, 207-
moddalari yoki JK 208-moddasi bo`yicha kvalifikasiya qilinadi.
Jinoyat kodeksining 183-moddasi 2-qismi
monopoliyaga qarshi
faoliyat olib borish vakolati berilgan organning qonunbuzarlikni to`xtatish,
dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o`zgartirish
haqidagi talablarini yoxud boshqa qonuniy ko`rsatmalarini bajarishdan
bo`yin tovlash yoki ularni o`z vaqtida bajarmaslikda ifodalanadi.
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat
to`g`risida”gi qonunning V bobida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik, VI bobida Monopoliyaga qarshi qonun
hujjatlarini buzganlik to`g`risida monopoliyaga
qarshi davlat organi
tomonidan ish qo`zg`atish va ularni ko`rib chiqish asoslari ko`rsatilgan.
Agar tekshirish chog`ida qonun hujjatlari buzilishlari bar-taraf
etilmaganligi yoki bartaraf etish chora-tadbirlari ko`ril-maganligi
aniqlansa,
ko`rsatma bajarilmagan
hisoblanadi.
Ko`rsatma quyidagi hollarda
qisman bajarilmagan
hisoblanadi:
ko`rsatmaga muvofiq bartaraf etilishi kerak bo`lgan barcha qonun
hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda;
ko`rsatmada nazarda tutilgan barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar
va organlarga nisbatan qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda.
Ko`rsatmalar o`z vaqtida bajarilmagan
deganda, ko`rsatmaning
unda ko`rsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi
1
.
Ko`rsatmalarni bajarishdan bosh tortish
deganda, ko`rsatmaning
subyekt tomonidan bajarilmaganligi yoki qisman bajarilmaganligi
tushuniladi
2
. Ko`rsatmalarni bajarmaslik ko`rsatmalarni bajarishdan bosh
tortishdan quyidagilar bilan farq qiladi. Birinchisi,
faqat ehtiyotsizlik
orqasidan sodir etiladi, ikkinchisi esa, to`g`ri qasd bilan sodir etishda
ifodalanadigan harakatsizlikdir. Shuni takidlash lozimki, huquqni
muhofaza
qiluvchi organlar, agar qonun bilan belgilangan ijro etish
muddati o`tib ketgan bo`lsa-da, ko`rsatilgan talablardan birortasi ham
1
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг 2005 йил 10 oктaбрдaги 225-сoнли қaрoри
билaн тaсдиқлaнгaн “Мoнoпoлиягa қaрши қoнун ҳужжaтлaрини, тaбиий мoнoпoлиялaр, истеъмолчилaрнинг
ҳуқуқлaрини ҳимoя қилиш, тaдбиркoрлик фaoлияти eркинлигининг кaфoлaтлaри вa рeклaмa тўғрисидaги қoнун
ҳужжaтлaрини бузгaнлик учун иш қўзғaтиш вa улaрни кўриб чиқиш тaртиби тўғрисидa”ги Низoм, 4-бўлим, 28-
бaнд, 6,7,9-қисмлaр.
2
Қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг 2005 йил 10 oктaбрдaги 225-сoнли қaрoри
билaн тaсдиқлaнгaн “Мoнoпoлиягa қaрши қoнун ҳужжaтлaрини, тaбиий мoнoпoлиялaр, истеъмолчилaрнинг
ҳуқуқлaрини ҳимoя қилиш, тaдбиркoрлик фaoлияти eркинлигининг кaфoлaтлaри вa рeклaмa тўғрисидaги қoнун
ҳужжaтлaрини бузгaнлик учун иш қўзғaтиш вa улaрни кўриб чиқиш тaртиби тўғрисидa”ги Низoм, 4-бўлим, 28-
бaнд, 8-қисм.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bajarilmayotgan taqdirda ko`rsatmalarni bajarishdan
bosh tortish deb
topishi lozim.
Monopoliyaga qarshi kurashuvchi organning talablari va boshqa
qonuniy ko`rsatmalarini bajarmaslik yoki bajarishdan bosh tortish aktiv
shakl (ko`rsatmani qabul qilmaslik, adresini o`zgartirish va hokazo)da
yoxud passiv shakl (ko`rsatmada ko`rsatilgan qonunbuzarliklarni bartaraf
etish choralarini ko`rmaslik)da ifodalanishi mumkin. Biroq bajarmaslik va
bajarishdan bosh tortish shakllari qilmishni kvalifikasiya qilishga tasir
etmaydi.
Mazkur qonunga muvofiq bozorda katta mavqega ega bo`lgan
xo`jalik yurituvchi subyektlarga bozorda mahsulot
taqchilligini keltirib
chiqarish yoki saqlab turish maqsadida tovarlar ishlab chiqarishni
kamaytirish yoxud to`xtatib qo`yish, shuningdek, ularni muomaladan
olish, mo`may foyda olish maqsadida bozorda haddan tashqari baland narx
belgilash, uni suniy ravishda ushlab turish, narxlarni asossiz ravishda
pasaytirish, davlat tomonidan belgilanib turiladigan shartnoma tuzayotgan
tomonlarga ularni boshqa xo`jalik yurituvchi
subyektlarning zimmasiga
teng bo`lmagan ahvolga solib qo`yadigan shartlarni yuklash, xo`jalik
yurituvchi subyektlarga o`zgacha to`siqlarni vujudga keltirish hamda
monopolistik faoliyat va g`irrom raqobatni boshqacha cheklash hamda
taqiqlash kabi harakatlarni sodir etish man qilinadi.
Jinoyat kodeksining 183-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat
ushbu qismning dispozisiyasida nazarda tutilgan harakatlardan bittasi sodir
etilgan paytdan etiboran tamom bo`lgan deb topiladi. Monopoliyaga qarshi
qonun hujjatlarini buzish jinoyati qasddan sodir etiladi. Uning motiv va
maqsadi jinoyatni kvalifikasiya qilishda ahamiyatga ega bo`lmaydi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini monopoliyaga qarshi
organning qaror (ko`rsatma)larini bajarmaslik yoki bajarishdan bo`yin
tovlash shaklida buzish harakatlari
mamuriy preyudisiya mavjud
bo`lganda ijtimoiy xavfli hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 183-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxslar eng kam oylik ish haqining
yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan
huquqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: