Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda 
shug`ullanganlik uchun jinoiy javobgarlik.
Mazkur jinoyat qonunda 
belgilab qo`yilgan ro`yxatdan o`tish va savdo yoki vositachilik faoliyati 
bilan shug`ullanish tartibini buzishda namoyon bo`ladi. 
Jinoyatning 
ijtimoiy xavfliligi
uni sodir etish tadbirkorlik 
faoliyatining noqonuniy yoki yashirin iqtisodiyot sohasiga o`tib ketishidan, 
demakki, davlat nazorati doirasidan chiqishi bilan bog`liq. Savdo yoki 
vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug`ullanishda 
subyektlar budjet va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to`lovlardan 
bo`yin tovlashadi, sifatsiz tovar realizasiyasi uchun sharoit paydo bo`ladi. 
Jinoyat nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida 
belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlab, savdo yoki 
vositachilik faoliyati bilan shug`ullanishda ifodalanadi. 
Savdo faoliyati
– naqd pulga, naqd pulsiz tovar, ish, xizmatlarni 
sotish bilan bog`liq faoliyat.
Faoliyat savdo faoliyati sifatida tan olinishi uchun quyidagi belgilar 
mavjud bo`lishi lozim:
a) subyekt sotiladigan tovarlar, ishlar, xizmatlarga nisbatan mulk 
huquqiga ega bo`lish lozim;
b) tovarni realizasiya qilish haq evaziga amalga oshirilishi lozim, 
yani tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun malum moddiy qiymatga ega ashyo 
olinishi lozim. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuqorida qayd etilgan belgilarning birontasi bo`lmasa, faoliyat savdo 
faoliyati sifatida tan olinishi, masalan, subyekt mulk huquqiga ega 
bo`lmagan (masalan, mulk unga ijara bitimi asosida berilgan bo`lsa) 
mulkni tekinga berishi yoki sotishi mumkin emas. Savdo faoliyati sifatida 
tovar, ish, xizmatni har qanday evazli to`lov berish, shu jumladan nafaqat 
pul mablag`lari, balki boshqa mulk bilan berish, yani barter bitimi 
tushuniladi. Tovarning (eksport va import bitimlar asosida) O`zbekiston 
Respublikasining bojxona chegarasini bosib o`tishi ham faoliyatni savdo 
sifatida kvalifikasiya qilishga tasir qilmaydi. 
Vositachilik faoliyati 
muassasa, korxona, tashkilot va fuqarolar 
uchun tovar yoxud boshqa predmetlarni sotib olishga yoki realizasiya 
qilishga ko`maklashish yoki bunday majburiyatlarni o`z zimmasiga olish 
hamda tomonlar o`rtasida bitimlar tuzishda ko`maklashish yoxud boshqa 
vositachilik harakatlaridan iborat. Boshqacha aytganda, vositachilik 
faoliyati bitim asosida, pul va natura shaklida ifodalanadigan haq evaziga 
boshqalar foydasiga vositachilik xizmatlarini ko`rsatish deb tan olinadi
1

Sharhlanayotgan modda manosida vositachilik faoliyatini haq evaziga 
amalga oshirish zaruriy shart bo`lishi lozim va pul shaklida ham, natura 
shaklida ham ifodalanishi mumkin (masalan, realizasiya qilingan tovar 
miqdoridan kelib chiqib muayyan foizlarni olish). Agarda boshqa tomon 
vositachi amalga oshirgan harakatlarni ochiq yoki ko`zlangan (masalan, 
vositachi ko`rsatgan xizmatlar natijasini qabul qilish) shaklda ifodalangan 
qo`llab-quvvatlash bo`lmasa, vositachilik faoliyati ham bo`lmaydi. 
Mazkur jinoyat savdo yoxud vositachilik faoliyatini amalga 
oshiruvchi subyektning qonun talab qilgan ro`yxatdan o`tishdan bo`yin 
tovlashga yo`naltirilgan faol harakatlarida ifodalanadi.
Mazkur modda manosida

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin