to`g`risidagi ariza bilan xo`jalik sudiga murojaat
qilishi yoki qonun huj-
jatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni ko`rishi uchun davlat soliq
xizmati organlariga murojaat etishi shart.
Tugatilayotgan qarzdorni bankrot deb topish to`g`ri-sidagi ariza
kreditorlik qarzining miqdoridan qatiy nazar berilishi kerak. Ushbu holatda
xo`jalik sudi tomo-nidan qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi
qaror
qa-bul qilinadi, tugatishga doir ish yuritish boshlanadi hamda tugatish
boshqaruvchisi tayinlanadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning
bankrotligida kuzatuv, sud
sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qo`llanil-maydi. Kreditorlar
tugatilayotgan yuridik shaxsga bo`lgan o`z talablarini tugatilayotgan
yuridik shaxsni bankrot deb topilganligi to`g`risidagi e'lon
chop etilgan
paytdan boshlab bir oylik muddat ichida taqdim etishga haqli.
Agar yuqorida ko`rsatib o`tilgan holatda tugatish komissiyasi
xo`jalik sudiga murojaat qilmagan bo`lsa, bu yuridik shaxslarning yagona
davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi to`g`risidagi yozuvni
kiritishni rad etish uchun asos bo`ladi.
Shuningdek, tugatilayotgan yuridik
shaxsni qonunda belgilangan
holatda bankrot deb topish to`g`risida xo`jalik sudiga murojaat qilish
talabini buzilishiga yo`l qo`ygan tugatish komissiyasining raisi yoki
tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxsning pul majburiyatlari va majburiy
to`lovlari yuzasidan qondirilmagan talablar bo`yicha
subsidiar javobgar
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: