Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
6-§. Yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligining
xususiyatlari 
«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunga muvofiq yakka tartibdagi 
tadbirkor bankrotligining asosiy belgisi bank-rotlik alomatlari mavjud 
bo`lgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan jami talablar eng 
kam ish haqining o`ttiz karrasini tashkil etishi va ushbu majburiyat vaqti 
kelgandan keyin 3 oy muddat ichida amalga oshirilmagan-ligidir. 
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to`g`risidagi 
ariza xo`jalik sudiga qarzdor, yakka tartibdagi tadbirkor, kreditor, 
prokuror, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli 
organlar tomonidan berilishi mumkin. 
Qarzdor - yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to`g`risida 
ariza berish huquqiga kreditorlar ham ega, hayoti yoki sog`ligiga 
yetkazilgan zararning o`rnini qop-lash to`g`risidagi, alimentlarni undirish 
to`g`risidagi ta-lablar, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablar 
qo`yadigan kreditorlar bundan mustasno. 
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish taomili 
amalga oshirilayotgan paytda hayoti yoki sog`-ligiga yetkazilgan zararning 
o`rnini qoplash, alimentlarni undirish to`g`risidagi talablarni, shuningdek 
shaxsiy xu-susiyatdagi boshqa talablarni qo`yayotgan kreditorlar o`z ta-
lablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular 
bankrotlik taomili qo`llanilayotganda bildirilmagan bo`lsa, qarzdor yakka 
tartibdagi tadbirkorning bankrotligi taomili tugaganidan keyin ham o`z 
kuchini saqlab qoladi. 
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning bankrot deb topish 
to`g`risidagi arizasiga qarzlarni to`lash rejasi ilova qilinishi mumkin, 
rejaning nusxalari kreditorlarga va ishda ishtirok etayotgan boshqa 
shaxslarga jo`natiladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kreditorlarning etirozi bo`lmasa, xo`jalik sudi qarzlarni uzish rejasini 
tasdiqlashi mumkin, bu esa bankrotlik to`g`risidagi ish yuritilishini uzog`i 
bilan ikki oygacha bo`lgan muddatga to`xtatib turish uchun asos bo`ladi. 
Qarzlarni uzish rejasi quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
rejani amalga oshirish muddati; 
Qarzdor yoki uning oila azolariga istemoli uchun har oyda 
qoldiriladigan summa miqdori; 
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun har oyda yuborish 
mo`ljallanayotgan summa miqdori. 
Xo`jalik sudi bankrotlik to`g`risidagi ishda ishtirok etayotgan 
shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzlarni to`lash 
rejasini o`zgartirishi, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini 
uzaytirishi yoki qis-qartirishga, qarzdor yoki uning oila azolari istemoli 
uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdorini ko`paytirishga yoki 
kamaytirishga haqlidir. 
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor qarzlarni uzish rejasini 
bajarishi natijasida kreditorlarning talablari to`la hajmda qanoatlantirilgan 
bo`lsa, bankrotlik to`g`risidagi ish yuritish tugatilishi kerak. 
Qarzdor bankrot deb topilgan taqdirda tugatishga doir ish yuritish 
boshlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning tugatish massasiga qonun 
hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo`lmagan mol-mulklar 
kiritilmaydi. Xo`jalik sudi qarzdorning hamda bankrotlik to`g`risidagi 
ishda 
ishtirok 
etayotgan 
boshqa 
shaxslarning 
asoslantirilgan 
iltimosnomasiga binoan yakka tartibdagi tadbirkorning qonun hujjatlariga 
muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo`lgan, nolikvid mol-mulklarni yoki 
realizasiya qilinganda tushgan daromad kreditorlarning talablarini 
qondirishga mohiyatan tasir etmaydigan mol-mulkini tu-gatish massasidan 
chiqarishga haqli. Yakka tartibdagi tad-birkorning tugatish massasidan 
chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati eng kam ish xaqining ellik 
baravaridan ortiq bo`lmasligi kerak. Bunday mol-mulkning ro`yxati 
xo`jalik sudi tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi. 
Qarzdorni bankrot deb topish to`g`risidagi ariza xo`jalik sudiga 
berilganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkorning o`z mol-mulkini 
tasarrufidan chiqarish yoki boshqa manfaatdor shaxslarga berish bilan 
bog`liq bo`lgan bitimlari o`z-o`zidan haqiqiy bo`lmagan bitimlar 
hisoblanadi. 
Xo`jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish 
to`g`risidagi arizani qabul qilish bilan bir paytda yakka tartibdagi 
tadbirkorning mol-mulkini xatlab qo`yadi, qonun hujjatlariga muvofiq 
www.ziyouz.com kutubxonasi


undiruvni qaratish mumkin bo`lmagan mol-mulk bundan mustasno. 
Qarzdorning pul majburiyatlari bajarilishi xususida uchinchi shaxslar 
tomonidan asoslantirilgan kafillik berilgan yoki boshqa kafolatlangan 
taminot taqdim etilgan taqdirda xo`jalik sudi yakka tartibdagi 
tadbirkorning iltimosnomasiga binoan yakka tartibdagi tadbirkorning mol-
mulkini (mol-mulkining bir qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga binoan xo`jalik sudi yakka 
tartibdagi tadbirkor kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv 
bitimiga erishishi uchun bankrotlik to`g`risidagi ishni ko`rishni uzog`i 
bilan bir oy muddatga keyinga qoldirishi mumkin. Kreditorlar bilan hisob-
kitob qilinganligi to`g`risidagi dalillar yoki kelishuv bitimi taqdim 
qilinmagan taqdirda, sud yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish 
hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to`g`risida qaror qabul 
qiladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb topilgan vaqt-dan boshlab: 
Qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddati boshlangan deb 
hisoblanadi; 
Qarzdorning barcha majburiyatlari bo`yicha neustoyka (jarima, 
penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar 
bekor qilinadi; 
Qarzdordan barcha ijro hujjatlari buyicha undiruvlar ham bekor 
qilinadi, alimentlar undirish to`g`risidagi talablar bo`yicha, shuningdek 
hayoti yoki sog`lig`iga yetkazilgan zararning o`rnini qoplash to`g`risidagi 
talablar bo`yicha ijro hujjatlari bundan mustasno. 
Yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir 
ish yuritishni boshlash to`g`risidagi qarorni xo`jalik sudi aniqlangan 
barcha kreditorlarga ular o`z talablarini taqdim etadigan muddatni 
ko`rsatgan holda jo`natadi, bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. 
Xo`jalik sudining ana shunday qarorini yuborish yakka tartibdagi tadbirkor 
hisobidan amalga oshiriladi. 
Xo`jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish 
to`g`risida qaror qabul qilgan paytdan boshlab uning yakka tartibdagi 
tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tganligi o`z kuchini yo`qotadi, 
shuningdek faoliyatning ayrim turlari bilan shug`ullanish uchun unga 
berilgan lisenziyalarning amal qilishi tugatiladi. 
Xo`jalik sudi yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish 
to`g`risidagi qaror nusxasini ayni shu shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor 
sifatida ro`yxatga olgan organ va lisenziyalovchi organga yuboradi. 
Xo`jalik sudining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


yuritishni boshlash to`g`risidagi qarori hamda undiruvni qarz-dorning mol-
mulkiga qaratish to`g`risidagi ijro varaqasi qarzdorning mol-mulki 
sotilishini amalga oshirish uchun sud ijrochisiga yuboriladi. 
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning ko`chmas mol-mulkini yoki 
qimmatli ko`char mol-mulkini doimiy bosh-qaruv zarur bo`lganda xo`jalik 
sudi mazkur maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga 
to`lanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bu hollarda, qarzdor yakka tar-
tibdagi tadbirkorning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan 
sotiladi. qarzdorning mol-mulkini sotishdan tushgan, shuningdek mavjud 
naqd pul mablag`lari yakka tar-tibdagi tadbirkorni bankrot deb topish 
to`g`risidagi qarorni qabul qilgan xo`jalik sudining depozitiga kiri-tiladi. 
Kreditorlarning 
bildirilgan 
talablari 
asosida 
xo`jalik 
sudi 
kreditorlarning talablarini qondirish tartibi va miqdori to`g`risida ajrim 
chiqaradi. Avval bankrotlik ishini ko`rish va xo`jalik sudining yakka 
tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish to`g`risidagi qarorini bajarish 
bilan bog`liq xarajatlar qoplanadi, keyingi o`rinda budjetga majburiy 
to`lovlar, garov bilan taminlangan talablar va boshqalar qoplanadi. 
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tugaganidan keyin 
sud harakatlari amalga oshirilayotgan paytda kreditorlar tomonidan 
qo`yilgan talablardan ozod etiladi. Hayot yoki sog`likka zarar yetkazish
aliment undirish to`g`risidagi talablar bankrotlik ishi tugatilgandan keyin 
ham qo`yilishi mumkin. Agar qarzdor mulkini yashir-ganligi yoki uni 
noqonuniy ravishda uchinchi shaxslarga berganligi fakti aniqlansa, sud 
harakatlari davomida ta-lablari qondirilmagan kreditorlar undiruvni ushbu 
mol-mulkka qaratilishini so`rab murojaat qilishga haqli. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin