Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Qarzdor yuridik shaxslar ayrim toifalarining



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

5-§. Qarzdor yuridik shaxslar ayrim toifalarining 
bankrotligi xususiyatlari 
 
«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunning alohida boblari shaharni tashkil 
etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalarning bankrotligi, 
qishloq xo`jaligi korxonalarining bankrotligi, banklarning bankrotligi, 
sug`urtalovchining bankrotligi, qimmatli qog`ozlar bozori professional 
ishtirokchilarining bankrotligi masalasini ko`zda tutadi. Bu toifalarga 
kiruvchi shaxslarning bankrotligi masalasi ko`rilganda ularning har 
birining o`ziga xos belgilari borligi yaqqol ko`zga tashlanadi. 
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan 
korxona 
deganda xodimlari ularning oila azolarini ham qo`shib 
hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil 
www.ziyouz.com kutubxonasi


etuvchi yoki xodimlarining soni kamida uch ming kishi bo`lgan yoxud 
davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taminlovchi 
yoki tabiiy monopoliyalar subyekti bo`lgan yuridik shaxs tushuniladi. 
Bunday korxona bankrotligi to`g`risidagi ish, agar qarzdor 
kreditorlarning pul majburiyatlari bo`yicha talablarini qondirishga va 
majburiy to`lovlar bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarishga qodir 
bo`lmasa, hamda bunday talab va majburiyatlar 
olti oy ichida 
bajarilmagan
bo`lsa, basharti qarzdorga nisbatan bildirilayotgan talablar 
eng kam ish haqining besh ming karrasi miqdorini
tashkil etsa, xo`jalik 
sudi tomonidan qo`zg`atilishi mumkin. 
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan 
korxona bankrotligi to`g`risidagi ish ko`rilayotganda tegishli davlat 
hokimiyati organi va tegishli vazirlik, davlat qo`mitasi, idora xo`jalik 
boshqaruv organi ishda ishtirokchi shaxs sifatida etirof etiladi. Bunday 
korxonaga nisbatan xo`jalik sudi tomonidan tashqi bosh-qaruv kreditorlar 
yig`ilishining qarori asosida, bunday qaror bo`lmasa, mahalliy davlat 
hokimiyati organining yoki vazirlik, davlat qo`mitasi, idoraning va xo`jalik 
bosh-qaruvi organining iltimosnomasiga binoan, ular qarz-dorning 
majburiyatlari yuzasidan taminot bergan taq-dirda, joriy etilishi mumkin. 
Shaharni 
tashkil 
etuvchi 
qarzdor 
korxona 
hamda 
unga 
tenglashtirilgan qarzdor korxona tashqi boshqaruv chog`ida kreditorlarning 
talablarini qondirish maqsadida mulkiy majmua sifatida sotilishi mumkin. 
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonani 
sotish tanlov yoki auksion o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Q

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin