qayta tashkil etish,
talabdan boshqa shaxs foydasiga voz
kechish, qarzning boshqa shaxsga o`tkazilishi, fuqaroning o`limi va
boshqa hollarda) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirib, bu
haqda o`z ajrimi, hal qiluv qarori yoki qarorida ko`rsatadi. Huquqiy
vorislik prosessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin
1
.
Takidlash lozimki, huquqiy vorislik uchun u prosessga kirishgunga
qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorislarga o`rnini
bo`shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo`lgan bo`lsa,
prosessdagi huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir.
Fuqarolik kodeksining 52-moddasida “yuridik shaxs qayta tashkil
etilganida kreditorlar huquqlarining kafolatlari”ga alohida etibor berilgan.
Chunki yuridik shaxs bo`lingach, yoki ajralib chiqqach ular mulkiy
jihatdan zaif bo`lgan vorisga tushib qolishiga sabab bo`lishi mumkin.
Qo`shib olish yoki qo`shib yuborish kreditorlar sonining ko`payishiga olib
keladi. Bu esa kreditorlarga xavf soladi, qarzdor mulki ko`paymasligi,
balki qarz ustiga qarz qo`shilishi mumkin. Shu sababli ham qonun qayta
tashkil qilish to`g`risida qaror qabul qilgan shaxslar va organlardan bu
haqda barcha kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilishlarini talab
qiladi.
O`zgartirish natijasida tashkiliy-huquqiy shaklini o`zgartirilishi
yuridik shaxs qatnashchilari (ishtirokchilari)ga o`z kreditorlari oldidagi
qo`shimcha masuliyatining barham berilishiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi davrda halq xo`jaligidagi tarkibiy o`zgarishlar jarayonida qayta
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Хўжaлик прoцeссуaл кoдeксининг 39-мoддaси.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashkil etishning o`zgartirish shaklini amaliyotda keng qo`llanilayotgani
fikrimizning asosli ekanligidan dalolatdir.
Alohida takidlab o`tish kerakki, yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy
shaklini o`zgartirishda, yuridik shaxslarni qayta tashkil etishning bo`linish
(ajralib chiqish) va qo`shib olish (qo`shib yuborish) kabi shakllarida
uchragandek, yuridik shaxsning soni ortib yoki kamaymasada, ushbu
yuridik shaxs huquqiy holati (tashkiliy-huquqiy shakli)da mavjud
o`zgartirishlar sodir bo`ladi. Bunda mulk shakllari ham o`zgartirilishi
mumkin.
O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq korxonani
tegishli tashkiliy-huquqiy shaklga o`zgartirish shaklida qayta tashkil etish
tartibi va shartlari muassislarning o`zgartirish to`g`risidagi qarori bilan
belgilanadi.
O`zgartirish shaklida qayta tashkil etish natijasida tashkiliy-huquqiy
shakl o`zgargan taqdirda, mol-mulk va majburiyatlarni huquqiy vorisga
o`tkazish bilan bog`liq masalalar topshirish dalolatnomasida tartibga
solinishi lozim. Muassislarning o`zgartirish shaklida qayta tashkil etish
to`g`risidagi qaroriga muvofiq, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish bilan
bog`liq xarajatlar muassislar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxs qayta tashkil etilsa, qaror qabul qilgan yuridik shaxs
muassislari (ishtirokchilari) yoki organ qayta tashkil etilayotgan yuridik
shaxsning kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart
ekanligi Fuqarolik kodeksining 52-moddasi 1-bandida o`z ifodasini
topgan. Bu qoidalar qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxs
kreditorlarining manfaatlarini huquqiy kafolatlaydi. Bundan malum
bo`ladiki, yuridik shaxs mustaqil tarzda mulk tarkibi mutanosibligi va
mexanizmini aniqlashtirishi, shuningdek, tegishli malumotlarni topshirish
hujjati yoki taqsimlash balansida aniq aks ettirishi lozim.
Qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning xabar berishi, o`z o`rnida
kreditorga shu yuridik shaxsning qarzdor bo`lishiga olib kelgan
majburiyatlarini bekor qilishni yoki muddatidan oldin bajarishni hamda
zararni to`lashni talab qilishga imkon beradi. Lekin shunday holatlar ham
uchrab turadiki, bir yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning
zimmasidagi majburiyatlari uchun masul bo`lgan shaxs topilmasligi
mumkin. Bunda kreditor qayta tashkil etishning malum bir omillar bilan
emas, tegishli talablarni aniq sabablar bilan asoslashi darkor. Shuningdek,
qayta tashkil etish natijasida belgilangan faoliyat turi bilan shug`ullanish
huquqiga ruxsat ololmasligi munosabati bilan qarzdor tomonidan
majburiyat bajarish imkoniyati bo`lmaslik holatlari ham bo`lishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kreditorlarning talablari xuddi shu yuridik shaxsning qayta tashkil
etilishiga nisbatan qo`llanib, qayta tashkil etishni olib borish faktiga
asoslanadi. Shunday ekan, qayta tashkil etishni tomonlarning talabini
qondirish paytigacha amalga oshirilmasligi yoki uni rad etilishiga olib
kelishi mumkin (xususan, sud tartibi).
Yuridik shaxs kreditorlari tegishli arizasining muddati haqida gapirar
ekanmiz, aytib o`tilgan kreditor talablari taqsimlash balansi (topshirish
hujjati) tasdiqlanishi vaqtigacha ko`rib chiqish uchun so`zsiz qabul
qilinishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunchiligida bunday holatlar
uchun quyidagicha qoida belgilangan. Agar taqsimlash balansi qayta
tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisini (huquq va majburiyatlar
olgan yuridik shaxs)ni aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga
kelgan yuridik shaxslar qaytadan tashkil etilgan yuridik shaxsning o`z
kreditorlari oldidagi majburiyati bo`yicha solidar javobgar bo`ladilar.
Haqiqatdan ham, bazida yuridik shaxs qayta tashkil etilganda,
ayniqsa ketma-ket ikki-uchga bo`linishida, mazkur qarz universal huquqiy
vorislarning qaysi biriga o`tganligini aniqlash qiyin kechadi. Mazkur holat
bo`yicha Fuqarolik kodeksining 251-moddasida belgilangan qoida
qo`llaniladi. Agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha
qarzdor ishtirok etsa, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib
ko`zda tutilmasa, har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng
ulushlarda bajarishni talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa bu talabni
bajarishi shart.
Qayta tashkil etish jarayonida vujudga kelgan yuridik shaxsning o`z
kreditorlari oldidagi majburiyatlari bo`yicha solidar javobgarligini
belgilovchi qoidalar Fuqarolik kodeksining 252, 253, 254, 255-
moddalarida ham o`z aksini topgan.
Agar kreditor bu qoidalardan foydalanmasa, qayta tashkil qilingan
yuridik shaxs o`rniga boshqa, yani topshirish hujjati yoki taqsimlash
balansiga ko`ra aniqlangan huquqiy voris yangi yuridik shaxsga o`tib
qoladi. Shu sababli yuqoridagi hujjatlarning tegishli shaxs va organlar
tomonidan tasdiqlanganidan keyin ular yangi paydo bo`lgan yuridik
shaxsning tasis hujjatlariga qo`shib davlat ro`yxatidan o`tkazishga taqdim
qilinadi. Bu hujjatlar taqdim etilmasa yoki hujjatlarda qayta tashkil etilgan
yuridik shaxs huquq va majburiyatlariga nisbatan huquqiy vorislikka oid
qoidalar aks etmagan bo`lsa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni
davlat ro`yxatidan o`tkazish rad etiladi. Bu ham kreditorlar manfaatini
himoya qiluvchi qoidalardan biri sanaladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yuridik shaxsni qayta tashkil qilish to`g`risida qaror qabul qilgan
tasischi yoki organ, bu haqda uning kreditorlarini yozma ravishda xabardor
etishlari kerak. Bu bildirishnomani olgan har bir kreditor, qayta tashkil
qilingan yuridik shaxs qarzdor bo`lgan majburiyatlarini bajarilishini talab
qilishga, shuningdek, majburiyatlarni muddatidan ilgari bajarish tufayli
yuzaga kelgan zararni undirish huquqiga egadir. Ayniqsa, yuridik shaxsni
qayta tashkil qilish to`g`risida qaror qabul qilgan organning majburiyatini
belgilash zarur. U soliq organlariga bu haqda 10 kun ichida xabar qilishi
kerak.
1
Agarda soliq organi, bildirishga qaramasdan qayta tashkil qilish
muddati tugaguncha va taqsimlash balansi (topshirish hujjati) tuzilguncha
qayta tashkil qilinayotgan yuridik shaxsning to`lanmay qolgan qarzlarini
aniqlamas ekan, keyinchalik yangi tashkil etilgan yuridik shaxsga qayta
tashkil qilingan yuridik shaxs tomonidan yo`l qo`yilgan va yangi yuridik
shaxs tashkil qilingandan keyin aniqlangan soliq qonunlarini buzganligi
uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bunday hollarda yangi yuridik shaxsdan
soliq qiymatigina undirib olinadi.
Masalan, agar yuridik shaxsning mol-mulki, uning qayta tashkil
etilishi natijasida boshqasiga o`tayotgan bo`lsa, topshirish hujjati va
taqsimlash balansida boshqa kreditorlar odidagi majburiyatlarni bajarilishi
singari soliq to`lash majburiyati ham bayon qilinishi kerak. Bunda soliq
to`lash majburiyatini - huquqiy vorislik obyekti deyish mumkin. U qonun
kuchi bilan vujudga keladi va qayta tashkil etish paytida mavjud bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida korxona mulkdori
almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy bo`ysunuvi o`zgargan
hollarda mehnat shartnomasi amal qilishining davom etishi haqidagi
qoidalar belgilangan. Bunda “korxona mulkdori almashganda, xuddi
shuningdek, korxona qayta tashkil etilganda (qo`shib yuborilgan,
birlashtirilgan, bo`lib yuborilgan, qayta tuzilgan, ajratilganda) mehnat
munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi” ( O`zR MK 98-
modda 1-qism).
Korxona egasi almashganda, yani korxona qayta tashkil etilganda
xodimning roziligi bilan bo`lgan munosabat davom etadi. Ish beruvchi
tomonidan mehnat shartnomasining to`xtatilishi ish o`rinlarining qisqarishi
natijasida amalga oshirilishi mumkin.
1
Сoлиқ кoдeксининг 12-мoддaсигa мувoфиқ, “юридик шaxс мaнзилини ўзгaртиргaн тaқдирдa, бу ҳaқдa сoлиқ
oргaнигa ўн кунлик муддaт ичидa xaбaр бeриш”и лoзим.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Amaliyotda korxona mulkdori almashganda, korxona qayta tashkil
etilganda xodim bilan ish beruvchi o`rtasida har xil kelishmovchiliklar
paydo bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
1015-moddasida “hayot va sog`liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan
tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda,
tegishli to`lovlarni to`lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasiga
yuklanishi hamda zararning o`rnini qoplash to`g`risidagi talabnoma ham
unga taqdim etilishi” mustahkamlangan. Amaliyotda “qayta tashkil etish”
tushunchasini faoliyat yuritayotgan barcha xo`jalik yurituvchi subyektlarga
nisbatan qo`llay olmaymiz. Masalan, Fuqarolik kodeksining 67-moddasi
mazmuniga muvofiq, asosiy xo`jalik jamiyati va shirkati sho`ba xo`jalik
jamiyatining ustav fondida unga nisbatan ustunlik mavqeiga ega bo`ladi.
Vaholanki, sho`ba jamiyati yuridik shaxs hisoblansa-da, o`zi mustaqil
qarorlar qabul qila olmasligi uchun qayta tashkil etish taomilini qo`llab
bo`lmaydi.
Shuningdek, korxona tarkibida bir yoki bir necha tarkibiy
bo`linmalarning barpo etish yo`li bilan yangi korxona tashkil etilmaydi,
chunki qayta tashkil etish jarayonining subyekti yuridik shaxs huquqiga
ega bo`lgan korxona sanaladi.
Xususiy tadbirkor - jismoniy shaxs ham qayta tashkil etilmaydi.
Shunday qilib, ko`rsatib o`tilgan holatlarda tadbirkorlik faoliyati tugatish
yo`li bilan to`xtatiladi.
Korxonani qayta tashkil etishdan uning predmet va faoliyatini
o`zgartirishni farqlash zarur. Bunda u korxona mulkdori (tasischisi)
tomonidan mavjud bo`lgan yuridik shaxsi doirasida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati Ustav fondining o`zgarishi korxonaning qayta
tashkil etilishini anglatmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining (ochiq turdan yopiq turiga va aksincha)
bir turdan ikkinchi turga o`tishi bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlar haqida
alohida to`xtalish lozim. Amaliyotda, bunday o`zgarishlar qayta tashkil
qilishmi yoki tasis hujjatlariga o`zgarishlar kiritiliyaptimi, degan savollar
yuzaga kelmoqda. Bizga malumki, qayta tashkil qilishni o`zgartirish turi
yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shaklining o`zgarishini anglatadi.
Amaldagi
qonunlar,
xususan,
“Aksiyadorlik
jamiyatlari
va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunning 5-
moddasida yopiq va ochiq aksiyadorlik jamiyatlari bir tashkiliy-huquqiy
shaklga kiritilib, ularga bu shaklning ikki xil turi sifatida qaraladi
1
.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1996 йил, 5-6 сoн. 61-мoддa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shuning uchun aksiyadorlik jamiyatlari tipidagi o`zgarishlarga qayta
tashkil qilishning o`zgarish turi sifatida qaray olmaymiz. Bu o`zgarishlar
tasis hujjatlariga muvofiq keluvchi o`zgartirishlar kiritish yo`li bilan
rasmiylashtiriladi.
Yuridik shaxslarning ayrim turlarini qayta tashkil etish ularning
o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda alohida normativ-huquqiy
hujjat bilan belgilab qo`yilgan. Masalan, bank muassasalarini qayta tashkil
etishi tartibi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil
23 iyulda 456-raqam bilan ro`yxatga olingan “Banklarni qayta tashkil etish
to`g`risidagi Nizom”da, xususiylashtirish investisiya fondlarini qayta
tashkil etish tartibi esa O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2000 yil 27 martda 914-raqam bilan ro`yxatga olingan
“Xususiylashtirish investisiya fondlari (XIF)ni qayta tashkil etish va
tugatish Tartibi”da belgilab berilgan.
Yuridik shaxslarni qayta tashkil etish yoki tugatish to`g`risida fikr
yuritgan huquqshunos olimlar har qanday vaziyatda bo`lmasin, yuridik
shaxs faoliyatini bekor qilishga olib keluvchi bu ikki tartib haqida so`z
yuritadigan bo`lsalar, albatta ularning har birini alohida eslab o`tadilar.
Demak, bu ikki yuridik fakt yuridik shaxsning faoliyat yuritishiga u yoki
bu darajada tasir etishi tufayli bir-biri bilan bog`liq jihatlarga ega.
Qayta tashkil etish institutini xo`jalik yuritish amaliyotida qo`llash
yordamida:
Dostları ilə paylaş: |