Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

birinchi bosqichini
tashkil etadi. 
Tugatish jarayonining avvalida tugatish komissiyasi (tugatuvchi) 
yuridik shaxsning barcha kreditorlarini aniqlash ishlarini olib boradi. 
Uning asosiy mazmunini kreditorlarning mavjud talablarini aniqlash va 
ularni qondirish tashkil etadi. Buning uchun yuridik shaxsni tugatish 
to`g`risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) 
yoki vakolatli organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan 
o`tkazuvchi organga darhol yozma xabar berishi lozim. Shuningdek, 
yuridik shaxs o`zining tugatilayotganligi haqida matbuot organlari orqali 
e'lon qilib, unda kreditorlari tomonidan talablarini bayon qilish tartibi va 
muddatini belgilab qo`yadi. Bu muddat tugatish haqida xabar e'lon 
qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam bo`lishi mumkin emas. Yuqorida 
aytib o`tilgan ushbu tadbirlar ham, avvalo, kreditorlar manfaatlarining 
himoyasiga qaratilgan. Chunki yuridik shaxs tugatilgach qolgan mol-mulk 
uning tasischilari va azolari o`rtasida taqsimlanib, ularning xususiy 
mulkiga aylanishi mumkin.
Kreditorlar talablarini qanoatlantirish tugatishning muhim bir 
bosqichlaridan hisoblanadi. Shuning uchun, O`zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 55-moddasida tugatish komissiyasini vazifasi 
sifatida 
ikkinchi bosqichda
kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini 
olish choralarini ko`rish, shuningdek, kreditorlarni yuridik shaxsning 
1
“Буxгaлтeрия ҳисoби тўғрисидa”ги 1996 йил 3 aвгустдa қaбул қилингaн Қoнун. Ўзбeкистoн Рeспубликaси 
Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1996 йил, 9 сoн, 142-мoддa. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tugatilishi haqida yozma xabardor qilishi kerakligi mustahkamlangan. 
Amaliyotda qarzdorning majburiyatini bajarish muddati boshlanmagan 
bo`lsa, ular o`rtasida muammo paydo bo`lishi mumkin. Mazkur holatda 
tugatiluvchi yuridik shaxs o`zining tugatilayotganligini asos qilgan holda, 
qarzdorlaridan o`z majburiyatlarini bajarishlarini talab qilishga haqli emas. 
Ular bu majburiyatni tugatish muddatini belgilash chog`ida hisobga 
olishlari kerak edi. Mavjud vaziyatdan qutilishning birdan-bir yo`li 
tugatiluvchi yuridik shaxs qarzdori bilan kelishuvga erishib, unga nisbatan 
qo`yiluvchi talabni boshqa shaxs hisobiga bajarishi haqida kelishuvga 
erishish mumkin.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo`yish uchun belgilangan muddat 
tamom bo`lganidan keyin yuridik shaxsni tugatish to`g`risida qaror qabul 
qilgan yuridik shaxs muassislari va ishtirokchilari hamda davlat 
ro`yxatidan o`tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda, tugatish komissiyasi 
oraliq tugatish balansini tuzadi. Balansda tugatilayotgan yuridik shaxs 
mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo`ygan talablar ro`yxati, shuningdek, 
ularni qo`rib chiqish natijalari to`g`risidagi malumotlar qayd etiladi. Oraliq 
tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to`g`risida qaror qabul qilgan 
yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan yuridik 
shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ bilan kelishgan holda 
tasdiqlanadi. Davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ balansning to`g`riligini, 
asoslantirilganligini nazorat qilishi zarur. Agar tugatilayotgan yuridik 
shaxs 
(muassasalardan 
tashqari) 
ixtiyoridagi 
pul 
mablag`lari 
kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo`lmasa, tugatish 
komissiyasi yuridik shaxsning mol mulkini kim oshdi savdosi orqali sud 
qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi va qarzlarini to`lash 
uchun ishlatadi. Yani qarzlarni to`lash bo`yicha kreditorlar talablari endi 
mazkur yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Bu tugatish 
jarayonining 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin