Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Xususiylashtirishning usullari va shakllari



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Xususiylashtirishning usullari va shakllari 
Bozor munosabatlari ko`p ukladli iqtisodiyot bo`lganligi uchun 
davlat mulkini xususiylashtirish ham bir nechta shakl va usullarda amalga 
oshiriladi. Xususiylashtirish bo`yicha jahon tajribasi tahlil etilganda, uni 
yettita usulda amalga oshirish mumkinligi aniqlandi
1
.
Birinchisi, davlat korxonalari aksiyalarini erkin sotish orqali. Biroq 
fond bozori yaxshi rivojlanmagan davlatlarda xususiylashtirishni mazkur 
usulda amalga oshirish juda qiyin kechadi, chunki ushbu aksiyalarni 
reklama qilish uchun ko`p mablag` sarflanadi. 
Ikkinchisi, aksiyalarni auksionlarda sotish orqali. Aksiyalarni 
auksionlarda 
sotishdan 
maqsad, 
xususiylashtirish 
jarayonida 
suistemollikka 
yo`l 
qo`ymaslikdir. 
Chunki, 
Meksikada 
xususiylashtirishning 
dastlabki 
bosqi-chida 
hokimiyat 
tepasidagi 
partiyaning safdoshlariga kor-xonalar arzonlashtirilgan narxda sotib 
yuborilganligi nizolarning kelib chiqishiga sababchi bo`lgan. 
Uchinchisi, davlat korxonalariga xususiy investisiya kiritish orqali. 
Bunda korxona to`g`ridan-to`g`ri sotib olinadi yoki uning aksiya paketi 
xarid qilinadi. Biroq yirik hamda strategik ahamiyatga ega bo`lgan 
korxonalar uchun mazkur usul maqbul bo`lib hisoblanmaydi, chunki 
ularda davlat albatta o`z ulushini saqlab qolishi shart. 
To`rtinchisi, korxonaning mol-mulklarini sotib yuborib, tushgan 
mablag`lar bilan uning qarzlarini qoplash hamda korxonani butunlay 
tugatish. Mazkur usul korxonaning iqtisodiy ahvolini yaxshilash 
1
«Основи приватиции», –Т.: ИПК ШАРК, тoм 1, 1996, стр 16
www.ziyouz.com kutubxonasi


imkoniyati mavjud bo`lmagan vaziyatlarda qo`llaniladi. Ayniqsa Polsha 
davlatida mazkur usuldan keng qo`llanilgan. 
Beshinchisi, davlat korxonalarini turli qismlarga bo`lib yuborib, 
ularni alohida-alohida sotish orqali. Bunda yirik korxonalar bir nechta 
korxonalar majmuasidan iborat bo`ladi. Mazkur korxonalardan yaxshi 
daromad keltiradigani alohida korxona sifatida sotib yuborilishi mumkin. 
Oltinchisi, korxonani uning rahbari yoki mehnat kol-lektivi 
tomonidan sotib olinishi. Xususiylashtirishning mazkur usulida ishchi bir 
vaqtning o`zida ham mulkdor bo`ladi, ham bozor munosabatlari sharoitida 
ijtimoiy jihatdan himoyalangan bo`ladi. Ushbu usul AqShda keng 
qo`llaniladi va mazkur korxonalarga soliqlar bo`yicha ko`proq imtiyozlar 
berishga harakat qilinadi. 
Yettinchisi, davlat korxonasini ijaraga berish yoki uni boshqarishni 
shartnoma 
asosida 
muayyan 
xususiy 
korxonaga 
topshirish. 
Xususiylashtirishning ushbu usulida yangi sha-kldagi korxona o`zining 
imkoniyatlarini to`liq namoyon eta olmaydi. 
Jahon tajribasidan hamda ichki sharoitdan kelib chiqqan holda 
O`zbekistonda xususiylashtirishning quyidagi usul va shakllaridan 
foydalanildi: 
-davlat korxonasini jamoa korxonasiga, xo`jalik jamiyati yoki 
shirkatiga aylantirish; 
-ijaraga olingan korxonani kelgusida haq to`lab sotib olish sharti 
bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish; 
-davlat korxonasini tanlov yo`li bilan yoki kimoshdi savdosida 
davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish. 
Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish, mehnat jamoasi 
azolari tomonidan davlat mulkini sotib olinishi yoki bu mulkni ularga tekin 
berilishi yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda jamoa korxonasining 
ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab 
qo`yiladi. Mazkur miqdor xodimlarning ish staji, maoshining miqdori va 
boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
O`zbekistonda xususiylashtirishning davlat korxonalarini xo`jalik 
jamiyatlari 
va 
shirkatlariga 
aylantirish 
usuli 
keng 
qo`llanildi. 
Xususiylashtirishning mazkur usu-lini keng qo`llashdan maqsad, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarni mulkdor qilish orqali ularni ijtimoiy 
jihatdan himoyalash edi. Chunki bozor munosabatlariga o`tish davrida 
ishsiz fuqarolarning soni ortadi hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoyalash 
dolzarb muammolardan biri bo`lib qoladi. Aynan mana shunday vaziyatda 
fuqaro birorta korxonaning aksiyasiga ega bo`lsa yoki uning nizom jam-
www.ziyouz.com kutubxonasi


g`armasida o`z ulushiga ega bo`lsa, u ijtimoiy jihatdan hi-moyalangan 
bo`ladi, chunki ular vaqti-vaqti bilan dividend olib turishadi. Dastlab yopiq 
turdagi aksiyadorlik ja-miyatlari tashkil etilgan bo`lsa, keyinchalik 
fuqarolarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlash uchun, 
ular ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirila boshlandi. Biroq iqtisodiy 
tahlillar mazkur jamiyat va shirkatlarda davlat ulushining saqlanib qolishi 
maqsadga muvofiq emasligini ko`rsatdi. Shuning uchun ham keyingi 
davrdagi iqtisodiy islohotlar xo`jalik jamiyatlari va shirkatlaridagi davlat 
ulushlarini mumkin qadar qis-qartirishga yoki bo`lmasa ularning 
barchasini xususiy sek-torga o`tkazib yuborishga qaratildi. Eng achinarlisi 
maz-kur korxonalarda aksiyadorlarning o`z huquqlarini bil-masliklari yoki 
ularni amalga oshirmasliklari, mulkdor sifatida ularning manfaatlariga 
salbiy tasir ko`rsatmoqda. Shuning uchun ham korxonalarning korporativ 
boshqaruvini tubdan isloh etish dolzarb muammolardan biri bo`lib 
qolmoqda. 
Davlat mulki obyektlarini tanlov asosida sotish xususiylashtirishning 
samarali usullaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bunda tanlovni o`tkazish 
shartlari, tartibi va muddati maxsus tanlov komissiyasi tomonidan belgilab 
beriladi. Tanlov shartlari 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin