Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)
muqaddas deb hisoblanadi.
So`nggi
yillarda
xususiylashtirish
shakl
va
uslublarini
takomillashtirish, korxonalarni to`liq va aksiyalarning davlat paketlarini
xususiy mulkka sotish bo`yicha qabul qilingan chora-tadbirlar
iqtisodiyotning amaldagi barcha sohalarida mulkchilik munosabatlarini
tubdan o`zgartirish jarayonlarini jadallashtirish va chuqurlashtirish uchun
shart-sharoit yaratdi. Davlat aktivlari va aksiyalar paketlarini nolga teng
qiymat bo`yicha sotish keyingi yillarda amalga oshirilgan xususiylashtirish
jarayonining o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Xususiy sektorni
kengaytirish, kichik biznes, fermer xo`jaliklari va tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish borasida tub burilish amalga oshirilmoqda. Shuning uchun
Davlat mulki qo`mitasi va uning joylardagi organlari faoliyatini yaxshilash
talab etilmoqda.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish-ning zaruriyati
davlatning mulkchilik hamda xo`jalik yuritish sohasidagi monopoliyasiga
barham berish orqali ko`p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirishdir.
Chunki xususiylashtirish natijasida turli xil mulk shakllari vujudga keladi
va ular asosida turli tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo`lgan xo`jalik
yurituvchi subyektlar(aksiyadorlik jamiyatlari, xo`jalik jamiyatlari,
xo`jalik shirkatlari va x.k.) tashkil etiladi.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni
o`tkazish tashabbusi bilan chikish xukukiga fuqarolar, davlatga taalluqli
bo`lmagan "O`zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa
davlatlarning yuridik shaxslari" mehnat jamoalari ommaviy mulki
obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.
Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni o`tkazish yoki
buday qilishni rad etish to`g`risidagi qarorni ommaviy mulk obyektlarini
tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab 10 kun ichida qabul
qiladi hamda uni buyurtma berganga va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan
xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda
yetkazadi
Davlat tasarrufidan chikarish yoki xususiylashtirish: basharti,
korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan
korxonalar ruyxatiga kiritilgan bo`lsa, davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan
xususiyatlari hisobga olinayotgan bo`lsa, ommaviy mulki obyektlarini
tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin bo`lgan
shartlar va muddatlari ko`rsatilishi shart.