Davlat tasarrufidan chiqarish
– bu davlat korxona-larini va
tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xo`jalik jamiyatlari va
shirkatlariga, davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan boshqa korxonalar va
tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish
esa jismoniy shaxslarning va dav-latga taalluqli
bo`lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat
aksiyali jamiyatlarining ak-siyalarini davlatdan sotib olishidir.
Turli mulk shakllari hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo`jalik
yurituvchi subyektlarning mavjud bo`lishi esa aralash iqtisodiyotning
asosiy belgisi bo`lib hisoblanadi. Ular sosialistik tuzumdagidek bir-birini
inkor etishmaydi, aksincha bir-birini to`ldirib borishadi. Korxonalarni
xususiylashtirish orqaligina iqtiso-diyotda raqobat muhitini shakllantirish
va shu orqali xo`jalik yuritish sohasida davlat monopoliyasini bartaraf
etish mumkin. «Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunda davlat
korxonalari nodavlat korxonalari bilan raqobatga dosh bera olmayapti.
Zarar ko`rib ishlayotgan va samaradorligi past korxonalarning aksariyati
aynan davlat korxonalari yoki davlat ulushi yuqori bo`lgan aksiyadorlik
jamiyatlari ekani buni amalda tasdiqlab turibdi. Bunday holatning bosh
sababi-bu korxonalarda haqiqiy xo`ja-yinning yo`qligi, real iqtisodiy omil
va usullarning ishga solinmaganligidir»
1
.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishning huquqiy asoslari
Iqtisodiy
islohotlarni
kafolatli
amalga
oshirishning
asosiy
shartlaridan biri ularning huquqiy negizini yaratishdir. Iqtisodiy islohotlar
qonun hujjatlari asosida amalga oshirilgandagina ular muayyan natija
beradi va orqaga chekinish ham yuz bermaydi. Shuning uchun ham
islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo`nalishlar
bo`yicha amalga oshirildi. Mazkur yo`nalishlardan biri mulkchilik
munosabatlariga asos soladigan qonunlar majmuini yaratishgga qaratilgan
edi. Mazkur qonunlarni qabul qilmasdan turib odamlarni mulkka bo`lgan
munosabatlarini o`zgartirib bo`lmas edi. Shuning uchun ham O`zbekiston
Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi Konstitusiyasida xususiy
1
Ислoм Кaримoв «Oдaмлaрнинг тaшвиш вa oрзу-интилишлaри билaн яшaш фaoлиятимиз мeзoнигa aйлaнсин»,
Сoлиқ вa бoжxoнa xaбaрлaри, 2002 йил, 23 июл, 29-сoн
www.ziyouz.com kutubxonasi
mulkning daxlsizligi belgilab qo`yildi. Biroq Konstitusiya qabul
qilinguniga qadar mulkchilik munosabatlariga doir boshqa qonunlar qabul
qilingan edi. Ushbu qonunlarning dastlabkisi 1990 yil 31 oktabrda qabul
qilingan O`zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to`g`-risida»gi qonuni
bo`ldi. Ushbu qonunga muvofiq quyidagi mulk shakllarining amalda
bo`lishi etirof etildi:
-xususiy mulk;
-shirkat(jamoa) mulki;
-davlat mulki;
-aralash mulk;
-boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy
shaxslarining mulki.
Qonun shuningdek barcha mulk shakllarining tengligini va ularni
huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlab qo`ydi. Eng muhimi
mazkur qonun mulkdorning mulkiy huquqlari doirasini belgilab berdi.
1991 yil 19 noyabrda esa O`zbekiston Respublikasining «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`-risida»gi qonuni qabul
qilindi. Mazkur qonunlarni birin-ketin qabul qilishdagi mantiqiy bog`liqlik
shundan iborat ediki, mulkdorning mulkiy xuquqlarini kafolatlamay,
xususiylashtirishni amalga oshirish jarayoni qiyin kechardi. Chunki
yuridik va jismoniy shaxslarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini
taminlashning yagona yo`li, ularning mulkiy huquqlarini kafolatlashdan
iborat edi. Aynan 1991 yil 19 noyabrdagi qonun davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning shakllarini, shartlarini hamda amalga
oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur qonunga muvofiq, davlat mulki
obyektlari Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ qarori bilan
davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan bo`ldi.
Munisipal mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to`g`risidagi qaror qabul qilish huhuhi mahalliy
hokimiyat
va
boshqaruv
idoralariga
beriladi.
O`zbekiston
Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va mamuriy-
hududiy tuzilmalar mulkiga (munisipal mulkka) ajratishni O`zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi
O`zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi
Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin
bo`lmagan hamda Prezidentining qaroriga bilan davlat tasarrufidan chiqa-
riladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar hamda kor-xonalarning
ro`yxati O`zbekiston Respublikasining "Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to`g`risida"gi o`zbekiston Respublikasi Єonunining 4-
www.ziyouz.com kutubxonasi
moddasiga
o`zgartishlar
kiritish,
shuningdek,
O`zbekiston
Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
masalalariga oid ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish
haqida”gi qonunida belgilab qo`yildi.
Quyidagi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan
amalga oshiriladi:
1) asosiy fondlarining balans qiymati (2005 yil 1 yanvar holatiga
ko`ra) bir milliard so`mdan ortiq bo`lgan korxonalar;
2) qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish
hamda qayta ishlash korxonalari;
3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilg`i-energetika, konchilik,
mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va
tashkilotlari. Neft, gaz va ko`mir qazib chiqarish, quduqlar burg`ulash
korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft
mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik
hosil qiluvchi stansiyalar va hududiy qozonxonalar, tizim hosil etadigan
elektr tarmoqlari. Avtomobillarga yonilg`i quyish va gaz to`ldirish
stansiyalari;
4) kimyo korxonalari (gerbisidlar, mineral o`g`itlar, sintetik tolalar,
qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli
kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);
5) farmasevtika sanoati hamda tibbiy-biologik dori-darmonlar sanoati
korxonalari;
6) elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio
uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;
7) raketa-kosmik majmualari, aloqa tizimlari va ularni boshqarish
vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, tamirlash va realizasiya qilishni
amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
8) matbaa korxonalari va nashriyotlar;
9) axborot va telegraf agentliklari;
10) shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, tamirlash,
realizasiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va
tashkilotlar;
11) standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari;
12) tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan obyektlar hamda ichki va
tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish obyektlari (ushbu moddaning 2-
bandi 12-kichik bandida ko`rsatib o`tilgan obyektlar bundan mustasno)
qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilish
www.ziyouz.com kutubxonasi
va falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi
korxonalar va tashkilotlar;
13) yong`inga qarshi avtomatika vositalarini, qo`riqlovchi,
yong`indan ogohlantiruvchi va qo`riqlash-yong`indan ogohlantirishga
mo`ljallangan signal berish vositalarini loyihalash, tamirlash, montaj
qilish, sozlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
14) suv xo`jaligi hamda meliorasiya tizimlarini loyihalash, qurish,
tamirlash hamda ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va
tashkilotlar, avariya-qutqaruv kemalari, gidrotexnika inshootlarini texnik
nazorat qilish kemalari;
15) muhandislik infratuzilmasi obyektlari: tuman markazlari va
shaharlarning elektr, issiqlik va gaz taminoti, vodoprovod-kanalizasiya
xo`jaligi, tashqi yoritish, tashqi obodonlashtirish obyektlari, shuningdek
bunday obyektlarni loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga
xizmat ko`rsatishni amalga oshiruvchi korxonalar;
16) temir yo`l, havo va daryo transportida yo`lovchilar hamda yuklar
tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
17) shaharda yo`lovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va
tashkilotlar;
18) vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralarning oliy, o`rta maxsus va
kasb-hunar o`quv yurtlari, shuningdek umumtalim muassasalari;
19) O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, O`zbekiston
qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat
ilmiy markazlari;
20) davlat naslchilik xo`jaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-
urug`chilik xo`jaliklari, urug`chilik va seleksiya stansiyalari, davlat
urug`chilik inspeksiyalari va qishloq xo`jalik ekinlarining texnologik
sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari;
21) pochta aloqasi korxonalari;
22) o`rmon xo`jaligining, geologiya, kartografiya-geodeziya,
gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning
axborot markazlari;
23) sanoatning qattiq chiqindilari va ro`zg`or chiqindilari
ko`miladigan maydonlar, binolar, inshootlar va ko`mish uchun kerakli
uskunalar, chorva mollar ko`miladigan joylar;
24) mashina sinash stansiyalari, elevatorlar, muzlatkichxonalar,
ombor xo`jaligi obyektlari;
25) O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan
davlat sanatoriy-kurort xo`jaliklari;
www.ziyouz.com kutubxonasi
26) konsert-tomosha ko`rsatish muassasalarining korxonalari va
obyektlari, kinolashtirish obyektlari, shuningdek kutubxonalar va o`quv
zallari;
27) sog`liqni saqlash muassasalari;
28) veterinariya xizmati, o`simliklarni himoya qilish xizmati
korxonalari va muassasalari;
29) nogironlar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya
etilmagan boshqa toifalari qarovda bo`ladigan uylar va internatlar;
30) bolalar, o`smirlar va yoshlarning sog`lomlashtirish muassasalari;
31) marosimlar o`tkazish bo`yicha xizmatlar ko`rsatadigan
korxonalar va tashkilotlar.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xu-susiylashtirish dasturlar asosida
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishning birinchi
bosqichi Va-zirlar Mahkamasining 1992 yil 23 sentabrdagi qarori bilan
boshlab berildi
1
hamda 1994 yilning o`rtalarigacha davom etdi. Mazkur
bosqichda umumiy uy-joy fondi, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko`rsatish
korxonalari va qish-loq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash tizimlari xusu-
siylashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi
«Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini
himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi
hamda 1994 yil 15 martdagi «O`zbekiston Respublikasida mulkni davlat
tasarrufidan
chiqarish
va
xususiylashtirish
jarayonini
yanada
rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari to`g`risida»gi Farmonlari
xususiylashtirishning navbatdagi bosqichiga o`tish uchun turtki bo`ldi.
1994 yil 21 yanvardagi Farmon bilan Vazirlar Mahkamasiga
xususiylashtirish bo`yicha davlat dasturini ishlab chiqish vazifasi
yuklatildi.
Mazkur
dasturda
sanoat
va
qurilish
tarmoqlarida
xususiylashtirishni
amalga
oshirilishiga,
shuningdek
fuqa-rolarni
xusuiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlash maqsadida yopiq
aksiyadorlik jamiyatlarini ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish
masalalariga ko`proq etibor qaratilishi lozimligi takidlandi.
1994 yil 15 martdagi Farmonda qimmatbaho qog`ozlar bozorini
rivojlantirish, aksiyadorlik jamiyatlarida dav-latga tegishli aksiyalar
ulushini qisqartirish hamda xusu-siylashtirish cheklab qo`yilgan
korxonalar sonini kamaytirish masalalari o`z aksini topgan.
1
«Основи приватиции», –Т.: ИПК ШАРК, том 1,1996, C.7.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga talluqli bo`lgan
qonun hujjatlarini ularning maqsad-laridan kelib chiqqan holda ikki
guruhga
ajratish
mumkin.
Birinchisi,
bevosita
davlat
mulkini
xususiylashtirishga oid qonun hujjatlari bo`lsa, ikkinchisi ana shu qonun
hujjatlarini samarali ijrosini taminlashga qaratilgan normativ hujjatlar.
Misol uchun, 1995 yil 12 iyunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Davlat mulki bo`lgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish va
qimmatli
qog`ozlar
bozorini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to`g`risida»gi Farmoni
1
qabul qilindi. Mazkur Farmonda davlat boshqaruvi
organlarining mansabdor shaxslari hamda korxona va tashkilotlarning
rahbarlari orasida xanuzgacha saqlanib qolgan boshqaruvning mamuriy
buyruqbozlik tizimi paydo qilgan boqimandalik kayfiyati davlat
korxonalarini aksiyalashtirish muddatlarini cho`zib yuborishayotgani
tanqid ostiga olingan.
Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi (1995-1996 yillar) ochiq
turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, korxonalarning aksiyalarini
muomalaga chiqarish, ko`chmas mulk hamda qimmatli qog`ozlar bozorini
shakllantirish, sanoat, qurilish va transport sohasidagi hamda agrosanoat
kompleksining go`sht-sut, oziq-ovqat va paxta tozalash tarmoqlaridagi
o`rta va yirik korxonalarni, shuningdek sayyohlik komplekslarini davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan xarakterlanadi
2
.
1998 yildan boshlab respublika iqtisodiyotida yirik industriya
gigantlarini, yani yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va
mashinasozlikning ayrim yor-damchi korxonalarini xususiylashtirish
hamda mazkur ja-rayonga xorij investisiyasini keng jalb qilishning yo`-
nalishlari belgilab berildi. 1998 yil xususiylashtirishdan tushgan mablag` 8
milliard 800 million so`mni tashkil etgan bo`lsa, 1999 yili 9 milliard 100
million so`mni tashkil etdi. 1999 yil sotib olingan korxona va aksiyalar
uchun xorijiy investorlar tomonidan to`langan mablag` 16 mil-lion AqSh
dollarini tashkil etdi
3
.
Korxonalarni
xususiylashtirish
va
aksiyalashtirishni
yanada
chuqurlashtiri hamda ushbu jarayonlarga xorijiy investorlarni yanada keng
jalb etish maqsadida 1999 yil 26 noyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan
«2000-2001 yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнтининг Фaрмoнлaри 1995-1999, 4-тoм, –Т.: Aдoлaт, 2000. 23-б.
2
Ислoм Кaримoв. Ўзбeкистoн буюк кeлaжaк сaри. –Т.: Ўзбeкистoн, 1998 йил, 221-б.
3
Ислoм Кaримoв. Иқтисoдиѐтни eркинлaштириш вa ислoҳoтлaрни чуқурлaштириш- eнг муҳим вaзифaмиз,
Хaлқ сўзи, 2000 йил, 15 фeврaл, 32-сoн
www.ziyouz.com kutubxonasi
to`g`risida» qaror
1
qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 2000-2001 yillarda
xorijiy investorlarga turli shakllarda sotiladigan korxonalar ro`yxati tas-
diqlandi.
2003 yildan boshlab xususiylashtirish jarayonida sifat jihatidan tub
o`zgarish ro`y berdi. Shu vaqtgacha amalga oshirilgan iqtisodiy
islohotlarning
tahlili
shuni
ko`rsatdiki,
korxonalarning
nizom
jamg`armasida davlat ulushining yuqori bo`lishi, ularning iqtisodiy va
xo`jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuviga olib kelayotgan edi.
Mazkur salbiy omillarni bartaraf etish mqsadida 2003 yil 24 yanvarda
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston iqtisodiyotida
xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to`g`risida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon ustav fondida
davlatning ulushi 25% va undan kam miqdorni tashkil etgan aksiyadorlik
jamiyatlarida davlat ulushini saqlab qolish maqsadga muvofiq emasligi va
mazkur ulush fond bozorida xususiy sektorga sotib yuborilish kerakligi
belgilab qo`yildi. Avvallari korxonalarning davlatga tegishli aksiya
paketlari shu korxona uyushmasining ishonchli boshqaruviga topshirilar
edi. Biroq mazkur holat uyush-malarni o`z vazifalarini bajarishlari o`rniga,
korxonalarning moliyaviy va xo`jalik faoliyatiga asossiz ravishda
aralashuviga sababchi bo`ldi. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida,
yuqoridagi farmon davlatga tegishli aksiyalar paketini 2003-2004 yillarda
tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarning ishonchli
boshqaruviga beri-lishi lozimligi ko`rsatib qo`yildi. Bundan tashqari fuqa-
rolarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishlarini taminlash
maqsadida, xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan xo`jalik
jamiyatlari va shirkatlari aksiyadorlarining dividenddan oladigan
daromadlari besh yil muddatgacha soliqqa tortishdan ozod etildi.
Yuqoridagi
farmonning
ijrosini
taminlash,
xususiylashtirish
jarayonini yanada chuqurlashtirish, unga xorijiy investorlarni keng jalb
etish hamda korxonalarning ustav jamg`armalarida davlatning ulushini
mumkin qadar kamaytirish maqsadida 2003-yil 17-aprelda Vazirlar
Maxkamasining «2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish dasturi to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.
Mazkur
qaror
bilan
davlat
tasarrufidan
chiqariladigan
va
xususiylashtiriladigan korxonalar ulardagi davlat ulushining miqdoriga
qarab quyidagi to`rt guruhga ajratildi: birinchi guruhga, ustav fondida
davlat ulushi 25% va undan kamni tashkil etadigan korxonalar kiritildi.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Ҳукуматининг қaрoрлaри Тўплaми, 11-сoн,1999 йил, 69-мoддa
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mazkur korxonalardagi davlat ulushi 2003-2004 yillar davomida birja va
birjadan tashqari bozorda realizasiya qilinishi lozim; ikkinchi guruhga,
hozirgi paytgacha davlat mulkida bo`lgan korxonalar kiritildi. Ular ham
fond bozorida xususiy mulk sifatida butunlay sotib yuborilishi lozim;
uchinchi guruhga, ustav fondida davlat ulushi 25%dan 51%gacha bo`lgan
korxonalar kiritildi. Ushbu korxonalar 2003 yil davomida xususiylashtirib
bo`linishi lozim. Investorlarda qiziqish uyg`otmagan yoki kelajakda
iqtisodiy ahvoli yaxshilanib ketishi mumkin bo`lmagan korxonalar esa
tugatilishi lozim; to`rtinchi guruhga, ustav fondida davlat ulushi 51% va
undan ortiqni tashkil etgan korxonalar kiritilgan. Ular strategik ahamiyatga
ega bo`lganliklari uchun ularda davlat ulushining saqlanib qolinishi
maqsadga
muvofiq.
Biroq
mazkur
korxonalarni
boshqarishda
aksiyadorlarning rolini oshirish, kuzatuv kengashiga ko`proq vakolatlar
berish hamda biznes rejalarni bajarilishini taminlash uchun ijroiya
organlarining javobgarligini oshirish masalalariga ko`p-roq etibor berilishi
lozimligi nazarda tutilgan.
Bozorda monopol mavqega ega bo`lgan, katta investisiyalar,
jumladan xorijiy investisiyalar oqimiga, zamonaviy texnologiyalarning
joriy etilishiga ehtiyoj sezayotgan yirik kompaniyalarni xususiylashtirish
bo`yicha yondashuvlarni tubdan qayta ko`rib chiqish talab etilmoqda.
Ko`plab xolding va aksionerlik kompaniyalarning nizom jamg`armalarida
aksiyalarning davlat paketlari ulushi asossiz ravishda yuqoriligicha
saqlanib qolmoqda.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada faollashtirish, davlat mulkini
boshqarish
samaradorligini
oshirish,
shuningdek
Davlat
mulki
qo`mitasining markaziy apparati va hududiy bo`linmalari faoliyatini
tubdan takomillashtirish maqsadida:
davlat aktivlarini xususiy mulkka sotishni amalga oshirish
mexanizmini aniq belgilash;
oldi-sotdi shartnomalari va yangi mulkdorning, jumladan, investisiya
majburiyatlari, korxonaning xususiylashtirishdan keyingi barqaror faoliyat
yuritishi, obyektni xarid qilish paytida taqdim etilgan biznes-reja
ko`rsatkichlarini bajarishi bo`yicha o`z zimmasiga olgan masuliyatini
belgilovchi tomonlarning o`zaro majburiyatlari haqidagi shartnomalar
moddalarining aniq mazmun-mohiyatga egaligi;
obyektlar va korxonalarni ular joylashgan yer maydonlari bilan birga
xususiylashtirish;
aksiyalarni yangi mulkdorga faqat u qiymatini to`liq to`laganidan va
investisiya majburiyatlarini bajarganidan so`ng mulk qilib berish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi Bozor
islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tekshirish instituti O`zbekiston
Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi Xususiylashtirish,
korporativ boshqaruv va qimmatli qog`ozlar bozorini rivojlantirish
markaziga aylantirildi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi, qo`mitaning
hududiy boshqarmalari to`g`risidagi namunaviy nizomi tasdiqlangan,
bunda hududiy boshqarmalar rahbarlari va mutaxassislarining vazifalarini,
xususiylashtirish bo`yicha hududiy dasturlarni o`z vaqtida amalga oshirish,
davlat
mulki
boshqaruvi
samaradorligini
taminlash,
investorlar
zimmasidagi investisiya majburiyatlarini bajarilishi uchun shaxsiy
masuliyatini aniq belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |