Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


b) Ishlab chiqarish kooperativlari



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

b) Ishlab chiqarish kooperativlari 
Ishlab chiqarish kooperativi xo`jalik shirkati kabi shaxslarning 
hamda ularning mulk bilan qo`shiladigan pay badallarini ixtiyoriy 
birlashmasi bo`lib, unda uning azolarini kooperativ faoliyatida shaxsan 
ishtirok etishi talab etiladi. Ishlab chiqarish kooperativida azolarning 
shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi kooperativning asosiy belgisi bo`lib 
hisoblanadi. Agarda kooperativning ustavida boshqacha tartib belgilangan 
bo`lmasa, daromad ham aynan azolarning qilgan mehnatiga muvofiq 
taqsimlanadi. Chunki, xo`jalik jamiyatidan farqli ravishda ishlab chiqarish 
kooperativida birinchi o`rinda kapital emas, balki mehnat turadi. 
Ishlab chiqarish kooperativida azo sifatida asosan jismoniy shaxslar 
ishtirok etishadi. Biroq qonunda va ishlab chiqarish kooperativining tasis 
hujjatlarida uning faoliyatida azolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok 
etishi nazarda tutilishi mumkin. 
Kooperativning oliy boshqaruv organi bo`lib uning azolarning 
umumiy yig`ilishi hisoblanadi va uning mutlaq vakolatlariga quyidagilar 
kiradi:
-kooperativning ustavini o`zgartirish; 
-kooperativning kuzatuv kengashi hamda ijroiya organlarini 
shakllantirish va bekor qilish; 
-kooperativga azolikka qabul qilish va chiqarish; 
-kooperativning yillik hisobotini, buxgalteriya balansini hamda 
daromad va zararlarni taqsimlanishini tasdiqlash; 
- kooperativni qayta tashkil etish hamda tugatish. 
Kooperativning mulki uning azolarini payidan iborat bo`ladi. 
Mulkning muayyan qismi kooperativning bo`linmas fondiga kiritilishi 
mumkin va u ustav bo`yicha belgilangan maqsadlar uchun sarflanadi. Pay 
shaxsning kooperativga azoligini bildiruvchi omildir. Uni boshqa shaxsga 
o`tkazish uchun azolarning umumiy yig`ilishini roziligi talab qilinadi, 
biroq kooperativ azolari payni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega. Agarda 
kooperativning azosi vafot etsa, uning merosxo`ri unga azo bo`lib kirishi 
lozim, aks holda merosxo`rga unga tegishli bo`lgan payning qiymati 
to`lanadi. 
Ishlab chiqarish kooperativida ham xo`jalik shirkatidagidek 
azolarning o`zgarishi qattiq nazorat qilinadi, ammo ishtirokchilar tarkibini 
o`zgarishi uni tugatish uchun asos bo`lmaydi. O`z majburiyatlarini 
bajarmagan yoki to`liq bajarmagan kooperativ azosi umumiy majlis qarori 
bilan azolikdan chiqarib yuborilishi mumkin. Azolikdan chiqarish 
www.ziyouz.com kutubxonasi


to`g`risidagi qaror ishtirokchilarning oddiy ko`pchilik ovozi bilan qabul 
qilinadi.
Ishlab chiqarish kooperativi uning azolari yoki sudning qarori bilan 
tugatilishi mumkin. O`zining huquqiy mavqeiga ko`ra ishlab chiqarish 
kooperativi xo`jalik shirkatiga o`xshab ketadi, biroq ichki munosabatlarni 
tartibga solishda muayyan darajada farqlar mavjud. Bu esa o`z navbatida 
tadbirkorlik faoliyatini yuritishning tashkiliy – huquqiy shaklini 
ko`payishiga olib keladi. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin