Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

O`z 
xo`jalik 
faoliyatini 
yuritishdagi 
mutlaq 
huquqiy 
munosabatlar 
subyekt o`z faoliyatini erkin yuritishda vujudga kelib
mazkur faoliyat munosabat obyekti sifatida maydonga chiqadi. Bunda 
xo`jalik yuritishni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga 
oshiradigan shaxs uchun majbur shaxs bo`lmaydi. Boshqa barcha shaxslar 
xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirayotgan subyekt faoliyatiga 
to`sqinlik qilmasliklari lozim bo`ladi. Bunga misol qilib, o`z xo`jalik 
faoliyatini yuritayotgan xo`jalik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
bahosini 
belgilashi, 
tannarxini 
shakllantirishi, belgilangan normativ hujjatlarga binoan sanitariya
gigiyena, ekologik, yong`inga qarshi talablar bo`yicha va o`zga 
faoliyatlarni amalga oshirishda vujudga keladigan mutlaq huquqiy 
munosabatlarni keltirish mumkin. Mabodo, xo`jalik yurituvchi subyekt 
belgilangan tartibga xilof ish tutsa, vakolatli davlat organi yo`l qo`yilgan 
huquqbuzarlikni bartaraf etish bilan bog`liq hatti-harakatni amalga 
oshirishi, jumladan zararlarni undirishni talab qilishi mumkin. Bunday 
holda vujudga keladigan munosabatlar albatta nisbiy xarakterda bo`ladi. 
Nomulkiy huquqiy munosabatlar 
xo`jalik yurituvchi subyektlar o`z 
faoliyatlarida foydalanadigan nomoddiy nematlar, xususan, firma nomi, 
tovar belgisi, xizmat ko`rsatish belgisi, tovar ishlab chiqarilgan joy nomi, 
tijorat siridan foydalanishda, shuningdek
 
ishchanlik obro`sini himoya 
qilish kabi jarayonlarda vujudga keladigan munosabatlar hisoblanadi. 
Bular kabi nomulkiy huquqlarni amalga oshirish jarayonida vujudga 
keladigan huquqiy munosabatlar mutlaq bo`lib hisoblanadi, chunki bunday 
nematlarga nisbatan xo`jalik yurituvchi subyektning mutlaq huquqi qonun 
bilan etirof etilgan va bu kabi mutlaq huquq obyekti bo`lgan intellektual 
faoliyat natijalari va o`ziga xos vositalaridan uchinchi shaxslar huquq 
egasining roziligi bilangina foydalanishlari mumkin, xolos.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin