Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

Tasis etish usuli bilan 
bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar ham 
tuzilishi mumkin. Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan bo`ladi. 
 
Shartnomaviy tasis usuli bilan
ikki va undan ortiq tasischilar 
tomonidan o`zlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish asosida tasis 
shartnomasi tuzish yo`li bilan xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyatining 
faoliyat yo`nalishlari belgilanadi va tuziladi. 
Xo`jalik (tadbirkorlik) subyektini davlat ro`yxatidan o`tkazish 
yuqorida takidlanganidek, ularni tashkil etishning eng so`nggi bosqichi 
bo`lib hisoblanadi. (Fuqarolik kodeksining 44-moddasi, «Xo`jalik 
jamiyatlari va shirkatlari to`g`risida»gi qonunning 3-moddasi, «Masuliyati 
cheklangan yoki qo`shimcha masuliyatli jamiyat to`g`risida»gi qonunning 
5-moddasi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi 
qonunning 11-moddasi.) 
Aynan, xo`jalik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazilgan vaqtdan 
boshlab yuridik shaxs maqomi belgilanib, bu yuridik fakt huquqiy 
munosabatni belgilovchi ahamiyatga egadir. Shu o`rinda takidlab o`tish 
kerakki, xo`jalik (tadbirkorlik) subyektlarini yuridik shaxs sifatida davlat 
ro`yxatidan o`tkazish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi. Avvalo, shaxs 
ariza taqdim etib, unda tashkil etilayotgan xo`jalik yurituvchi subyekti 
to`g`risidagi asosiy malumotlarni, chunonchi, xo`jalik yurituvchi 
subyektning nomi, yuridik manzili, rahbarning ismi, sharifi, nizom 
www.ziyouz.com kutubxonasi


jamg`armasining miqdori, muassislar, ularning nizom jamg`armasidagi 
ulushi, davlat ro`yxatidan o`tkazishni so`rab murojaat etgan shaxsning 
ismi, sharifi o`z ifodasini topgan bo`lishi lozim. Shuni takidlash joizki, 
ariza bilan albatta tasischining o`zi murojaat etishi shart emas, balki uning 
nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida barcha davlat 
organlarida uning huquqlarini himoya qilish uchun vakil qilingan shaxs 
ham murojaat qilishi mumkin. 
Davlat 
ro`yxatidan 
o`tkazish 
to`g`risidagi 
arizaga 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin