Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

birinchisi,
fuqarolar (jismoniy 
shaxslar) bo`lib, u o`z ichiga O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa 
davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni oladi, 
ikkinchisi
, yuridik shaxslar bo`lib, u o`z ichiga foyda olishni o`z 
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda 
olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo`lmagan 
tashkilot) larni oladi va bunday tashkilotlar O`zbekiston Respublikasi, chet 
el yoki aralash (qo`shma) korxonalar shaklida bo`lishi mumkin, 
uchinchisi,
davlat bo`lib, u alohida subyekt sifatida bevosita o`z nomidan, 
shuningdek uning nomidan mamuriy hududiy tuzilmalar yoki davlat 
organlari ishtirok etishlari mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda 
tadbirkor sifatida, shuningdek bunday maqomga ega bo`lmasdan ham 
ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun fuqarolik huquqi subyektlari bir 
vaqtning o`zida ham xo`jalik huquqi, ham tadbirkorlik huquqi subyektlari 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Фуқaрoлик Кoдeкси 2-бўлими ҳaм «шaxслaр» дeб юритилaди вa у ўз ичигa 
фуқaрoлaр (жисмoний шaxслaр), юридик шaxслaр вa дaвлaтни фуқaрoлик ҳуқуқий мунoсaбaт иштирoкчиси 
сифaтидa мустaҳкaмлaйди. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisoblanishi mumkin, ammo xo`jalik va tadbirkorlik huquqi subyektlari 
bir-biridan 
farq 
qiladi. 
Farq 
shundaki, 
tadbirkorlik 
huquqiy 
munosabatlarda subyekt har doim tavakkal qilib, o`z javobgarligini 
zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi
xo`jalik huquqi subyektlari esa xo`jalik yuritish, xo`jalikni boshqarish 
bilan 
bog`liq 
va 
iqtisodiyotning 
davlat 
boshqaruvi 
sohasidagi 
munosabatlarini tartibga soladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar xo`jalik 
huquqining subyekti bo`lib faqatgina sosialistik tashkilotlar va ularning 
bo`linmalarigina bo`lishi mumkin edi, ammo fuqarolarning xususiy 
xo`jalik faoliyat yuritishlari man qilingan edi. 
Xo`jalik faoliyati keng jabhalari hozirda tadbirkorlik faoliyatiga 
aylantirilishi bilan turli mulk shakllariga ega bo`lgan korxonalar xo`jalik 
munosabatlarining ishtirokchilari bo`lib qolmay, balki yakka tadbirkorlar 
ham bo`lishi mumkin. Chunki, huquqiy munosabatlarning subyektlari 
tarkibini shu munosabatlarning xarakteri belgilaydi. Hozirgi sharoitda esa 
ushbu munosabatlarning asosiy xarakteri - foyda olish maqsadida xo`jalik 
faoliyatini amalga oshirishdan iborat.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Birinchi sessiyasidagi maruzasida «Biz 
kichik, o`rta va xususiy tadbirkorlikning yangi ichki mahsulot ishlab 
chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda uning aholi 
farovonligi va daromadlarini orttirishda, ishsizlik muammosini yechishda 
ham muhim omilga aylantirishga erishmog`imiz lozim»,
1
deb takidlagan 
edi. Haqiqatan, amaldagi qonun hujjatlarimizga muvofiq holda xususiy 
sektorning rivojlanishiga keng yo`l ochib berilmoqda, buning natijasida 
esa xo`jalik faoliyatida tadbirkorlik keng qanot yoymoqda. Bu esa o`z 
navbatida fuqarolarning xo`jalik munosabatlarining subyektlari deb tan 
olinishiga olib keldi, ammo bu har qanday fuqaro ham xo`jalik huquqining 
subyekti bo`lishi mumkin, degan so`z emas, balki bu yerda gap faqat 
xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor fuqarolar ustidagina 
bormoqda xolos. 
Professor V.V.Laptev tabiri bilan aytganda, «Hozirgi xo`jalik huquqi 
– bu yakka va jamoa tadbirkorlarining yoki boshqacha qilib aytganda, 
fuqarolarning va barcha mulk shakllariga ega bo`lgan xususiy, shuningdek 
davlat korxonalarining professional faoliyati»
2
bo`lib qoldi. 
1
«Хaлқ сўзи», 2000 йил 25-янвaр 
2
Лаптев В.В. Предприниметельское право: понятие и субъекта. М. Юрист, 1997 й.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuqoridagilardan kelib chiqib xo`jalik huquqining subyektiga 
quyidagicha tushuncha berish mumkin: Xo`jalik huquqining subyekti–bu 
xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshiruvchi, o`zining mulkiga, 
xo`jalik huquq va majburiyatlariga ega bo`lgan, o`z faoliyati yuzasidan 
mustaqil davogar va javobgar bo`la oladigan va o`zining huquqlarini 
himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs 
maqomini olgan) turli mulk shakllariga mansub korxonalar va ularning 
tuzilmalari hamda yakka tadbirkor maqomiga ega bo`lgan fuqarolar 
hisoblanadi.
Xo`jalik huquqining subyektlari tushunchasidan bunday huquqning 
o`ziga xos belgilarini ajratib ko`rsatish mumkin.
Xo`jalik huquqi subyektining eng asosiy belgisi-bu uning o`z mol-
mulkiga ega bo`lishidir. O`z mol-mulkiga ega bo`lishning huquqiy shakli 
mulk huquqidir. 
Bazi xo`jalik yurituvchi subyektlar (masalan, unitar korxonalar, 
davlat korxonalari) o`z mol-mulkiga ega bo`lmasdan ashyoviy huquq 
asosida (xo`jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi) o`ziga biriktirib 
qo`yilgan mol-mulkka ega bo`lishlari mumkin. 
Mulk 
huquqi 
uning 
sohibiga 
tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug`ullanish, shuningdek, tashkil etilgan korxonaga rahbarlik qilish, 
ularning faoliyatini amalga oshirish shartlarini aniqlash imkoniyatini 
beradi. 
Mulkdor bo`lishlik, mulkdorning shu mulkka nisbatan huquqlari 
shakliga ham ko`p jihatdan bog`liq, xususan xo`jalik yuritish huquqi, 
operativ boshqarish, ijara huquqi, ichki xo`jalik yuritishga egalik huquqi 
paydo bo`lmasdan turib, xo`jalik huquqi subyektining vujudga kelishi va 
taraqqiy etishi mushkul. Shaxs mulkiy baza bo`lgan taqdirdagina subyekt 
tashkil etishga intilib, iqtisodiy manfaatdorlikka erishishga harakat qiladi 
va rivojlanadi. 
Foyda ko`rish maqsadida, tavakkal qilib tovar ishlab chiqarish (ish 
bajarish, xizmat ko`rsatish) bilan shug`ullanish ixtisoslashgan faoliyatga 
aylangan taqdirdagina bunday faoliyatning ishtirokchilarini tadbirkorlar 
deb hisoblash mumkin. Agar fuqaro bunday harakatlarni alohida 
hollardagina (vaqti-vaqti bilan) foyda ko`rishni o`z oldiga maqsad qilib 
qo`ymay amalga oshirgan taqdirda, masalan, o`zidagi ortiqcha qishloq 
xo`jalik mahsulotlarini yoki keraksiz bo`lgan boshqa ashyolarni sotishi, 
yoki ishlarni bajarib berish uchun shartlashib va u bajarilganligi uchun haq 
olinadigan bo`lsa, bunday faoliyatni tadbirkorlik faoliyati deb bo`lmaydi, 
chunki bu kabi munosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga 
www.ziyouz.com kutubxonasi


solinadi. Shuningdek, bank muassasalariga foiz olish maqsadida 
jamg`arma qo`ygan fuqarolar, qimmatli qog`ozlar sotib olgan shaxslar 
ham tadbirkorlar hisoblanmaydi. 
O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan 
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»
1
gi qonunining 
4-moddasiga ko`ra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda 
davlat ro`yxatidan o`tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lib hisoblanadi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, 
shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi qonun hujjatlarida 
man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo`lishi 
mumkin emas. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo`jalik sudining 2000 
yil 28-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq qonunchilikni 
qo`llash sud amaliyoti to`g`risida”gi 2-sonli qaroriga ko`ra, yuridik 
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan, chet el fuqarolari 
yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslar 
tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir. Tadbirkor yuridik shaxsni tashkil 
etgan holda yoki tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy 
asosda shug`ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tartibdagi tadbirkordir)
2

Xo`jalik huquqi subyektlarining asosiy belgisi ularning davlat 
ro`yxatidan o`tgan bo`lishligi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarda muayyan faoliyat turlari bilan shug`ullanishlari uchun albatta 
ruxsatnoma (lisenziya)ga ega bo`lishlari lozimligi talab etiladi. 
Xo`jalik huquqi subyektlarini yana bir belgisi bilan boshqa 
subyektlardan ajratish mumkin, bu ularning xo`jalik huquq va 
majburiyatlariga ega bo`lishligidir. Bunday huquq va majburiyatlarning 
doirasi O`zbekiston Respublikasi qonunlari bilan hamda ularga muvofiq 
qabul qilingan mazkur xo`jalik yurituvchi subyektlarining tasis hujjatlari 
bilan aniqlanadi. 
Xo`jalik huquqi subyektlarining navbatdagi belgisi shuki, ular o`z 
faoliyatlari uchun mustaqil javobgar hisoblanadilar. Javobgarlik uning o`z 
mol-mulki doirasida amalga oshiriladi. 
Xo`jalik huquqi subyektlari o`z faoliyatlariga o`zlariga tegishli mol-
mulk doirasida javobgar bo`lishlari bilan birga, o`zlarining buzilgan 
1
Хaлқ сўзи – 2000 йил 15 июн. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий суди вa Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий xўжaлик суди Плeнуми 
қaрoрлaрининг тўплaми. Нукус, «Билим» нaшриѐти. 2000 йил, 237- б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish 
imkoniyatiga ega ekanliklari to`g`risidagi qoidalar qonun hujjatlarida 
mustahkamlangan. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin