Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Yakka tartibdagi tadbirkor xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
Yakka tartibdagi tadbirkor xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining 
subyekti sifatida 
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq, jismoniy 
shaxslarga tadbirkorlik maqomiga ega bo`lishlik imkoniyati berilib, ular 
ham xo`jalik huquqining subyektlari doirasiga kiritildi. O`zbekiston 
Respublikasining dastlab qabul qilingan «Mulkchilik to`g`risida»
1
gi 
qonuniga binoan fuqarolarning mulklari ishlab chiqarish xo`jalik 
faoliyatida foydalanishi mumkin degan qoida belgilandi. Keyinchalik bu 
qoidani hamda konstitusion normalarni tatbiq qilingan holda qator 
qonunlar qabul qilindiki, ular fuqarolarni xo`jalik faoliyati yuritishlari 
(sobiq ittifoq davrida bunday faoliyatga ruxsat berilmagan edi) hamda 
xo`jalik huquqi subyektlari doirasining kengayib borishiga huquqiy zamin 
yaratdi. 
2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to`g`risida»
2
gi qonun shular jumlasidandir. Ushbu 
qonunda tadbirkorlik faoliyati subyektlari doirasi kengaytirilib, ular kichik 
va o`rta tadbirkorlik subyektlari shaklida, jumladan yuridik shaxs tashkil 
etmasdan tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
ham kichik va o`rta tadbirkorlik subyekti sifatida mastahkamlandi. 
Qonunga binoan har qanday fuqaro ham tadbirkor shaxs hisoblanmaydi, 
balki faqat belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tib, tadbirkor 
maqomini olgan fuqarolargina etirof etilishi mumkin. 
Qonun ayrim toifadagi fuqarolarni tadbirkor maqomini olishlariga 
monelik qiladi. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
ularning mansabdor shaxslari, sudyalar, prokuratura xodimlari, shuningdek 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan 
boshqa shaxslar shular jumlasidandir. 
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi 
qonunning 7-moddasida jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil 
etmagan 
holdagi 
birgalikdagi 
tadbirkorlik 
faoliyati 
shakllari 
mustahkamlangan. Unga ko`ra,
-er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga 
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; 
- oddiy shirkat; 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Кeнгaшининг Axбoрoтнoмaси, 1990 йил, Н 31-33, 371-мoддa; 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 2000 йил, Н 5-6, 140-мoддa; 
www.ziyouz.com kutubxonasi


- yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo`jaligi. 
Yakka tadbirkorlikning tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil 
etib amalga oshiradigan subyektlardan farqlab turuvchi xususiyatlarni 
aniqlab olish lozim bo`ladi. Gap shundaki, yuridik shaxs tashkil etmasdan 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor o`z 
faoliyatini xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o`ziga 
tegishli bo`lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish 
va foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga ashyoviy huquq orqali o`ziga 
tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiradi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O`zbekiston 
Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumining «Tadbirkorlik faoliyati bilan 
bog`liq qonunchilikni qo`llash sud amaliyoti to`g`risida»gi 2000 yil 28 
apreldagi qarorida
1
fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok 
etishi va manfaatdorligi uchun shart-sharoit yaratish, ularning ishchanlik 
faolligini oshirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, bu sohada qonunchilikni to`g`ri tatbiq etish va 
ularga qatiy rioya qilishning taminlanishi lozimligi qayd etilgan. 
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda xo`jalik yuritadigan subyektlar 
shakllari to`g`risida so`z ketar, ekan qonun ularni quyidagi tarzda 
mustahkamlaganligini takidlash joiz. 
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash 
huquqisiz, mulk huquqi asosida o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida, 
shuningdek, mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l 
qo`yadigan o`zga ashyoviy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk 
negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan yakka tartibdagi 
tadbirkorlik; 
2) er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga 
oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik; 
3) ikki yoki undan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 
foyda olish yoki qonunga zid bo`lmagan boshqa maqsadga erishish uchun 
o`z hissalarini qo`shish va yuridik shaxs tuzmasdan, birgalikda ish qilish 
majburiyatini olgan oddiy shirkat; 
4) yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo`jaligini yuritish. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish (davlat ro`yxatidan o`tishi) uchun shaxs 18 yoshga to`lgan bo`lishi 
lozim. 
1
«Хўжaлик вa ҳуқуқ» - «Хозяйство и право», 2000 - №8, 14-б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


O`n olti yoshga to`lgan voyaga yetmagan shaxsning to`la muomalaga 
layoqatli deb e'lon qilish asoslari Fuqarolik kodeksining 28-moddasida 
ko`rsatilgan. 
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o`tgan fuqaro 
nikohdan o`tgan vaqtdan etiboran to`la hajmda muomala layoqatiga ega 
bo`ladi, nikoh tuzish shartnomasida ega bo`lingan muomala layoqati o`n 
sakkiz yoshga to`lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to`la 
saqlab qolinadi. Nikoh haqiqiy emas, deb topilgan taqdirda, sud voyaga 
yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to`la muomala 
layoqatini yo`qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Agarda 
qonunda nazarda tutilgan asoslarda fuqaroning muomala layoqati 
cheklangan bo`lsa, fuqaro tadbirkorlik maqomiga ega bo`lolmaydi. 
Mabodo vaqt o`tishi bilan fuqaro yana muomala layoqatini tiklasa, u 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish huquqiga ega bo`ladi. 
Tadbirkor fuqaroning xo`jalik huquqi sohasidagi huquqiy layoqatini 
fuqarolik huquqiy layoqati bilan adashtirmaslik lozim. Fuqarolik huquqida 
u fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga soluvchi 
mulkiy 
munosabatlarda o`zining shaxsiy ehtiyojlarini qondiruvchi shaxs sifatidagi 
umumiy huquqiy layoqatga ega bo`ladi. Xo`jalik huquqida esa, u maxsus 
xo`jalik vakolatiga ega bo`lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tovarlar ishlab chiqaradi 
(ishlarni bajaradi, xizmat ko`rsatadi), ularni realizasiya qiladi. Shu sababli 
ham ular fuqarolik huquqidan farqli ravishda, foyda olish maqsadida 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko`rilgan daromad 
sifatida qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda soliqqa tortiladi. 
Gap yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish to`g`risida ketar 
ekan, er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan 
foydalanadigan hol-larda vujudga keladigan munosabatlarni huquqiy 
tartibga solish masalasi muhimdir. Chunonchi qonunlarda, nikoh 
shartnomasida yoki er-xotin o`rtasidagi o`zga kelishuvda boshqacha qoida 
nazarda tutilgan bo`lmasa, bunday holda er (xotin)ning roziligi talab 
qilinadi. Bunday rozilik notarial tasdiqlangan bo`lib, qaysi mol-mulkdan 
foydalanishga kelishilgan bo`lsa, ushbu mol-mulkka tegishli malumotlar 
qayd etilishi lozim. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish tadbirkorlikning er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular 
tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik turida (ish 
muomalalarida) er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro`yxatdan 
o`tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.
Oilaviy tadbirkorlikda er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-
mulkidan foydalanishda qonun oilaning voyaga yetgan boshqa azolarining 
manfaatlarini inobatga olgan, xususan, agar tadbirkorlik faoliyati obyekti 
sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog`liq oilaviy tadbirkorlik amalga 
oshirilayotganda uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga 
kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa azolarining notarial tasdiqlangan 
roziligi bo`lgan taq-dirda amalga oshiriladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va oilaviy tadbirkorlik faoliyatining 
negizi, mulkning shakllanish holati bir-biridan farq qiladi. Yakka 
tartibdagi tadbirkor mulk huquqi asosida faqat o`ziga tegishli bo`lgan mol-
mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan 
foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga ashyoviy huquq tufayli o`ziga tegishli 
bo`lgan mol-mulk negizida faoliyat ko`rsatsa, oilaviy tadbirkorlik mol-
mulk negizida umumiy birgalikdagi mulk asosida amalga oshiriladi. 
Fuqarolar yuridik shaxs tashkil etmasdan xo`jalik (tadbirkorlik) 
faoliyatini amalga oshirishda birgalikda faoliyat ko`rsatishga ehtiyoj 
sezsalar, bu tarzdagi birgalikdagi faoliyat shakllaridan biri oddiy shirkat 
hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 962-moddasiga 
binoan, oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to`g`risidagi 
shartnoma) bo`yicha sherik (ishtirokchi) deb ataluvchi ikki yoki undan 
ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid bo`lmagan boshqa maqsadga 
erishish uchun o`z hissalarini qo`shish va yuridik shaxs tuzmasdan 
birgalikda ish qilish majburiyatini oladi. Mazkur moddaning 2-qismiga 
ko`ra oddiy shirkat shartnomasining taraflari tijoratchi tashkilotlar ham 
bo`lishi mumkin. Ko`rinib turibdiki, oddiy shirkat shartnomasida yuridik 
shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar qatori yuridik shaxs hisoblangan tijoratchi 
tashkilotlar ham ishtirok etishlari mumkin ekan. 
Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to`g`-risidagi 
shartnoma) bo`yicha sheriklar (ishtirokchilar) deb ataluvchi ikki yoki 
undan ortiq shaxs foyda olish yoki qonunga zid bo`lmagan boshqa 
maqsadga erishish uchun o`z hissalarini qo`shish va yuridik shaxs 
tuzmasdan, birgalikda ish qilish majburiyatini oladilar. Fuqarolik 
kodeksining 963-975-moddalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga 
oshiriluvchi xo`jalik yuritishning ushbu turiga xos xususiyatlar va ular 
faoliyatining huquqiy asoslari belgilangan. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sheriklar mulki huquqi asosida ega bo`lgan, ular tomonidan 
qo`shilgan mol-mulk, shuningdek birgalikdagi faoliyat natijasida ishlab 
chiqarilgan mahsulot va bunday faoliyat tufayli olingan hosil hamda 
daromadlar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab qo`yilgan 
bo`lmasa yoxud majburiyatning mohiyatidan boshqacha hol kelib 
chiqmasa, ularning umumiy ulushli mulki hisoblanadi, birgalikdagi 
faoliyatga bog`liq xarajatlar va zararlarni qoplash tartibi esa, ularning 
kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv bo`lmaganda, har bir sherik 
o`zining umumiy ishga qo`shgan hissasi qiymatiga mutanosib ravishda 
xarajatlar va zararlarni zimmasiga oladi. Fuqarolik kodeksining 967-
moddasi 2-qismida sheriklardan birortasini umumiy xarajatlarni yoki 
zararni qoplashda ishtirok etishda to`liq ozod etadigan kelishuv o`z-
o`zidan haqiqiy emas. Sheriklarning umumiy xarajatlari va zararlariga 
nisbatan bunday huquq normasining belgilanishi sheriklarning tadbirkorlik 
subyekti sifatidagi huquq va burchlarining buzilishining oldini oluvchi 
kafolatdir. 
Fuqarolik kodeksining 968-moddaga ko`ra, sheriklar tomonidan 
ularning birgalikdagi faoliyati natijasida olingan foyda, agar oddiy shirkat 
shartnomasida yoki sheriklarning boshqa kelishuvida boshqacha tartib 
nazarda tutilmagan bo`lsa, sheriklarning umumiy ishga qo`shgan hissalari 
qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Sheriklaridan birortasini foydada ishtirok etishdan chetlatish 
to`g`risidagi kelishuv o`z-o`zidan haqiqiy emas. 
Oddiy shirkat shartnomasida sheriklardan birortasining foydaga 
bo`lgan huquqining buzib qayd etilishi Fuqarolik kodeksining 113 va 115-
moddalariga asosan birgalikdagi faoliyat xususidagi bitimning bekor 
bo`lishiga, haqiqiy emas deb hisoblanishiga olib keladi. 
Oddiy shirkat shartnomasi ishtirokchisining kreditori Fuqarolik 
kodeksining 227-moddasiga muvofiq uning umumiy mol-mulkdagi 
ulushini ajratishni talab qilishga xaqli. Bu holat faqatgina ishtirokchida 
kreditor talabini qondiradigan boshqa mulki qolmagan bo`lsa, vujudga 
kelishi mumkin. 
Agar ulushni natura shaklida ajratishga imkoniyat bo`lmasa yoki 
uning ajratilishiga boshqa sheriklar etiroz bildirsalar, kreditor ushbu 
ulushning boshqa sheriklarga bozor narxida sotilishini talab qilishga xaqli. 
Ushbu holatda ulush sotilganidan olingan qarzni qoplashga ishlatiladi. 
Agarda boshqa sheriklar qarzdorning ulushini sotib olishga rozilik 
bersalar, bu holda kreditor sud orqali ulushning kim oshdi savdosida 
sotilishini talab qilishga haqlidir. Yuridik shaxs tashkil etmasdan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi subyektlardan biri oddiy shirkat shaklida 
uning mavjudligini uchinchi shaxslarga malum qilmasligi (yashirin 
shirkat) nazarda tutilishi mumkin. Bunday shartnomaga nisbatan, agar 
qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa yoki yashirin 
shirkat mohiyatidan kelib chiqmasa, Fuqarolik kodeksining «Oddiy 
shirkat» bobi qoidalari qo`llaniladi. 
Ushbu shirkatning xususiyatlaridan biri, uning ishtirokchilaridan har 
biri uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda sheriklarining umumiy 
manfaatlarini ko`zlab o`z nomidan tuzgan bitimlar bo`yicha o`zining butun 
mol-mulki bilan javob berishidadir. 
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshiruvchi subyektlarning shakllari tartibida dehqon xo`jaliklari alohida 
o`rin egallaydi. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi 
to`g`risida»gi 1998 yil 30-aprelda qabul qilingan qonunning 1-moddasiga 
asosan dehqon xo`jaligi oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila 
azolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish uchun oila boshlig`iga beriladigan tomorqa yer uchastkasida 
qishloq xo`jaligi mahsuloti etishtiradi va realizasiya qiladi. 
Dehqon xo`jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi 
hamda dehqon xo`jaligi azolarining istagiga ko`ra, yuridik shaxs tashkil 
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
1
Dehqon xo`jaligi davlat ro`yxatiga olingach, unga dehqon xo`jaligi 
boshlig`iga yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi 
davlat hujjati hamda davlat ro`yxatidan o`tkazilganlik to`g`risidagi 
belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Bu tarzdagi xo`jalik 
yurituvchi subyektlarning ro`yxatga olish tartibi to`g`risida yuqorida 
takidlab o`tildi. Bozor munosabatlari takomillashib borayotgan bir 
sharoitda Respublikamizda «fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
taminlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini 
chuqurlashtirish, xususiy mulkni, tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes 
manfaatlarini himoyalash borasida zarur kafolatlarni yaratib berishga 
alohida etibor qaratildi va ushbu yo`nalishdagi ishlar izchil davom 
ettirilmoqda»
2
, yani tadbirkorlar faoliyatini davlat yo`li bilan doimiy 
qo`llab-quvvatlab borishning huquqiy, ijtimoiy asoslari yaratilib 
kelinmoqda.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Eр кoдeкси вa қишлoқ xўжaлигигa oид қoнун ҳужжaтлaри тўплaми. –Т.: Aдoлaт, 1999. 117-
б. 
2
И.A.Кaримoв. Ўзбeкистoндa дeмoкрaтик ўзгaришлaрни, фуқaрoлик жaмияти aсoслaрини шaкллaнтиришнинг 
aсoсий юнaлишлaри. «Хaлқ сўзи» гaзeтaси, 2002 й., 30 aвгуст.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin