Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


qo`shib yuborish; qo`shib olish; bo`lish; ajratib



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

qo`shib yuborish; qo`shib olish; bo`lish; ajratib 
chiqarish; o`zgartirish usullari mavjud.
Fuqarolik Kodeksining 50-moddasiga muvofiq qo`shib yuborish, 
qo`shib olish va o`zgartirishda huquqiy vorislik topshirish hujjatida o`z 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1997 йил, Н 2, 54-мoддa;
www.ziyouz.com kutubxonasi


aksini topishligi, bo`lish va ajratib taqsimlash balansiga muvofiq 
aniqlanishi mustahkamlangan. 
Qonun hujjatlariga binoan taqsimlash, balans va topshirish hujjatiga 
quyidagi talablar qo`yiladi. Topshirish hujjati va taqsimlash balansi 
xo`jalik subyekti muassislari tomonidan yoki xo`jalikni qayta tashkil etish 
to`g`risida qaror qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi hamda tasis 
hujjatlari bilan birga yangidan vujudga kelgan xo`jalik subyektini davlat 
ro`yxatidan o`tkazish yoki mavjud xo`jalik subyektining tasis hujjatlariga 
o`zgartishlar kiritish uchun taqdim etiladi. 
Tasis hujjatlari bilan birga tegishli tartibda hujjatini yoki taqsimlash 
balansini taqdim etmaslik, shuningdek ulardan qayta tashkil etilgan yuridik 
shaxsning majburiyatlari bo`yicha huquqiy vorislik to`g`risidagi 
qoidalarning yo`qligi, vujudga kelgan yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan 
o`tkazishning rad etilishiga sabab bo`ladi. Eng avvalo xo`jalik subyektini 
qayta tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilgan xo`jalik subyekti 
muassislari yoki organ qayta tashkil etilayotgan xo`jalik subyektining 
kreditorlarini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi subyektini tugatilishi uning huquq va 
majburiyatlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o`tmasdan, 
balki bekor qilinishiga olib keladi. Xo`jalik huquqi subyektining tugatilishi 
ixtiyoriy va majburiy asosda bo`lishi mumkin. 
Tugatish uchun uni tashkil etishdan ko`zlangan maqsadga 
erishilganligi yoki xo`jalik yurituvchi subyektni tashkil qilish vaqtida 
qonun hujjatlari buzilishiga yo`l qo`yilgan bo`lsa va bularni bartaraf etib 
bo`lmasa, manfaatdor shaxslarning arizalariga muvofiq sud xo`jalik 
subyektini ro`yxatdan o`tkazishni haqiqiy emas deb topishi mumkin. 
Xo`jalik (tadbirkorlik) subyektini tugatish tartibi O`zbekiston 
Respublikasi Fukarolik Kodeksida hamda O`zbekiston Respublika 
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3-iyundagi 327-sonli «Moliyaviy-
xo`jalik faoliyatini amalga oshirmagan va qonunchilikda belgilangan 
muddatga 
o`zlarining 
ustav 
jamg`armalarini 
shakllantirmagan 
korxonalarni tugatish tartibi to`g`risida»gi qarorida belgilangan. 
Xo`jalik subyektlarini tugatishning alohida asosi bo`lgan bankrotlik 
natijasida tugatilish tartibi O`zbekiston Respublikasining «Bankrotlik 
to`g`risida»
1
gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Xo`jalik yurituvchi 
subyektlarni qayta tashkil etish va tugatish to`g`risida darsligimizda 
alohida mavzu borligi bois, bu masalaga chuqurroq yondashilmadi. 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 2003 йил, Н 5, 63-мoддa 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin