Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


tasis  hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

tasis 
hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi
(davlat korxonalari 
negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro`yxatdan o`tkazish 
uchun notarial tasdiqlagan tasis hujjatlari talab etilmaydi), 
xo`jalik 
yurituvchi subyektning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat
(fermer, 
dehqon xo`jaliklari davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan 
aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno), 
davlat bojining yoki 
ro`yxatdan o`tkazish yig`imining belgilangan miqdori to`langanligi 
to`g`risidagi
bank to`lov hujjati
(dehqon xo`jaliklari, davlat korxonalari 
negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno
), 
belgilangan tartibda shaxsga (tuman) hokimlikning vakolatli 
organlari tomonidan berilgan firma nomi to`g`risidagi guvohnoma, 
muhr va shtamp eskizlari 3 nusxada
ilova qilinadi. 
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarga qo`shimcha bozorlarni davlat 
ro`yxatidan o`tkazish uchun uni tashkil etishga shahar tuman hokimligi 
roziligi yoki qarori talab etiladi.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatining subyekti 
hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro`yxatidan o`tkazish 
xo`jalik huquqining boshqa subyektlarini ro`yxatga olishlikdan farq qiladi. 
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi 
qonunning 11-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat 
ro`yxatidan o`tkazishning umumiy asoslari ko`rsatilgan. Unga binoan, 
jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tish 
uchun tegishli organlarga ariza bergach, ro`yxatdan o`tkazuvchi organlar 
ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat 
ro`yxatidan o`tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas, degan 
vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo`-
shimcha talablarni belgilashga haqli emas. Bunday talabni asossiz rad 
etganlik, shuningdek ro`yxatdan o`tkazish muddatlarini buzganlik ustidan 
sudga shikoyat qilinishi mumkin. 
Bu kabi umumiy asoslardan tashqari ro`yxatga olishning maxsus 
asoslari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 
www.ziyouz.com kutubxonasi


avgustda qabul qilingan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan 
o`tkazish va hisobga qo`yish tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi 
qarorida tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga 
oshiruvchi subyektlarni ham davlat ro`y xatidan o`tkazish uchun zarur 
bo`lgan hujjatlar ro`yxati va tartibi mastahkamlangan. Bunga binoan, 
shaxs tomonidan tuman (shahar) hokimligiga ariza beriladi, ushbu arizaga 
3x4 o`lchamli ikkita fotosurat, ro`yxatdan o`tkazish yig`i mining 
belgilangan miqdorda to`langanligi to`g`risidagi bank to`lov hujjati, muhr 
va shtamp eskizlari uch nusxada taqdim etiladi hamda pasport ko`rsatiladi. 
Jismoniy shaxs arizada tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan 
joy mavjudligini tasdiqlovchi huj jatni taqdim etishi lozim bo`ladi. 
Yuridik shaxs tuzmasdan dehqon xo`jaligi tashkil etishda ham tuman 
(shahar) hokimligiga ariza taqdim etiladi. Arizaga, qishloq xo`jaligi 
kooperativi (shirkat xo`jaligi) umumiy yig`ilishining yoki yuqori 
boshqaruv organining yoxud boshqa qishloq xo`jaligi korxonasi ish 
beruvchisi (ma'muriyati)ning xo`jalik tashkil etish to`g`risidagi qarori 
ilova qilinib, pasport ko`rsatiladi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tuzmasdan tashkil 
etilgan dehqon xo`jaliklari davlat ro`yxatidan o`tkazish haqidagi arizalarini 
ro`yxatdan o`tkazuvchi organ tomonidan qabul qilib olinganidan so`ng, 3 
ish kunidan kechikmay tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro`yxatidan 
o`tkazilishi va hisobga qo`yilishi lozim, aks holda shaxs sudga shikoyat 
qilishga haqli. 
Xo`jalik faoliyatini yuritish uchun yuridik shaxslar bankda hisob 
raqamini ochishlari shart bo`lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik 
shaxs tuzmasdan tashkil etilgan dehqon xo`jaliklari tomonidan 
faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilgan hollarda hisob raqami ochish 
uchun murojaat qiladilar. 
Xo`jalik subyekti davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kunidan boshlab bir 
kun mobaynida ro`yxatga olinganlik malumotini soliq organiga hamda 
muhr va shtamp es-kizlarini uch nusxada ilova qilgan holda ichki ishlar 
organlariga ro`yxatdan o`tkazuvchi organ rasman taqdim etadi. Soliq 
organlari esa, yakka tartibdagi tadbirkorni, yuridik shaxs tuzmasdan tashkil 
etilgan dehqon xo`jaligini hisobga qo`yadi, ularga soliq to`lovchining 
identifikatsiya raqamini beradi va uni statistika va ro`yxatdan o`tkazuvchi 
organlarga rasman ma'lum qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi 
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yishning 
www.ziyouz.com kutubxonasi


xabardorqilish tartibini joriy etish to`g`risida”
1
gi N PQ-357 sonli qaroriga 
muvofiq. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun mamuriy sarf-
xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish 
va hisobga qo`yishdagi byurokratik to`siqlar va g`ovlarni bartaraf etish 
yo`li bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2006 yilning 
1 sentabridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga 
olishning xabardor qilish tartibi o`rnatildi. Yer maydonlari ajratib berish, 
gaz va elektr tarmoqlariga ulash to`g`risida, shuningdek lisenziyalanadigan 
faoliyat turlari bo`yicha qaror talab etiladigan tadbirkorlarni ro`yxatga 
olish bundan mustasno. 
Yuqoridagi qarordan kelib chiqib quydagilar begilandi: 
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish, tegishli ravishda, 
yustisiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi 
Tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatga olish inspeksiyalari tomonidan bir 
vaqtning o`zida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo`ygan 
holda amalga oshiriladi; 
ariza - xabarnomani bergan paytdan boshlab tadbirkorlik subyektini 
davlat ro`yxatiga olib, unga davlat ro`yxatiga olinganlik to`g`risidagi 
guvohnomani berishgacha o`tadigan muddat ko`pi bilan ikki ish kunini 
tashkil etadi.
Yuqoridagi qarorni ijrosini taminlash maqsadida O`zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va 
tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi: 
tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatga olishning xabardor qilish 
tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o`rnatsin; 
tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatga olishning xabardor qilish 
tartibini tushuntirish bo`yicha ommaviy axborot vositalarida muntazam 
ravishda maqolalar chop etilishini taminlasin, teleko`rsatuvlar turkumini 
tashkil qilsin; 
O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 
mintaqalarda Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga 
qo`yishning xabardor qilish tartibi to`g`risidagi nizomning asosiy 
yo`nalishlari bo`yicha aholini hamda mahalliy davlat hokimiyati va 
boshqaruvi tegishli organlari xodimlarini keng jalb etgan holda seminarlar 
o`tkazilishini taminlasin. 
Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan xo`jalik subyekti belgilangan tartibda 
soliq organlari va ijtimoiy taminot organlarida hisobda turishi shart. 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнун ҳужжатлaри тўплaми", 2006 йил, 20-21-сoн, 174-мoддa. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xo`jalik subyekti haqida belgilab qo`yilgan tartibni buzish yoki uning tasis 
hujjatlari qonun talablariga 
mos 
kelmasligi 
davlat ro`yxatidan 
o`tkazilishining rad etilganligiga sabab bo`ladi. Ro`yxatdan o`tkaziluvchi 
organlar ariza beruvchiga xo`jalik subyekti sifatida davlat ro`yxatidan 
o`tkazishni, uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad 
etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo`shimcha talablarni 
belgilashga haqli emas. 
Ariza beruvchi xo`jalik yurituvchi subyekt tariqasida davlat 
ro`yxatidan o`tkazishni rad etganlik, shuningdek ro`yxatdan o`tkazish 
muddatini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Ro`yxatdan 
o`tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor 
shaxslarning harakatlari sud tomonidan xilof deb topilgan taqdirda, ular 
ro`yxatdan o`tkazishni rad etganlik yoki ro`yxatdan o`tkazish muddatini 
buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o`rnini qoplaydilar va manaviy 
zarar uchun tovon to`laydilar. 
Xo`jalik subyektining qayta tashkil etilishi to`g`ri-sida so`z borar 
ekan, xo`jalik subyektining huquq va majburiyatlarini xuquqiy vorislik 
asosida boshqa shaxsga o`tishi orqali uning tugatilishi tushuniladi. Qayta 
tashkil etishning maqsadi bo`lib, yuridik shaxsning huquqiy maqomini 
o`zgartirish bo`lib hisoblanadi.
Qayta tashkil etish ixtiyoriy va majburiy bo`lishi mumkin. Ixtiyoriy 
qayta tashkil etish to`g`risidagi qaror tasischilar yoxud uning tasis 
hujjatlarida vakolat berilgan organlar tomonidan qabul qilinishi mumkin. 
Majburiy qayta tashkil etish esa tasischilarning xohish irodasiga qarshi
yani vakolati bo`lgan davlat organi yoxud sud tomonidan qabul qilingan 
qarorga asosan amalga oshiriladi. Bunday hollar qonun hujjatlarida 
to`g`ridan-to`g`ri belgilangan bo`lishi mumkin. Masalan, O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 avgustdagi 300-sonli 
qaroriga ilova qilingan «O`zbekiston Respublikasi monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi to`g`risida»
1
gi 
Nizomda uning zimmasiga ayrim xo`jalik subyektlarini qo`shib yuborish, 
qo`shib olish, o`zgartirish shakllaridan qayta tashkil etilishini nazorat 
qilish yuklatilgan. Amaldagi qonunga muvofiq yuridik shaxslarni qayta 
tashkil etishning 5-ta: 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin