qoplanishini talab qila oladi. Mazkur majburiyat subyekti bo`lib xo`jalik
subyektiga zarar yetkazgan javobgar shaxs hisoblanadi. Bunday shaxslar
xo`jalik huquqiy munosabat subyektlari bo`lib, ular turli mulk shakliga
asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona, muassasa va tashkilotlar bo`lishi
mumkin.
Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs
(jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan
shaxs (qo`lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-
mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga
qaytarib berishi shart
bo`ladi. Qonunda to`g`ridan-to`g`ri nazarda tutilganligi sababli quyidagilar
asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi:
-ijro etish muddati to`lgunga qadar majburiyatni
bajarish yuzasidan
topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilgan
bo`lmasa;
-davo muddati o`tganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan
topshirilgan mol-mulk;
-ish hajmi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, pensiyalar, nafaqalar,
stipendiyalar, hayot yoki sog`liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va
fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul
mablag`lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda
va hisob-kitobda
xato bo`lmaganda;
-mavjud bo`lmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul
summalari va boshqa mol-mulk, agar qo`lga kirituvchi mol-mulkni
qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyati yo`qligini bilganligini
yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa. (FK-ning
1030-moddasi)
Bunday tarzdagi majburiyat quyidagi o`ziga
xos belgilar bilan
xarakterlanadi,
Dostları ilə paylaş: