‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Ilmiy-texnik,  texnokratik paradigmaning



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

196


Ilmiy-texnik, 
texnokratik paradigmaning
asosiy maqsadi 
amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga “aniq” 
ilmiy bilimlarni berish va ulaming o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. 
Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim 
olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o‘rtacha, 
standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi boisagina qadriyat 
sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini 
tashkil etadi.
So‘nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. 
U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim 
muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu 
ta’lim “tabiatda” - Internet, “ochiq maktablar” - kompyuterlar 
vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitish 
samarali deya hisoblaydi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Pedagogik texnologiya tushunchasini izohlang .
2. Innovatsion jarayonning rivojlanishi haqida ma’Iumot bering.
3. Muammo nima? Muammoli ta’lim deganda nimani 
tushunasiz.
4. Muammoli vaziyat bilan muammoli ta’limni izohlang.
5. Axborot texnologiyasi haqida fikringiz?
197


v m BOB. KREATIV TA’LIM
l.Kreativ ta’limga zamonaviy yondashish
Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarimng 
rivojlanishi. Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv 
sharoitida rivojlanishi va takomillashuvmi innovatsiyalarning turli 
shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga 
va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni 
tamoyillar asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin 
emas. Shu bilan birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal 
rivojlanayotgan innovatsion ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy 
qobiliyatlar, ijod potensiali, o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy 
individuallik va kreativlik talablariga javob berish muammosiga 
katta e’tibor qaratishi lozim.Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini 
tadqiq etishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining 
alohida muhimligini belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning dinamik 
(rivojlanib, o‘sib boruvchi) tasniflanishi kreativlik va uning asosiy 
qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va pedagogika 
fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsa-da, «kreativlik» 
tushunchasi tegishli lug‘atlarda munosib defferensiyasini topmagan 
va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. 0 ‘nlab ilmiy 
ishlarda ilmiy ijodkorlikning u yoki bu qirralariga turlicha 
yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga qaramasdan, 
hozirgacha na muammoning o‘ziga va na unga taalluqli bo‘lgan 
amaliy savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas.
Hozirda, rivojlanishning zamonaviy bosqichi da, mazkur an’a- 
nalari inson faktorining hal qiluvchi o‘mini belgilamoqda. Bu 
faktoming fenomenologiyasida ijodkorlik uning belgilangan asosi- 
ni tashkil etadi. Ijodkorlik inson fenomenining namoyon bo‘ladigan 
yuksak ko‘rinishi bo‘lishiga qaramasdan, u eng kam o'rganilgan 
soha bo‘lib, tabiiy qonuniyat sifatida qaraladi. Gap shundaki, ijod 
jarayonining tabiatidagi tasodifanlik, kutilmaganlik avval-
198


boshdanoq uning zamonaviy ilmiy metodiarda o‘rganish 
imkoniyatinl chegaraladi. Zamonaviy fan imkoniyatlari ijodkorlik 
tabiatining mavjud dalillar va savollami to‘liq qoniqtiradigan uni­
versal tushuntirish imkoniyatiga ega emas. Hozirgacha Vatanimiz- 
da va chet ellarda to‘plangan bilimlar ijodkorlik psixologiyasi mo- 
hiyatini tushunishga yetarli emas. Jamiyat taraqqiyoti tajribasida 
psixologiya va pedagogikada ijodkorlik psixologiyasi sohasida 
izlanishlami faollashtirish taqozo etilmoqda, chunki ijodkorlik 
natijalari faqatgina shaxsiy tasnifga ega emas, balki ijtimoiy 
ahamiyatga egadir.
Psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi 
alohida yo‘nalish - ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga 
keldi. Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik 
qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin