Kim olim esa nuqtasida barhaq de oni, Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni Har kimsakiyo‘q ilm axmaq de oni, Majlisdaki Um bo‘Isa uchmaq de oni1 . Mazkur to‘rtlikning mazmunida ilmli, oqil odam o‘z maqsadiga
erishish yo‘lida uchraydigan har qanday qiyinchilikni yengib
o‘tadi, kim ilmni o‘ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqil-
maydi, zero, iim insonning baxt-saodatini ta’minlashga xizmat
qiladi degan g‘oya o‘z aksini topgan.
Alisher Navoiy ilm o‘rganishga intilishni inson kamolotini
ta’minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan bin deb
biladi. Ilmni insonm, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi
omil sifatida ta’riflaydi. Asarlari mazmunida iigari surilgan g‘oya-
lar yordamida kishilarni ilmli va ma’rifatli bo‘lishga undaydi.
Mutafakkir ilm o‘rganishni har bir kishining insoniy burchi deya
e’tirof etadi. Zero, ilm o‘rgamshdanmaqsadham xalqning farovon,
baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo‘lishini
ta’minlashga hissa qo'shishdir, deya ta’kidlaydi. Bilimli va dono
kishilar hamisha o‘z xalqining manfaati hamda mamlakatining
ravnaqi yo‘lida faoliyat olib borishlariga ishonadi. Mazkur o'rinda
Mirzo Ulug‘bekni ana shunday xislatga ega boigan kishilardan biri
bo‘lganligiga urg£u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida
abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan
komil inson faqat ilmli bo‘lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni
yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-
qanoat, saxiylik, himmat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze, adab, vafo
va hokazo sifatlaming ham mavjud bo'lishi taqozo etiladi.
Alisher Navoiy asarlari mazmunida o‘z aksini topgan har bir
fikr amaliy ahamiyatga ega, zero, mutafakkir ulami o‘zining ulkan
hayotiy tajribasiga tayangan holda bayon etadi. Alloma uzoq yillar
davomida olib borgan hayotiy kuzatishlari va tajribasi asosida