g‘oyalami aks ettirar edi.
Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o‘qib
bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she’riyat ixlos-
mandlarining xayratiga sazovor bo‘lib kelmoqda:
Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lalizayosh,
Bo‘ylakim, pay do bo ‘luryulduz, nihon bo ‘Igach quyosh.
Qomusiy bilimlami chuqur o‘zlashtirgan Alisher Navoiy xalq
orasida hurmat-e’tibor qozonadi. Bolalikda birga ulg‘aygan do‘sti
sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda
hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o‘ziga vazir etib
tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat
olib borgan Alisher
Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari,
musiqa, hattotlik, tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji
yoiida amaliy harakatlami olib borish bilan birga yoshlarga ta’lim
va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi.
Ulug‘ mutafakkir o‘zining “Xamsa”, “Mahbub-ul-qulub”, “Muno-
jot” “Vaqfiya”, “Majolis-un-nafois”, “Muhokamat-ul-lug4 atayin”,
shuningdek, Abdurahmon Jomiyning “Arba’in”
nomli asarining
taijimasi sifatida yaratilgan “Chihil hadis” (“Qirq hadis”) kabi
asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib,
ular qiyofasida namoyon bo‘luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni
ulug‘lagan bo‘Isa, ta’limiy-axloqiy
muammolarni yorituvchi
asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni,
ushbu jarayonning o'ziga xos jihatlari, yoilari, shakl va usullari
borasidagi mulohazalami bayon etadi.
Allomaning tasawuridagi komil inson o‘z
qiyofasida eng
yuksak insoniy fazilatlar mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u
ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga ilm-fanga nisbatan muhabbatli
bo‘lmog‘i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra, ana
shunday sifatiaming sohibi bo‘la olgan insongina o‘z kuchi hamda
aql-u zakovatiga ishonadi. o‘z kuchi va aql-u zakovatiga qattiq
ishona olgan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u
o‘ta murakkab muammolarni ham yechimini topa olishga qodir.
Ilm-fan sirlaridan xabardor bo'lishning inson ahamiyatini yoritar
ekan, alloma ayni o‘rinda ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq,
hayot yo‘Iini
nurafshon etadigan quyosh, odamlaming haqiqiy
400
qiyofasini ko‘rsata oluvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ushbu filer
mutafakkir tomonidan yaratilgan “Nazmul-javohir”
asarida
quyidagicha bayon etiladi:
Dostları ilə paylaş: