‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Alisher Navoiy (1441-1501)



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

3. Alisher Navoiy (1441-1501)
0 £zbek adabiyotining asoschisi, she’riyat mulkining 
sultoni,
ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy 
1441 y i] 9 f e v -
ralda Hirot shahrida tug'ilgan. Yosh Alisher favqulodda iste’dod 
egasi bo‘lib, iste’dodining dastlabki ko£rinishlari u uch-to£rt yoshga 
to‘lgan vaqtlardayoq namoyon bo‘la boshlagan. Shu vaqtda u 
Farididdin Attorning “Mantiq-ut-tayr” asarini yod oladi.
Alisherdagi ilm o £rganishga bo£lgan kuchli qiziqish hamda 
ishtiyoqni o£z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445 yilda maktabga 
beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog£larida o‘tmish mutafak- 
kiriari va o£z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan 
yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud asarlar mazmu- 
nini o‘qib-o‘rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq 
mustaqil ravishda she’iiar yoza boshlaydi. Yosh Alisher tomonidan 
yaratilgan she’riy misralar o‘zida yuksak badiiy va falsafiy
399


g‘oyalami aks ettirar edi. Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o‘qib 
bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she’riyat ixlos- 
mandlarining xayratiga sazovor bo‘lib kelmoqda:
Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lalizayosh,
Bo‘ylakim, pay do bo ‘luryulduz, nihon bo ‘Igach quyosh.
Qomusiy bilimlami chuqur o‘zlashtirgan Alisher Navoiy xalq 
orasida hurmat-e’tibor qozonadi. Bolalikda birga ulg‘aygan do‘sti 
sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda 
hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o‘ziga vazir etib 
tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alisher 
Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, 
musiqa, hattotlik, tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji 
yoiida amaliy harakatlami olib borish bilan birga yoshlarga ta’lim 
va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. 
Ulug‘ mutafakkir o‘zining “Xamsa”, “Mahbub-ul-qulub”, “Muno- 
jot” “Vaqfiya”, “Majolis-un-nafois”, “Muhokamat-ul-lug4 atayin”, 
shuningdek, Abdurahmon Jomiyning “Arba’in” nomli asarining 
taijimasi sifatida yaratilgan “Chihil hadis” (“Qirq hadis”) kabi 
asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, 
ular qiyofasida namoyon bo‘luvchi ma’naviy-axloqiy sifatlarni 
ulug‘lagan bo‘Isa, ta’limiy-axloqiy muammolarni yorituvchi 
asarlarida esa komil insonni shakllantirish jarayonining mazmuni, 
ushbu jarayonning o'ziga xos jihatlari, yoilari, shakl va usullari 
borasidagi mulohazalami bayon etadi.
Allomaning tasawuridagi komil inson o‘z qiyofasida eng 
yuksak insoniy fazilatlar mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u 
ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga ilm-fanga nisbatan muhabbatli 
bo‘lmog‘i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra, ana 
shunday sifatiaming sohibi bo‘la olgan insongina o‘z kuchi hamda 
aql-u zakovatiga ishonadi. o‘z kuchi va aql-u zakovatiga qattiq 
ishona olgan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u 
o‘ta murakkab muammolarni ham yechimini topa olishga qodir. 
Ilm-fan sirlaridan xabardor bo'lishning inson ahamiyatini yoritar 
ekan, alloma ayni o‘rinda ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, 
hayot yo‘Iini nurafshon etadigan quyosh, odamlaming haqiqiy
400


qiyofasini ko‘rsata oluvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ushbu filer 
mutafakkir tomonidan yaratilgan “Nazmul-javohir” asarida 
quyidagicha bayon etiladi:

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin