‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

xaiqning
iqtisodiy-madaniy 
hayotini yaxshilash qanday zarur bo‘lsa, chet el kapitali 
iskanjasidan, mustamlakachilik kishanlaridan qutilish ham 
shunchalik kechiktirib bolmas vazifa edi. Jadidlar 1906 yildayoq 
“Taraqqiy” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini 
tarqata boshladilar, oradan ko‘p o4tmay, “Xurshid”, “Shuhrat” 
singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko‘rdi. Markaziy Osiyoning 
turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy 
ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ‘ib qilindi. 
“Jadidlar nima haqida gapiri shin asm, hammasi yangi nafas, yangi 
g‘oya edi, proletar mafkurasi ham. ishchilar sinfi ham yo‘q edi, 
tabiat birlamchi deguvchilaming mafkurasini deyarli hech kim 
tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. 
Shuning uchun jadidchilikning yangi g‘oya!ar bilan paydo bo‘lib, 
ruhoniylarga, hukmron sinflarga qarshi turishi, madaniyatni 
yaratishi, bir so‘z bilan aytganda, yangilik edi, «jadid» jumlasining 
ma’nosi ham “yangi” demakdir”.
411


Agar lcrnda qilib aytsak, jadidlaming harakat dasturi quyidagi 
masalalarni hal qilishga qaratilgan:
Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash. Diniy aqidalarga 
asoslangan o‘rta asr maktablari o‘rniga Ovro£po qabilidagi 
dunyoviy ilmlarni ona tilida o‘qitishga moslangan yangi usuldagi 
maktablami tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish.
Jadidchilik g‘oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida 
yangi o‘zbek adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot hurligi uchun 
kurash, xalq ommasiga tushunarii adabiyot va teatrni yaratish. 
Xotin-qizlami paranjidan chiqarish va jadid maktablariga 
qatnashlarini ta’minlash yo‘li bilan ular taqdirini o'zgartirish va 
oilada islohot o‘tkazish. Mahalliy boylar va savdogar ahlining 
siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda 
bo‘lishi, mahalliy amaldorlaming chor hukmdorlari tomonidan 
siquvga olishiga qarshi kurash. Shu yo‘l bilan mustamlakachilik 
siyosatini isloh qilish.
Asosiy talabalari ana shundan iborat bo‘lgan jadidlar uchun ilm 
va ma’rifat yagona qurol bo; lib, ular shu qurol yordami bilan 
o‘lkada 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyot 
uchun 
kurashmoqchi bo‘ldilar.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin