‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

inchi yilida:
Qur’oni 
karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til 
puxta o‘rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisobdan turli 
taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o‘qitilgan. To‘rtinchi 
yilida: esa Kalom-u Sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm 
va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob tarix, jo ‘g‘rofiya 
o‘qitilgan. Bu to‘rt sinftii tamomlagan bolalarni muallimlaming 
o‘zi taqsimlagan. Xohlasa ikkinchi bosqichga qoldirar, ulaming 
o‘zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning c>‘zi xohlasa 
Yevropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga 
yo‘llanma berardi. Behbudiy butun vujudi bilan muallim edi. Uning 
o‘zi ham yuqori sinf talabalariga jo‘g‘rofiya va tarixdan saboq 
berar. Misr, Turkiya, Qozon va boshqa joylardan olib kelgan turli 
yangi-yangi kitoblarini yuqori sinf o‘quvchilariga hamda eng 
yaxshi o‘qiganlarga hamda muallimlarga tortiq qilardi. U ne qilsa 
ulug‘ Turkiston uchun va uning kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun 
qilardi. Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi - maktab, barcha 
ilmning boshi va ibtidosi maktab. Saodatning, fozil insonning 
ma’naviy chashmasi - maktab degan aqidaga amal qilardi.
1917 yilning 16-23 aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkis- 
ton musulmonl arming qurultoyida millatni o‘zaro ixtiloflardaji voZ 
kechishga, buyuk maqsad yo‘lida birlashishga, ittifoq bo‘lishga 
chaqiradi. Ammo u o‘z orzulariga erisha olmadi. Behbudiy 1919 yil 
25 martda ana shu g‘oyalari uchun millatchi jadid sifatida ayblanib, 
Shahrisabzda qamoqqa olinadi va qatl etiladi. U o‘limi oldidan 
qilgan vasiyatida: «Biz o‘z qismatimizni bilamiz. Agar bizning 
hayotimiz hurriyat va xalqning baxt saodati uchxm qurbonlik 
sifatida kerak bo‘lsa, biz o‘limni ham xursandchilik bilan kutib 
olamiz.... mumkin qadar ko‘proq yaxshi maktabiar ochish,
415


shuningdek maorif va xalq baxt-saodatini ta’minlash sohasida 
tinmay ishlash bizga haykal bo‘ladi....”.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning yangi maktablar uchun yozgan 
asariari maktablaming isiohida katta hodisa bo‘ldi. Ayni davrda bu 
darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo‘lianildi. Bu 
kitoblaming bugungi kunda ham qadri yo‘qolganicha yo‘q. 
“KitobatuI atfol” (“Bolalar maktubi”) asari o‘z davrida bir necha 
marta nashr etilgandi. Bu kitobga qirqtaga yaqin forsiy va turkiy 
insholardan na’munalar kiritilgan. Shahodatnoma va boshqa ish 
yuritishga doir hujjatlar yozishni o‘rganishdan ta’lim beradi hamda 
namunalar 
ham 
keltirilgan. 
Volostnoyxona, 
qozixonada 
yoziladigan hujjatlar ham mana shu kitob orqali o‘rgatilgan. Yosh 
va kattalarga moijallangan 36 sahifalik to'plam Respublikamizga 
davlat maqomi berilgan, mustaqillik qaror topayotgan damlarda bu 
kitob nazariy-ma’rifiygina emas, balki amaliy ahamiyatga ham 
egadir. 0 ‘zbek tilida ish yuritishimizda bu kitob juda qo‘l keladi. 
Kitobning maqsadi ham shunga qaratilgan. Behbudiy “Padarkush” 
dramasida boyning uydirma gaplariga ishongan o‘g‘li otasini 
o‘ldirganini ilmsizlik va tarbiyasizlik oqibatidan deb ko‘rsatadi. 
Otasi o‘ladi, o‘g‘li qamaladi, uyda yolg‘iz qolgan onaga yangi fikrli 
domla tasalli berib aytadi:
“Onajon, sizga sabrdan boshqa chora yo‘q, bu badbaxtlik va 
musibatga sabab, jaholat va nodonlikdir, beilmlik va tarbiya- 
sizlikdir. Uyingizni nodonlik buzdi. Sizni beilmlik xonavayron 
qildi. 0 ‘g‘lingizni beilmlilik Sibirga yuboradi. Joningizdan aziz 
farzandingizni tarbiyasizlik balosi sizdan umrni ayritadur. Bolan- 
gizni otasi tarbiya etmadi, o‘qitmadi. Oxiri baloga uchradi, yomon 
rafiqlar (odamlar) yo‘ldan chiqardilarki, qurboni jaholat 
bo'ldingiz”.
Nomaqul 
o‘g‘il 
ota-onaning erkalatishlaridan taltayib, 
bekorchilikdan yomon kishilarga qo‘shilib, yomon yo‘llarga yurib, 
oxir-oqibatda o‘zining va qolganoila—a’zolari uxnrini xazon qiladi. 
“Bizlami — deb yozadi Behbudiy, - xonavayron... bevatan va bandi 
qilgan tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, 
faqirlik, zarurat va xorliklar - hammasi ilmsizlik va betarbiya- 
likning mevasi va natijasidir... Modomiki, bizlar tarbiyasiz
416


bolalarimizni o‘qitmaymiz, bu tariqa yomon hodisalar va 
badbaxtliklar oramizda doimo hukmron bo‘Isa kerak. Bu ishlarni 
yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qimoq va o‘qitmoqdan boshqa iloj yo‘qdir”,
5. Abdulla Avloniy (1878-1934)
Taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr 
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek 
xalqining eng yaxshi airanalarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim 
hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir.
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahrining 
Mergancha mahallasida, mayda hunannand-tos quvchi oilasida 
dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo'lganlar. Abdulla 
Avloniy eski usul maktabini tamomlagandan keyin 12 yoshida 
madrasaga o‘qishga kiradi. U yozda isblab ota-onasiga yordam 
qilar, boshqa vaqtlarda o‘qir edi. 0 4 a iqtidorli bo‘lgan Abdulla 
Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. Dastlabki she’rlarida va 
“Hijron” degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o‘qib- 
o‘rganishga targ‘ib qildi. Avbdulla Avloniy 1907 yilda “Shuhrat”, 
“Osiyo” nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin chor 
amaldorlari tez orada gazetalami yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy 
keyinroq “Sadoyi Turkiston” (1914-1915), “Turon” (1917), 
“Ishtirokiyun” (1918) gazetalarida, “Kasabachilik harakati” (1921) 
jumalida muharrir bo‘lib ishlaydi. Shundan so‘ng, u o‘zbek 
matbuotning zabardast vakili, o'zbek matbuotning asoschilaridan 
bin sifatida taniladi.
Abdulla Avloniy xalq orasida ilg‘or fikrlami tarqatishda, ilm va 
ma’rifatni tashviq qilishda gazeta, jumallaming roli g‘oyat katta 
ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli 
gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi. Gazetaning birinchi 
sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib, 
“Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar 
beruvchi, qorong‘i kunlami yorituvchi, xalq orasida iim, ittifoq, 
himmat g‘oyalari”ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog‘i 
mumkin bo‘lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog‘i 
mumkin emasligini uqtiradi.
417


XX 
asr boshlarida О ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
pedagogik fikxlaming rivojida Abdulla Avloniy alohida o‘rin 
egalladi, butun faoliyati davrida u o‘z xalqiga xizrnat qiladigan 
komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini shakllantirishga 
alohida e’tibor berdi. Abdulla Avloniy o‘zbek xalqining san’ati va 
adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo‘lga 
qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli 
pedagogdir. 
Abdulla 
Avloniy 
o‘zbek 
ziyolilari 
ichida 
birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini professional teatrga 
aylantirish uchun 1913-yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini 
tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi 
uchun katta to‘siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik 
siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg‘onishiga yordam 
ko‘rsatuvchi teatrlaming barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana 
shunday salbiy munosabatda bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr 
truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pesalami 
sahnalashtirishi uning xalq ma’rifati yo‘lidagi zo‘r jasorati edi. 
Teatrshunos M.Rahmonov Avloniyning teatrchilik faoliyati haqida 
shunday yozadi: “Avloniy truppa uchun “Advokatlik osonmi?”, 
“Pinak”, “Ikki muhabbat”, “Portug‘oliya inqilobi” kabi dramalar 
yozdi, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor 
oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Jaholat”, “OMiklaf ’ kabi sahna asarlarini 
tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qiladi»1. Ammo bu asarlar 
nashr qilimnadi.
Abdulla Avloniy “Usuli jaded” maktablari uchun to‘rt qismdan 
iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” 
(1912), “Tiu-kiy guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi muallim” 
(1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darslik va o‘qish kitoblari 
yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo 
xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifhi ulugiab, o‘z 
xalqini ilmli, madaniyatli bo‘lishga chaqiradi.
XX 
asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbolar 
anchagina edi. Shular orasida Avloniyning “Birinchi muallim”i 
ham o‘ziga xos o‘ringa ega; “Birinchi muallim” 1917-yil

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin