‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Abdulla Avloniy. «Ikkinchi kitob», 14-bet



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

1 Abdulla Avloniy. «Ikkinchi kitob», 14-bet
2 0 ‘sha kitob. 15-bet.
421


sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va 
oxiratimiz iirnga bog‘ liqdur”1.
Adibning obrazli ifodasiga kcrra, ilm bamisoli bodomning 
ichidagi mag‘iz. Uni qo‘lga kiritish uchun mehnat qilish, ya’ni 
chaqib uni po‘chog‘idan ajratib olish kerak. U ilmning jamiyat 
taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, 
yoshlami ilm sirlarini bilishga, hodisaiar mohiyatini yechishga
kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat 
manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yoiida qo‘llanmasa, u 
o‘likdir. A.Avloniy o‘z ilmini amalda qo‘llay oladigan kishilarga 
yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi. Abdulla 
Avloniy o‘tmish mutafakkirlari kabi yoshlami foydali kasb - hunar 
egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilami, ulaming 
odamgarchi 1 ikka to‘g‘ri kelmaydigan ishlar bilan shug‘ul- 
lanayotganini ko‘rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlami 
boylikka ruju qo‘ymaslikka undaydi. Boylikni o‘tkinchi bulutga 
o‘xshatadi. Abdulla Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha 
yomon sifatlaming ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, 
mehnatni ulug‘laydi, mehnat kishining eng go‘zal fazilatidir, deydi.
“Turkiy guliston yohud axloq”ning birinchi sahifasidan to 
so‘nggi sahifasigacha Avloniyning insonparvarlik g'oyalari 
ifodalangan. U hammadan burun xalq manfaatini ko‘zlaydi, xalqqa 
bajonu dil xizmat qilishni o‘zining muqaddas burchi deb biladi. 
Uning nazarida kishilar g‘amini yemagan, xalqdan uzoq turgan 
ig£vogar, gMybatchi inson emas. Muallif chaqimchilik, g‘iybat, 
hasad, munofiqlik, yolg‘onchilik, ikkiyuzlamachilik haqida 
to‘xtalib, ulaming insonlar hayotiga zararini atroflicha ko‘rsatib 
beradi. G‘iybatchi va chaqimchi kishilami Avloniy buzoqboshiga 
o‘xshatadi. Buzoqboshi daraxt ildizini kemirib quritgani kabi 
chaqimchi va g‘iybatchilar ham kishilar o‘rtasidagi mehr-muhabbat 
daraxtini yemiradilar. Donishmandlardan biri aytganidek, “Mol va 
ashyo o‘g‘rilaridan ko‘ra odamlar orasida do"stlik, ulfat, 
muhabbatni o‘g‘irlaydurgan odamlardan saqlanmoq lozimdir”2.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin