‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


M.Ralimonov. 0 ‘zbek tealri tarixi (XVIII asrdan XX asr awaligacha), «Fan», Т., 1968-yil, 333-



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

1 M.Ralimonov. 0 ‘zbek tealri tarixi (XVIII asrdan XX asr awaligacha), «Fan», Т., 1968-yil, 333-
bet.
418


to‘ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda 
mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning 
“Ustozi aw al”iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan 
tajribalaridan samar ali foydalanadi). Avloniyning “Ikkinchi 
muallim” kitobi “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. 
Biz birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbo deb, ikkinchi kitobini 
xrestomatiya deb atasak joiz bo‘lar, desak xato bo‘lmas. Kitob 
maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi:
Maktab sizi inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g‘ami vayron qilur,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘Ion!
Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning 
gulshani, kishilami kamolot sari safarbar qiluvchi lcuch, deb 
maqtaydi. Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida 
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari XX asr boshlaridagi pedagogik 
fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. 
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy 
asardir. Asarda insonlami “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan 
qaytaruvchi» bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatlardan 
qaraganda bu asar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mosir 
Xisravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va “Bo'ston”, 
Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Ahmad 
Donishning “Farzandlarga vasiyat” asarlari shaklidagi o‘ziga xos 
tarbiyaviy asardir. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola 
tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi 
buzulib, taibiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar. bunday 
kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l 
uzatmak kabidur”, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy 
xislatlaming tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va 
bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. 0 ‘zbek 
pedagogikasi 
tarixida 
Abdulla 
Avloniy 
birinchi 
marta
419


pedagogikaga “Pedagogiya”, ya’ni “Bola tarbiyasining fanidir”. 
deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif Avloniyning pedagogika 
fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy bola 
tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘ri bo‘limga ajratadi:
1. “Tarbiyaning zamoni”.
2. “Badan tarbiyasi”.
3. “Fikr tarbiyasi”.
4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida 
fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” boiim ida tarbiyani yoshlikdan 
berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat 
va boshqa!aming kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. “Al-hosil 
tarbiya bizlar uchun yo havot yo mamot, yo najot-yo halokat, yo 
saodat yo falokat masalasidur” deb uqtiradi, Avloniy.
Tarbiya xususiy ish emas. milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir 
xalqning taraqqiy qilishi, davlatlaming qudratli bo‘lishi avlodlar 
tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb hisoblaydi adib. Tarbiya 
zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar 
davom etadi. U bir qancha bosqichdan - uy, bog'cha, maktab va 
jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning 
doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan 
chegaralab qo'ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi 
haqida g‘amxo‘rlik qilishi lozimligini uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm- 
ma’rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. 
“Badanning salomat va quwatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli 
narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq 
uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir”.
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘ lorn 
qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan 
tarbiyalashda o'qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor 
beradi.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan 
muntazam shug‘ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. 
Binobarin, u muallimlaming “diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga
420


yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikming quwati, ziynati, 
kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur”1.
Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini 
ham ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘isa ham, 
ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan 
jon ila tan kabidur”2 deydi. Abdulla Avloniyning fikricha, inson 
butun borliqning ko‘rki va sharafidir. Inson o‘z go‘zalligi va 
murakkabligi bilan Koinotdagi barcha mahluqotlardan afzaldir. 
Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning 
sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm 
egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi.:
“Aql, — deydi Avloniy, ~ insonlaming piri komili, murshidi 
yagonasidur, ruh ishlovchi, 
aql boshlovchidur. 
...jnsonni 
hayvonlardan so‘z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson aql va idroki 
soyasida o'ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer 
yuzidagi hayvoniami asir qilib, bo‘ynidan boylab, iplarining uchini 
qo‘llariga bergan insonlaming aqlidur”. Avloniy insonga va uning 
aqliga ana shunday yuksak baho beradi. “Ilm insonlarning madori, 
hayoti, rahbari najotidur. Agar aqlingni qo‘li nafsingni jilovini 
ushlasa. sani yomon yo'llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko‘p 
bo‘lsa, bahosi arzon bo Mur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida 
qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur”.
“Turkiy guliston yoxud axloq” kitobi ma’rifatparvarlik 
g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to‘g‘risida 
bunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm 
inson uchun g‘oyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga 
o‘z axvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, 
fikrimizni qilich kabi 
0
‘tkur qilmoq,... Ilmsiz inson mevasiz daraxt 
kabidur...”. Avloniy ilmni mnuman emas, balki uning amaliy va 
hayotiy foydalarini aytib, “Bizlami jaholat, qorong‘ulikdan 
qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chiqarur
yomon fe’llardan, buzug1 ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob 
sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz,

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin