ham 4 qismga bo‘linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning
rivojlanishi ham 4 davrga bo‘linadi; go‘daklik, bolalik, o‘smirlik,
yetuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo‘linadi;
maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim, oliy ta’lim.
Im um ta’lim g‘oyasi.
Komenskiy yashagan davrda hammani
o‘qishga
tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o‘qishi kerak,
degan g‘oya mavjud edi. Komenskiy esa o ‘qishga hammaning
tortilishini, hamma o‘z ona tilida umum boshlang‘ich ta’lim olishi
kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to‘g‘risida gapirganda ayollami
ham hisobga oladi. o‘sha davrda xotin-qizlar uchun o‘qish juda
katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasining
yana bir qimmatli
tomoni
Dostları ilə paylaş: