‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Tarbiyai fikriya
Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va 
o‘qish, o‘rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insonning komil 
aqli yaxshilik muhokamasidir. Muhokama nima? Muhokama ikki 
qismga bo‘linadi: birinchisi Kaziyyatxoi ma’lum (ma’lum bo‘lgan 
hukm, voqea va hodisalar), ikkinchisi Kaziyatxoi majhul 
(noma’lum voqea va hodisalar)dan xulosa chiqarilishidir.
Masalan, “Vatan xizmati vojibdir” (shartdir). Bu hukm no- 
ma’lxun (majhul)dir. Bu hukmga у ana boshqa ikki ma’lum hukm 
lozimdir, ya’ni “Vatan bizning valine ’ matimizdir” (sahovat- 
mandimiz, ne’matlar bilan ta’minlovchimizdir). “Har bir vali- 
ne’mat (oliy himmat inson)ning Vatan uchun xizmati vojibdir”, bas 
“Vatan xizmati vojibdir” degan hukm yuqoridagi ikki ma’lum 
kazi(y)yatlar bilan ochiladi.
Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi hukm 
noma’lum bo‘lib, qolgan ikki qismi awalgisini to‘ldiradi va 
kazi(y)yati ma’lum deb, ataladi. Demak, inson muhokama orqali 
kamolotga yetadi. Muhokamani aniq va ravshan bo‘lishi uchun uch 
narsa zarur bo‘lib hisoblanadi.
1. Isobot
2. Istiqomat.
3. Sur’a t
Isobot ma’lum kaziyyati hukmning to‘g‘riligiga, bexatoligiga 
aytiladi. 
Istiqomat ma’lum voqea-hodisalaming hukmning 
barqarorligi, sur’at esa to‘xtovsiz, tezlik bilan tartib berilishi 
demakdir.
426


Awalo, bolalami hisobot soliibi bo‘lishlarida, bir voqea va 
hodisa ustidan fikr yuritganlarida ularga to‘g‘ri, bexato ma’lumot- 
lar beraylik, chunki xato fikrlar ulami xatolarga, xatarli yo‘llarga 
olib borishi tabiiydir. Asossiz muhokama bolalar tarbiyasiga katta 
ziyon yetkazadi. Keyin bolalami istiqomat soliibi qilib fikr yuritish- 
lariga ahamiyat berishimiz kerak, ulami ma’lum kaziyyatlami 
noma’lum kaziyyatlardan to‘g‘ri, aniq ajrata oladigan holatda 
tarbiyalash lozim, ya’ni har bir masala sohasidagi ma’lumotlami 
g‘alati tushunmasliklari uchun bolalami muhokama qilishga 
odatlantirish kerak. Yomonning yomonligini, yaxshining yaxshili- 
gini muhokama orqali tushuntiring, doimo shunga diqqat qilingki, 
bolalar hech narsani ko‘r-ko‘rona taqlid sifatida qabul qilmasinlar. 
Madaniyatli akvomlar (qavmlar, xalqlar) o‘z maktablarida hisob, 
tarix, madaniyat, fizika, jo‘g‘rofiya. ashyoviy darsi va boshqa 
maxsus fanlami yuqoridagi ikki maqsad (Isobot va Istiqomat 
maqsadlari)ga jalb qilish uchun o'qitadilar.
Fitrat bu fikrlari bilan bolaga to‘liq aqliy ta’lim berish uchun 
mana shu yuqoridagi ijtimoiy, ilmiy, dunyoviy fanlami maktab 
dasturlariga kiritish kerak degan xulosaga keladi. Va jadidlar bilan 
ochgan yangi usul maktablarida iloji boricha shu fanlami ham 
bolalarga o'rgatadilar.
Fitrat maktablarda bolalarga nisbatan qo‘llaniladigan tan 
jazolarini butunlay qoralaydi, unga qarshi chiqadi. Bolani tayoq 
zarbi bilan yaxshi inson qilib tarbiyalab bo‘lmasligini tushuntirib 
beradi.
Fitrat o‘quvchi shaxsini hurmat qilish zarurligini, unga nisbatan 
insoniy munosabatda bo'lish, qilgan gunohlarini o‘ziga to‘g‘ri, 
yaxshi so‘z bilan tushuntirish kerakligini, shunda u ham o ‘qituv- 
chini hurmat qilishini uqtiradi. Fitrat yana bolaga beriladigan 
bilim
uning yoshi va bilish darajasiga mos bo‘lishi, bolaga qiyinlik 
qilmasligini, agar beriladigan bilim bolaga juda oson yo juda 
qiyinlik qilsa u bilim olishdan bezib qolishini uqtiradi.
Fitrat inson kamolotiga erishish uchun doimo intilishi, harakat 
qilishi lozimligi, doimo oldiga maqsadlar qo‘yishi va unga 
yetishish uchun kurashishi kerakligini, hech bir baxt yoki boylik 
ham inson intilmasa o‘z-o‘zidan kelmasligini uqtirib o‘tadi va bu

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin