‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


“pan sofiya g‘oyasini” (pan



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

“pan sofiya g‘oyasini” (pan
grek- 
cha — butun, hamma, 
sofiya
- donolik, aqllilik) 
hamma narsani
bilish, hamma uchun bilim berish” 
demakdir. Pan sofiyada u 
tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini beradi. Maktab - bu 
muassasa, u yerda “Hammani har narsaga o‘rgatmoq kerak” degan 
fikr ko‘p marta takrorlanishini ko‘ramiz.
Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg‘or kishilari 
tomonidan quwatlanib, parlament tomonidan chaqiriladi. Komen­
skiy 1641 yili Angliyaga keladi, lekin grajdanlar urushi boshlanib 
ketib, bu ish qolib ketadi. Komenskiy dunyoga tanilgandan so‘ng 
hamma mamlakatlarga uni taklif eta boshlaydilar. Shvetsiyada 
lotin
tili darsligini va til o‘qitish metodikasini 
tuzadi. Komenskiy chex 
qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648 yilda 
Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so‘ng u yana 
o‘qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada 
maktablami boshqaradi. 
“Vidimo‘y mir v kartinkax”. 
ya’ni 
“His-
lar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari”
degan asar yozib
o‘qish ishini 
rasmlar bilan olib borishni ilgari 
suradi. Bunda “Yoshlarning xulq qoidasi”, “Yaxshi tashkil topgan 
maktablaming qonuni” degan bir qancha pedagogikaga doir ishlari 
berilgan.
Komenskiyning dunyoqarashi. 
Komenskiyning dunyoqara- 
shi-da uch xususiyat ta’sirini ko‘ramiz.
1. 
Natur falsafasi. 16-17-asrlarda ingliz faylasufi - materialist 
Bekon sensualistik falsafa nazariyasini ilgari suradi. Komenskiy
430


o‘qitish jarayoniga shu pozitsiyadan qaraydi. Bilish sezishdan 
boshlanadi. Sezish bo‘lmagan yerda bilish ham yo‘q, deydi u.
2. Chex qardoshlari jamoasi diniy jamoa bo‘lganligi uchun 
Komenskiy ham dindor ruhoniydir. Lekin Komenskiyning 
ruhoniyligi turmushga amaliy qarash bilan bog‘liq edi.
3. Komenskiy dunyoqarashining ba’zi jihatlari Uyg‘onishdavri 
ta’sirida vujudga keladi. 
Odamlarga nisbatan muhabbat, 
hushchaqchaqlik, odamlaming yaxshilik yaratishiga ishonch bilan 
qarash, bulaming hammasi o‘rta asr odamiga nisbatan ishonchsizlik 
bilan qarashga qarama-qarshidir.
Komenskiy tashqi obyektiv dunyoning hukm surishiga 
ishonadi. Dunyo bir butun. Dunyoda hamma narsa bir-biri bilan 
bog‘liq. Ajralib qolgan narsa yo‘q. Dunyo qarama-qarshiliklardan 
iborat. Dunyo qotib qolgan emas. U o‘sishda, o‘sish esa o‘z 
qonuniyatiga ega. Qonuniyat borliqqa, ya’ni xudoga tegishli, deydi. 
Komenskiy о‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga 
uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. „Buyuk 
didaktika“da o‘qitish tabiiylikka bo‘ysunishi5 o‘qitish tabiat 
talabiga bo'ysunishi kerak, deydi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin