Fitrat zullisonayn yozuvchi sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiy an’analarini davom ettirib, o‘zbek va tojik tillarida birday
mukammal asarlar yarata oldi.
Fitratning “Rahbari najot” asari to‘la ravishda ta’lim-tarbiya
masaialariga bag‘ishlanadi. Ayniqsa,
asaming uchinchi bobi oila,
bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag'ishlangan bo‘Jib, bu
masalalar hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o‘z bolalarini yetuk kishilar qilib
tarbiyalashlari zarurligi, bunda ayniqsa, uch tarbiyaga:
1. Jismoniy tarbiya
salomatlik,
2. Aqliy tarbiya sog'lom fikrlilik,
3. Axloqiy tarbiya axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor
berish kerakligi ta’kidlanadi.
Asaming “Bola tarbiyasi” masalalari bobida quyidagilar
ko‘rsatib o'tiiadi.
Tnrbiya-i avlod.
“Oila vazifalaridan bin avlodni tarbiyalashdan
iboratdir. Yosh avlodni tarbiyalash hayotiy vazifalardan bo‘lib
hisoblanadi. Ma’lumki, dunyo
kurashnmg umumiy maydoniga
o‘xshaydi va bu maydonning pahlavonlari insonlardir. Har bir kishi
bai'kamollik yoshiga yetgach, u o‘z saodati ta’mini
uchun shu
maydonga kimiasdan iloji yo‘qdir. Bu kurashda g‘oUb chiqish
uchun uch xil o‘lchov quroli (salohi masseh)ga ega bo‘lish kerak.
1. Salomatlik;
2. Sog‘Iom fikr (nuqsonsiz fikr, ya’ni yuqori iste’dod);
3. Axloqi sano (oliy darajali axloq, ya’ni axloqi poklik).
Fitrat “Har bir kishi shu uch quroldan birisisiz maydonga kirsa,
albatta mag‘lub bo‘lishi tabiiydir, deb aytib, bu bilan uch tarbiyani
doimo qo'shib
olib borish kerakligini, agar bu tarbiyalaming
birontasi kam boisa, yetuk kishi
tarbiyalab boimasligini
ko‘rsatmoqchi bo‘ladi”. Yana aytadiki: “Agar har bir ota o‘z
farzandining badbaxt bo‘lishini xohlamasa, uni bu maydonning
g‘olibi qilib tayyorlashi kerak.
Farzandingizni jismoniy, aqliy,
ruhiy tomondan barkamollikka yetkazing va jamiyatning qobil
a’zosiga aylanishi uchun g‘amxo‘rlik qiling”. U bola tarbiyasi faqat
oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat
ham shug‘ullanishi
kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana
424
Shu yoshlar qo‘lida bo‘lishini ta’kidiab crtadi. “Bolalami barkamol
qilib yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar
bo‘lmasdan, butun qavm a’zolari javobgar dirlar, chunki yoshlar har
tomonlama yetuk inson bo‘lib tarbiyalansa,
qavmning kelgusi
taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo ‘ ladi”.
Dostları ilə paylaş: