‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 A. Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. 17-bet



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

1 A. Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. 17-bet.
2 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. 50-bet.
422


Avloniy g‘iybatchilik va iming oqibatini shunday tahlil etadi: 
“Inson boshqa gunohlarini nafsning lazzati uchun qiladur. Ammo 
g‘iybat sohibi lazzat o‘miga o‘z boshiga yo bir boshqa kishining 
boshiga bir balo hozirlaydur. Chunki, so‘z borib g'iybat qilinmish 
kishining qulog‘iga yetar. G‘azab qoni harakatga kirar. G‘iybat- 
chidan o‘ch olmoq fursatini poylar. Shunday qilub, g‘iybat soyasida 
ikki musulmon orasiga zo‘r dushmanlik tushar. Oxiri olumgacha 
borur. Shul tariqa g‘iybatdan tug‘ulgan adovat cho‘zulmoqg‘a oid 
bo‘lib, dushmanlik zo‘rayub, o‘z oralaridagi xususiy janjallar ila 
aziz umrlarini uzdirub, umumiy xalq foydasi uchun ishlanadurgan 
milliy ishlardan mahrum bolmaklari ila barobar aholining orasidan 
ittifoqning yo‘qoluviga sabab bo‘lurlar”!. G‘iybatni so‘ylamoq 
harom o‘lgani kabi eshitmoq ham haromdir.
Rasuli akram nabiyi muhtaram sallalohu alayhi vasallam 
afandimiz:
“G‘iybatdan saqlaningiz, g‘iybat zindondan ham yomon- 
roqdur”, - demishlar. Abdulla Avloniy 1934-yilning 25-avgustida 
Toshkentda vafot etdi.
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari 
o‘zbek xalqining ruhiyati. turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan 
chambarchas bog‘langan. Uning boy pedagogik merosi milliy 
maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho mariba 
bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda Avloniyning siymosi, faoliyati 
biz uchun qadrlidir.
6.Abdurauf Fitrat (1886-1938)
Ma ’ naviy atimizning ilk namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat 
garchand qatag‘on qurboni bo‘lib, jismonan oramizda bo'lmasa 
ham u hamisha tirik. Qismati og‘ir bo‘lgan ulug‘ siymolar qatori 
Fitrat butun kuch-qudratini xalqqa bag‘ishladi. Abdurauf 
Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yili Buxoro shahrida tug‘iladi. 
“Fitraf’ Abduraufiiing adabiy taxallusi bo‘lib, bu so‘z “tug‘ma 
tabiat”, “tug‘ma iste’dod” degan ma’noni anglatadi. Abdurauf

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin