‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919)



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

4. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919)
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri, jahonga 
mashhur bo‘lgan o‘zbekning yagona jo ‘g‘rofiyashunosi, atoqli 
jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug‘ pedagog va axloqshunos, 
yuksak didli jumalist, Mahmudxo‘ja Behbudiy 1874 yil 10 martda 
Samarqandning Baxshitepa qishiog‘ida ruhoniy oilasida tavallud 
topdi.
Mahmudxo‘ja 6-7 yoshlarida o‘qib xat-savod chiqargach, otasi 
uni qori qilish maqsadida Qur’onni yodlata boshladi. Mahmudxo‘ja 
Qur’onni yod olgach, qorilik bilan qanoatlanmay 15 yoshlaridan 
tog‘asi mufti muila Odil huzurida dars olishga kirishdi. Bu yerda u 
“Qofiya”, “Shahri mullo”, mantiqdan “Shamsiya”, “Muxtasar al 
vakoya”, “Hoshiya” va hisob ilmini ham o‘rganadi. Mahmudxo‘ja
412


o‘quvchilar orasida ibratlisi hisoblangan, o‘tkir zehnli va o‘qishga 
havasi balandlardan edi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy otasi vafot etgamdan so‘ng o ‘qishni 
tark etib, kasbkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Samarqand muzofati 
“Chashmi ob”da endigina qozi bo‘Igan tog‘asi Muhammad Siddiq 
huzurida mirzolik xizmatida ishladi. Bu yerda ikki yil xizmat cho- 
g‘ida, qozixona ishlari bilan keng tanishdi. Ish yuritish, huquqqa 
xos hamda muftilikka tegishli barcha yumushlardan xabardor 
bo‘ldi. U ikki yildan so‘ng “Qobul” bo‘lisiga o‘tib mirzolik qiladi 
va tez orada muftillikka ko‘tariladi. 1916 yilgacha shu yerda 
ishlaydi. Behbudiy Makkaga borish uchun jiddiy tayyorgarlik 
ko‘radi, arab tilini o‘rganadi, islom nazariyalari bilan tanishadi. 
Hajni yetuklik imtihoni deb biladi va nihoyat 27 yoshida Makkada 
boiib, Hoji va mufti unvonlari bilan qaytadi.
Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida, maktab-maorifida 
chinakam to‘ntarish yasagan, turkiy qavmlaming chinakam iftixori 
bo‘lgan Ismoilbek G‘aspirali tomonidan ishlab chiqilgan “usuli 
jadid”ida nomi tarixda katta o‘rin tutgani singari, Behbudiyning 
nomi ham Turkiston maktab-maorifida keng o‘rin egallaydi. U 
birinchi bo‘lib o‘lkada bu yangicha usuldagi maktablami tashkil 
etishni targ‘ibotchilaridan hamda amaliyotchilaridan hisoblanadi. 
Bu sohada Behbudiy Ismoilbek G‘aspiralidan ko‘p yangi tomon- 
larni o‘rgandi. “Tarjimon” gazetasi Behbudiy uchun vaziyatni 
anglashda zaruriy vosita bo‘ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida: 
“Bir bechora faqimi ko‘rsak, achinamiz. oiayotgan bechorani 
ko‘rsak, yuragimiz iztirobdan orinadi. Hatto biror hayvonning 
qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilar- 
ning, butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini 
ko'rmaymiz...”, deb 
yozilgan satrlar bor. Keyin “Taijimon” 
sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg‘or va yangi fikrlami 
berish keng o‘rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G'aspiralining birinchi 
tomonidan millatlar qarindoshligini himoya etsa, ikkinchi 
tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Shuning uchun ham Behbudiy o‘ziga Gaspiralining tutgan yo‘lini 
tanlaydi va undan maslahatlar oladi hamda maslakdosh bo‘ldilar.
413


Behbudiy “usuli jadid” maktabining zarurligi, uning qonun- 
qoidalari, maktabda o‘tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, 
maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar 
kerakligi, muallimlarning vazifalari, ulaming ta’minot masaialari 
va boshqa ko‘p jihatlarini Gaspiralidan va uning asarlari hamda 
maqolalaridan o‘rgandi. Shular asosida Turkistonda “usuli jadid” 
maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat 
tashkil etish, u shu maktablami kitoblar bilan ta’minlashda ham 
jonbozlik ko‘rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul 
kutubxona, qiroatxona, o‘z hovlisida maktab ochdi. Mashhur 
pedagog Abdulqodir Shukuriyning yangi usuldagi maktabini 
o‘z
hovlisiga ko‘chirib keldi.
1918 yilda Samarqandda “Musuimon ishchi va dehqon 
sho‘rosi” tuzilganda Behbudiy maorif komissari etib tayinlanadi. 
Shunda u yangi maktablar tarmog‘ini yanada kengaytiradi. 0 ‘quv 
rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o‘qituvchilar tayyorlay- 
digan kurslar ochish kabi ishlarni rivojlantirib yuboradi. Mah- 
mudxo‘ja Behbudiy “usuli jadid” maktablari uchun bir qancha 
darsliklar yozadi. “Muxtarasi tarixi islom” (“Islomning qisqacha 
tarixi”), “Madxali jo ‘g‘rofiya umroniy” (“Aholi jo ‘g‘rofiyasiga 
kirish”), “Muxtarasi jo ‘g‘rofi rusiy”(“Rossiyaning qisqacha jo ‘g‘- 
rofiyasi”), “Amaliyotchi islom” va hokazo kitoblari darslik sifatida 
o‘qitilgandi.
“Usuli jadid” maktablarida hamma o‘qish huquqiga ega 
bo‘lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi 
maktablami biron ayb topib darhol bekittirib qo‘yar edi. Chunki, 
podsho hukumati “begona xalq”ning qisman bo‘Isa ham ilm- 
ma’rifatli bo‘lishini, dunyoviy bilimlami o'rganishini istamasdi. 
Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki 
mahalliy ruhoniylar, eski maktabning domlalari ham yoqtirmas 
edilar. Ular yangi usul maktablari “islom diniga rahna soladi”, “bu 
maktablaming muallimlari “kofir”, deb tashviqot yuritar edilar. 
Bunday qarash va to‘siqlarga qaramasdan Behbudiy va uning 
maslakdoshiari “usuli jadid” maktablarida Turkiston farzandlarini 
o‘qitish ishlarini jadal suratda oiib borardilar. Maxmudxo‘ja 
Behbudiyning “usuli jadid” maktabidagi o‘qitish ishlari quyidagi
414


tartibda olib borilar edi: “Maktab ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 
birinchi bosqich - ibtidoiy qism, deb nomlangan. Buning tahsil 
muddati to‘rt yil. Birinchi yilida: forscha va arabcba yozuv hamda 
o ‘qishni o‘rganilgan. Suralar yod olingan. Hisob darsi o‘rgatilgan. 
Umuman bir yil davomida yozma o‘qimoqni to‘liq o‘rganganlar. 
Ikkinchi yilida: xaffiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va 
arab tilida she’rlar, qasidalar o ‘qitilgan. Uch

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin