‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


pedagogik fikr taraqqiyoti



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

pedagogik fikr taraqqiyoti
XIX asrning o'rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’- 
lumot beradigan maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan 
madrasalar mavjud edi. Maktablaming aksariyati, shu jumladan, 
qishloq maktablarining ko‘pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy 
boshlang‘ich maktablar edi. Bu maktabda machitlaming imomlari,
407


savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o‘qitish 
eng oddiy diniy vazifalami o'rgatish bilan, ya’ni arab tilida 
yozilgan Qur’onni o'qishni o‘rgatish, har bir musulmon uchun 
zarur bo‘lgan asosiy vazifalami bildirish bilan cheklanardi.
Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari, iimumiy ta’lim 
elementlari - yozish va hisoblash yo‘llari o‘rgatilardi.
Shahar maktablarida o4quvchilar soni 20-30 taga qishloq joyla- 
rida esa 10-15 taga yetar edi. o‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib, 
o‘zIashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda 
aw al “Haftiyak”, keyin “Qur’on” yod olinar, so‘ng “Chor kitob”ga 
o‘tilardi.
“Chor kitob” 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘lim - haq-xudo- 
ning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon 
etiladi, ikkinchisida bidon-e’tiqodni anglash, uchinchi bo‘limda 
kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. Shuningdek, xalq orasida 
mashhur shoirlarning she’r va g‘azallari o‘qitilar edi. Odatda, 
bunday maktablaming o'quvchilari badavlat oilalarning bolalari 
bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq 
ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo‘llar edilar, ba’zilari 
qo‘shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug‘ullanar, ba’zilari 
madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab 
bo‘lgan madrasada o‘rta asrga oid diniy falsafa va musulmon 
huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars 
o‘tilardi. Uning o‘quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o‘zgarib 
turgan. Masalan: XV asming 30-40 yillarida Samarqand va Hirot 
madrasalaxida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, 
musiqa kabi fanlar ham o‘qitilgan.
Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda mu­
sulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob - arab tili va qonun- 
chilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.
Ikkinchi bo‘limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mush- 
kulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom 
o‘qitilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.
Uchinchi bo'limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qo­
nunchilik kursida geografiya va arifmetikadan ba’zi ma’lumotlar
408


berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shu- 
g‘ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lar edi. Mak- 
tab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Shaharlar- 
dagi diniy maktablarda ba’zi domlalarning xotinlari - otinoyilar 
qizlami ham o‘qitish bilan shug‘ullanar edilar. Maktab va 
madrasalarda dars o ‘zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.
Musuimon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo‘lingan edi.
Quyi maktab - bu maktablarda o‘g‘il bolalarga savod 
o‘rgatishgan (4 yil).
Xalilxona maktabi - (namoz) yod oldirib o‘rgati!gan.
Qorixona - Qur’on yod olingan.
Madrasa.
Maktab intemat - o‘rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham 
dunyoviy fanlar o‘qitilib, o‘rta ma’lumot berilgan.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin 
maktab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musuimon 
maktablari uchun bosmaxonaga chop qilingan darsliklar paydo 
bo‘ldi. Qozondan bosmaxonada nashr qilingan qur’on va 
haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop 
qilingan to£pIamlari keitirildi, Toshkentning o‘zida ham maktablar 
uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin