‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

10 ‘sha asar, 203-bet.
2 0 ‘sha asar, 204-205-betIar.
404


undaydi. Xususan, u “Mahbub ui-qulub” asarida ilm o‘qib uni 
ishlatmagan kishi urug‘ sochib hosilidan bahra olmagan kishiga 
qiyoslanishini aytib o‘tadi.
Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari 
qatorida muhim o‘rin tutuvchi omil o‘z-o‘zini tarbiyalash masala- 
sining mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmu- 
niga ko‘ra, bolaning o‘zi yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini o‘zi 
anglab olishi hamda ulami bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish 
zarur.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar mazmunidan anglanadiki, allo- 
ma o‘z davrida ilm olish tamoyillarini to‘g‘ri ko‘rsatib, shuningdek, 
ta’lim tizimi mohiyatini ham yoritib bera olgan. Alisher Navoiy 
tomonidan asoslangan ta’lim tizimi o‘zida quyidagilarni aks 
ettiradi:
a) maktab yoki madrasada tahsil olish;
b) olim, hunarmand yoki san’atkorlarga shogird tushish asosida 
ta’lim olish;
d) mustaqil ravishda ilm o‘rganish.
Yoshlarga chuqur bilim hamda axloqiy tarbiya berishda mual- 
limlaming roli beqiyosdir. Muallimlik faoliyatini olib borish o‘ta 
mas’uliyatli va sharafli, ayni vaqtda murakkab ish sanaladi. Ushbu 
faoliyatni samarali yo‘lga qo£yish mudarris hamda ustoz-murab- 
biylaming muayyan talablarga to‘laqonli javob bera olishlariga 
bog‘liq. Eng muhim talab - ulaming chuqur bilim va yuksak 
ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlaridir. o‘qituvchining 
samarali o‘qish (ta’lim berish) yo‘llari va ulaming mohiyatidan 
xabardor boiishi ham nihoyatda muhim.
Mutafakkir o‘qituvchining hurmatini qay darajada yuqori 
baholasa, uning shaxsi va faoliyatiga nisbatan talabni shu darajada 
oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli, fozil, dono, 
kamtar va ma’naviy jihatdan pok boiishlarini talab etadi. Bu 
boradagi qarashlarini quyidagicha ifoda etadi: “Mudarris (dars be- 
ruvchi) kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga 
urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko'rgizmasa va 
olg'irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgizmasa, nodonlikdan 
sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa
405


ayvoni boshi unga o‘rin bo‘Imasa. Yaramasliklardan qo‘rqsa va 
nodonlikdan qochsa, nainki: o‘zini olim bilib, necha nodonga turli 
xil fisq ishlami mumkin, balki halol qilsa: ishlami qilmoq undan 
sodir bo‘lsa va qilar ishlami qilmaslik unga qoida va odat bo‘Iib 
qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatai tarqatuvchidir”.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin