‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Alisher N avoiy. Maqbub-ul-qulub. Asailar. 15 tomlik. 13-tom. - Toshkent, Badiiy adabiyot



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

1 Alisher N avoiy. Maqbub-ul-qulub. Asailar. 15 tomlik. 13-tom. - Toshkent, Badiiy adabiyot
nashriyoti, 1 9 6 6 ,192-193-betlar.
402


о‘tar ekan, bu borada “Mahbub ul-qulub” asari yordamidan 
foydalanish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Mazkur holat 
Alisher Navoiyning shaxsiy hayotiy tajribalari asosida yoshlami 
komil inson bo‘lib voyaga yetishishga undashishidan dalolat 
beradi, Mutafakkir yoshlaming asar mazmunida o‘z ifodasini top­
gan hayot saboqlaridan o‘zlari uchun tegishli xulosalami chiqarib 
olishlariga umid bildiradi. Alisher Navoiy ilm-fanning inson 
kamolotidagi o‘mi, bilimlami o‘rganish asosida hosil bo‘lgan aql 
va idrokning inson hayotidagi ahamiyati hamda aqliy tarbiya va 
uning mohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma 
insonga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so‘z yuri- 
tadi hamda mazkur sifatlaming har biriga to‘laqonli ta’rif berib 
o‘tadi. Qanoat, sabr, tavoze (adab), o‘zgalarga nisbatan mehr- 
muhabbatli bo‘lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, karam, 
muruwat, yumshoq ko‘ngillik (hilm) kabi xislatlami ijobiy 
fazilatlar sirasiga kiritadi va ulaming har biriga ta’rif berganidan 
so‘ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar 
bilan to‘ldiradi. Asarda, shuningdek, axloqiy fazilatlaming anto- 
nimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo‘llari ham 
bayon etilgan.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisob- 
laydi. Odobli, axloqli bo‘lish insonga atrofdagi kishilar o‘rtasida 
muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo‘lishga yordam beradi. 
Odobga ega bo‘lishning inson hayotidagi rolini ko‘rsatib berar 
ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlami ifoda etadi: “Adab kichik 
yoshdagilami ulug‘ lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan 
umrbod bahramand bo‘ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulugiar 
ko‘ngliga soladi va u muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi.
Yoshlami ko‘zga ulug‘ ko‘rsatadi. Ulaming yurish-turishini 
xalq ulug‘vor biladi. o‘ziga qarshi xalq tomonidan bo‘ladigan 
hurmatsizlik eshigini bog‘laydi va kishini hazil-mazaxdan va 
kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo‘liga soladi va 
odam mijoziga odamgarchilik manzilida orom beradi. Kichiklarga 
undan muncha natija hosil bo‘lgach, kattalarga allaqachon 
bo‘lishini ko‘rarsan. Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy 
bordi-keldisidan ozod bo‘ladi qanoat qo‘rg‘ondir, u yerga kirsang
403


nafs yomonligidan qutularsan, tog‘Iiklardir - u yerga chiqsang 
dushmanva do'stga qaramlikdan xalos bo‘larsan; tubanlashishdir -
natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir — foydasi ehtiyotkorlik urug‘ining 
mevasi farovonlik”1.
Alisher Navoiy qanoatni to‘ldiravchi insoniy fazilatlar sabr
saxiylik, karam, muruwat, himmat ekanligini ta’kidlab o ‘tadi. 
Mazkur xislatlaming bir-biriga yaqinligi hamda ulami insoiming 
obro‘-e’tiborini yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qiluvchi 
xislatlar sanalishini aytib o‘tadi. Ayni o‘rinda sabr deb ataluvchi 
xislatga shunday ta’rif beradi: “Sabr achchiqdir - ammo foyda 
beruvchi, qattiqdir - ammo zarami daf etuvchi. Sabr shodliklar 
kalitidir va bandlar ochqichidir.
U o‘rtoqdir - suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib 
boruvchi; u ulfatdir - umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi.
Ulovdir - yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir -
qadami og‘ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so‘zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin 
zaminida maqsad hosil bo‘ladi. Badxo‘r dori beruvchi tabibday 
kasal undan qiynaladi, ammo so£ngida sog'liq yuz beradi”2.
Alisher Navoiy bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini 
chuqur o‘rganish maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydi. Shu bois 
alloma turli fanlar yo‘nalishlarida yetuk bilimlarga ega va xalq 
o‘rtasida alohida hurmat-e’tiborga ega bo‘lgan olimu fozillami 
yig'ib, ulaming yordami bilan ilm-fanning rivojini ta’minlashga 
e’tibomi qaratadi. Ana shu maqsad yo'lida Samarqandda o‘zining 
shaxsiy mablag‘i evaziga “Ixlosiya” madrasasini barpo etadi hamda 
uning yonida maktab ochadi. Madrasa va maktab faoliyatini 
shaxsiy mablag‘i hisobiga yoiga qo‘yadi. Madrasada o‘ziga xos 
tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan. Talabalardan mavjud 
tartib-qoidaga qat’iy rioya qilish talab etilgan. Shuningdek, talaba- 
ning ilm-fan sirlarini mustaqil ravishda yoki yetuk ilm sohibla- 
rining ta’limi asosida o‘zlashtirishlariga ijozat berilgan.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida ilm-fan asoslarini puxta o‘zlash- 
tirgan kishilarni ulardan amaliy faoliyatda samarali foydalanishga

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin