‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Алишер Навоий. Назм-ул жавохир. Арбаъин. Насойим-ул мухаббат. Асарлар. Ун беш



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

1 Алишер Навоий. Назм-ул жавохир. Арбаъин. Насойим-ул мухаббат. Асарлар. Ун беш
томлик. 15-том. - Тошкенг, Бадиий адабиёт нашриети, 1968,45-бет.
401


“Mahbub-ul-qulub” (“Ko‘ngillarning sevgani”) asarini yaratadi. 
Ushbu asai-da “Xamsa” dostonining tarkibiy tuzilmasidan o‘rm ol­
gan “Hayrat-ul-abror”, shuningdek, “Nazm-ul-javohir” kabi ta’li- 
miy-axloqiy asarlarida ilgari surilgan axloqiy qarashlami mazmun 
jihatidan yanada boyitadi.
Mutafakkir “Mahbub-ul-qulub” asarini yozishdan ko‘zlagan 
asosiy maqsadini asar muqaddimasida quyidagi tarzda ochib 
bergan: “Har ko‘cha-ko‘yda yuguribman va olam ahlidin har xil 
kishilarga o‘zimni yetkazibman. Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini 
bilibman, yomon-yaxshi xislatlarini tajriba qilibman.
Yaxshilik va yomonlikning aslini ham, zahrini ham tortib 
ko‘rdim. Xasislar va karamlar yetkazgan yara va bergan malhamni 
ko‘nglim tag-tugi bilan sezgandirman. Zamon ahlidan ba’zi ham- 
suhbatlar va davr kishilaridan ayrim do‘stlar bu hollardan xabarsiz 
vako‘ngillari bu yaxshilik va yomonliklardan asarsizdir. Bu xildagi 
hamsuhbat va do‘stlami xabardor qilmoq va bu hollardan 
ogohlantirmoq lozim ko'rinadiki, har toifaning xislatlaridan ma’- 
lumotlari va har tabaqaning ahvolidin bilimlari bo‘lsin, keyin mu- 
nosib kishilar xizmatiga yugursinlar va nomunosib odamlar suh- 
batidan tortinishni zarur bilsinlar va barcha odamlar bilan maxfiy 
sirlardan so‘z ochmasinlar. Shayton sifatlar hiyla va aldovlariga 
o‘yinchoq bo‘lib qolmasinlar. Kimki har xil kishilar bilan suhbatla- 
shish va yaqinlashishni havas qilsa, bu borada kaminaning tajribasi 
yoshlar uchun yetarlidir” 1.
Asar uch qismdan iborat. Alisher Navoiyning o‘zi ta’kidlaga- 
nidek, asarning birinchi qismida turli toifaga mansub odamlaming 
fe’l-atvorlari; ikkinchi qismida yaxshi xislatlar va yomon fe’llar, 
ulaming o‘ziga xos jihatlari; uchinchi qismida esa yaxshi fe’l va 
xislatlar, insonda ulami shakllantirishga oid qarashlar bayon etiladi.
Alloma mazkur asarda kishilami munosib va nomunosib 
kishilar tarzida ikki toifaga ajratadi. Har bir insonning hayotda 
uchraydigan nomunosib kishilami yaxshi xulqli insonlardan ajrata 
olish layoqatiga ega bo‘lishi muhim ekanligi, yomon xislatlarga ega 
kishilar bilan munosabatda boiishdan saqlanish lozimligini uqtirib

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin