‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


“Hislar vositasi bilan idrok



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

“Hislar vositasi bilan idrok
qilinadigan narsalarning suratlari” 
kabi darsliklarida bayon 
etadi.
“Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” darsligini o‘zining 
didaktik tamoyillariga amal qilgan holda tuzdi. Darslik turli 
sohalarda bolalar tushuna oladigan bilimlar bilan tanishtiradi. 
“Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlarf’ni 
boshlang‘ich bilimlaming bolalar uchun yozilgan ensiklopediyasi 
deyish mumkin. 150 ta suratlar bilan berilgan qisqa maqolada tabiat 
haqida (olam, geografiyaga doir, o‘simliklar, hayvonlar, inson 
tanasi haqida), odamning faoliyati haqida (kasb-hunar, qishloq 
xo‘jaligi, madaniyat), ijtimoiy hayot haqida (davlat boshqarmalari, 
sud haqida) ma’lumotlar beradi. Bu kitob ko‘p tillarga tarjima 
qilindi, boshlang‘ich ta’lim uchun 150 yildan ko‘proq yaxshi 
darslik sifatida xizmat qiladi.
0 ‘qituvchining o‘rni va unga qo‘yi!adigan talablar.
Komenskiy o‘z davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilami 
qattiq tanqid etdi. o‘qituvchilikni “ 
Yer yuzidagi har qanday
kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” 
deb 
hisobladi. Bu o‘qituvchiga nisbatan yangi ilg‘or qarash edi, chunki
434


o‘sha davrda o‘qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. 
Komenskiy aholining o‘qituvchiga hurmat bilan qarashini talab 
etishi bilan o‘qituvchining o‘zi jamiyatda muhim vazifani 
bajarayotganini tushunib olishi va o‘z qadr-qimmatini yaxshi bilib 
olishi lozimligini uqtiradi. o‘qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, 
axloqli bo‘lishi, o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga otalardek 
muomala qilishi, ularda bilimga havas tug‘dirishi lozim. “o‘zi” 
namunako‘rsatib, o‘quvchilarni o'ziga ergashtirishi o‘qituvchining 
birinchi vazifasidir” - degan edi.
Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik boiib, jahon 
madaniyatiga qo‘shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozir- 
gacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
2. Adolf Disterveg (1790-1866)
Atoqli nemis pedagogi Fridrix Vilgelm Adol’f Disterveg 
Vestfaliyadagi sanoat shaharchasi Zigenda chinovnik-yurist oila- 
sida tug‘ildi. Distervegning o‘zi o‘rta maktabda o‘qigan 
chog‘idayoq dogmatik ta’limdan umrbod nafratlanadigan bo‘lib 
qolganligini aytadi. U 1808-yilda Gerbom universitetiga kirib 
o‘qidi, matematika, falsafa va tarixni o'rgandi, so‘ngra Tyubingen 
universitetiga o‘tdi va uni 1811-yilda tamomladi, keyinroq borib 
esa falsafa fanlari doktori unvonini oldi.
U xalqqa ma’rifat berish ishiga o‘zini bag‘ishlashga qaror qildi 
va dastlab Mers-Reynda, so‘ngra esa Berlinda o‘qituvchilik 
seminariyalariga uzoq vaqt boshchilik qildi, ulami namunali 
seminariyalarga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Disterveg semina- 
riyada pedagogika, matematika va nemis tilidan dars berdi, ayni 
vaqtda shu seminariyalar huzuridagi boshlang‘ich tajriba maktab­
larida ham o‘qituvchilik qildi. Disterveg pedagoglik sohasida 
samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy va metodik ishlarini 
ham zo‘r muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U “Nemis 
o‘qituvchilarini o‘qitish uchun qo‘llanma” degan kitobni nashr 
qildirdi (1835), bu kitobda Disterveg ta5limning umumiy 
vazifalarini va printsiplari to‘g‘risidagi o‘zining progressiv 
qarashlarini bayon qilib berdi, shuningdek, u matematika, nemis
435


tili, geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir 
yigirmadan ortiq darslik va qo‘llanmalar nashr qildi; bu darsliklar 
va qo‘Uanmalar Germaniyada va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda 
katta shuhrat qozondi.
Disterveg hayot chog‘idayoq asarlari Rossiyada mashhur bo ‘ 1- 
gan edi. Chunonchi, 1862-yilda uning “Elementar geometriya”si 
rus tilida nashr etildi; Rossiyaning ilg‘or pedagoglari bu kitobni 
boshlang‘ich maktablarda geometriya o‘qitish uchun eng yaxshi 
qo‘llanma deb hisobladilar.
Disterveg 1827-yildan to umrining oxirigacha “Tarbiya va 
ta’lim uchun Reyn varaqalari” degan jumal chiqarib turdi. U bu 
jumalda pedagogikaning turli masalalariga doir to‘rt yuzdan ortiq 
maqolasini bostirdi. Disterveg boshlang‘ich maktablaming o‘qituv- 
chilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. U 
nemis xalq o‘qituvchilarini birlashtirish uchun juda ko‘p ish qildi.
Disterveg hayot chog‘idayoq “nemis muallimlarining mualli- 
mi” degan faxrli unvonga sazovor bo‘ldi. Disterveg umrining oxirgi 
kunlariga qadar progressiv ijtimoiy pedagogika ishlari bilan 
shug‘ullandi. Disterveg vabo bilan og‘rib, 1866-yilda vafot etdi. 
Disterveg Germaniyada toifaviy maktab tarafdorlari bilan hamma 
uchun barobar bo‘lgan umumiy maktab tarafdorlari o‘rtasida avj 
olib ketgan kurashda aktiv qatnashdi. Toifaviy maktab tarafdorlari 
nemis xalq maorifi tizimida aholining har bir toifasi uchun alohida 
maktab bo‘lishini (aholining eng kambag‘al toifasi uchun - xalq 
maktabi, byurgerlar uchun - real o‘rta maktabi, dvoryanlar va 
chinovniklar uchun - klassik gimnaziya bo‘lishi) lozim deb 
hisoblar edilar. Hamma uchun barobar bo‘lgan maktab tarafdorlari 
va shular qatorida Disteiveg ham bolalar uchun ochiq bo‘lgan 
maktab vujudga keltirishni talab qildilar.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin