‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


o‘quvchilar bilim olish tushimchasiga ega



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

o‘quvchilar bilim olish tushimchasiga ega. 
Oynani 
qanchalik chang bosgan bo‘lsa ham, baribir kishi o‘z aksini ko‘rishi 
mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko£rsatadi. 
o‘qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya’ni 
bilimni bola ongiga yetkazish, yani aqliy tomondan o‘stirishdir, 
degan edi.
Komenskiy o‘z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko‘rsatadi. 
Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan 
iboratdir. В uni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiya.
Bu maqsad bolaning tug‘ilganidan to 24 yoshigacha amalga 
oshadi, bu davr ichida bola to‘rt maktabni o‘qib tugatishi, har birida 
6 yil o‘qishi kerak, deb hisoblaydi.
Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo‘lishi. 
Bunda u 
tabiiylik prmsipiga amal qilib, bola yoshini 4 davrga bo£ladi.
1. 
Tug‘ilganidan 6 yoshgacha 
ona maktabi. Bu davrda 
bolaning sezish organlarini o‘stirishga, bolaning qabul qilishini, 
atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani 
mehnatga о ‘ r gati sh, o‘z-o‘ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona 
boladagi axloqiy tarbiyaning asoslarini, to‘g‘rilik, haqqoniylik, 
mehnatni sevish va boshqalami vujudga keltiradi. Ona maktabi 
bog‘cha yoshidagi bola tarbiyasini ko‘zda tutadi.
432


2. 6-12 yoshgacha xalq maktabi yoki ona till maktabi. Bunda 
o‘quvchi esda saqlashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozish, boshlang‘ich 
maktab ko‘rrikmasini hosil qilishi kerak bolib, buning uchun 
geometriya, geografiya, tabiat fanlarini o ‘rganishi lozim.
3. 12-18 yoshgacha - gimnaziya. Bu o‘quv yurtining vazifasi 
bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o‘stirishdan iborat bo‘lib, 
unda klassik tillar, tabiat bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o‘qitilishi 
kerak.
4. 18-24 yoshgacha - Universitet. Akademiya. Bu o‘quv 
yurtlari o‘quvchining irodasini, shaxsini bir butun o‘stirishi kerak.
Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o‘qitish, ya’ni 
didaktika katta o‘rinni egallaydi. Bunda utabiiylik usulini asos qilib 
oladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda bolaning 
yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari hisobga olinib, darsni 
tabiat borlig‘iga moslab olib borish kerak, degan g'oya ilgari 
suriladi.
Masalan: Qush o'ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq 
bo‘lishi kerak. Maktab ham xuddi shunday bo‘lishi kerak.
Komenskiy о‘zining “Buyuk didaktika” asarida maktabda 
o‘qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga 
amal qilishni tavsiya etadi.
1. Ko‘rsatmalilik tamoyili;
2. Onglilik tamoyili;
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;
4. Mashq qilish, bilim va malakalami puxta egallash 
tamoyillari.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin