Buning uchun o‘qituvchidan pedagogik mahorat
talab qilina-
di. Pedagogik mahoratni shakllantirishning birinchi sharti, faoli-
yatdir. Faoliyatga intilish har bir kishida juda barvaqt paydo
bo‘ladi va hayot davomida takomillashib boradi, insonga qoniqish,
mamnuniyat bag‘ishlab, kasbning
haqiqiy egasi va maftunkori
bo‘lishga zamin yaratadi. 0 ‘qituvchinmg bunday faoliyatiga
quyidagilar kiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh
avlodga ta’lim berish va tarbiyalash g‘oyat murakkab va ko‘p
qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega
bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin.
Shuning
uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sogiom avlod uchun chinakam
murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va
chuqur tushunadigan, o ‘zining ilmiy,
ijtimoiy-siyosiy saviyasini,
pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi,
mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan,
haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladilar.
Pedagogik mahorat tug‘ma talant yoki nasldan ~
naslga
o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy
mehnat yotadi. Shunga asosan
pedagogik mahorat hamma
o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir
o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil
topadi va rivojlanadi. Bu jarayonda ilg‘or o‘qituvchining pedagogik
mahorati va tajribalarini boshqa o'qituvchi o'rganishi, undan ijodiy
foydalanishi va o‘z faoliyatini ilg‘or tajribalar bilan boyitishi zarur.
Dostları ilə paylaş: