bo‘ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlantirish esa layoqat, zehn,
iste’dod ya’ni inson asab tizimida anatomik — fiziologik
xususiyat
bo‘lishi ham zarur. 0 ‘qituvchining ba’zi psixik protsesslari unda
shaxsga xos sifatlarining shunday kompleksini tashkil
qiladiki,
buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin.
0 ‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qara-
tilgandir. 0 ‘qituvchining barkamol insormi tarbiyalash, unda milliy
va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish,
yuksak va shu bilan
birga eng murakkab vazifadir. O'qituvchi (pedagog, muallim,
ustoz) — maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan va pedagogik faoliyat
bilan (professional) shug‘ullanuvchi inson. 0 ‘qituvchilik kasbini
tanlagan inson hamma narsani biladi va hamma narsaga javobgar.
0 ‘qituvchilik vazifasi uning har bir o‘sib kelayotgan avlod,
jamiyat, davlat taqdiri uchun javobgarligi bilan xarakterlanadi.
0 ‘qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchisidir.
0 ‘quvchilaming umumiy tayyorgarlik darajasi asosan o‘qituv-
chiga,
uning kasbiga, iymon-e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun o‘quvchilar tarbiyasiga oid pedagogik ishlar
maxsus uyushqoqlik hamda muayyan maiaka va ko‘nikma-
lamigina emas, balki pedagogik qobiliyatlari darajasiga taalluqli
bo‘lgan psixik xususiyatlari ham mavjud bo‘lishi kerak.
Qobiliyat-
shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va
uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi subyektiv shart -
sharoitini
ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir. 0 ‘qituvchining
kasbiy faoliyati favqulotda umumiy va xususiy qobiliyatlami talab
etadi. Kasbiy pedagogik faoliyatning muaffaqiyati, xususiy peda
gogik qobiliyatlarga bogliq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning
quyidagi guruhlari farqlanadi:
- 0 ‘quvchiga
nisbatan sezgirlik;
- Kommunikativlik - insonlarga yuz tutish, xayrxohlik,
xushmuomilalik;
- Perseptiv
qobiliyatlar - kaspiy yetuklik, empatiya, peda
gogik tuyg‘u;
- Shaxs dinamikasi - irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy
ishontira olish qobiliyati;
446
- Hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish;
- Kreativlik — ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning
xususiy qobiliyatlariga bilish, malaka va
ko‘nikmalarini egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati
ham tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: