‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


2. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

394


2. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek
Ulug‘bek 1394 yilning 22 martida Eronning g‘arbidagi 
Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy 
yurishi paytida tavallud topdi. U Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich 
o‘g li boiib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berildi. Lekin uni 
bobosi alohida mehr bilan 
“Ulug‘bek” 
deb atayvergani uchun 
uning asosiy ismi Ulug‘bek bo4lib qoladi va jahonga ana shu nom 
bilan shuhrat tarqatadi. Ulug‘bekning otasi Shohruh Amir 
Temurning uchinchi o‘g‘li bo" lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, 
ilm-fanga qiziqqon shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o‘z 
davrining oqila, bilimdon ayollaridan hisoblanardi.
... “Taqdir bu ulug‘ zotning zimmasiga behad ulkan va 
mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda amir Temur bunyod 
etgan saltanatning vorisi bo‘lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib 
etdi”.1
Ulug‘bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy 
yurishlarida o‘tdi. Garchi Ulug‘bek tug‘ilganda biroz zaif bo‘lgan 
bo‘lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi.
Amir Temur nabirasi Ulug‘bekning o‘ tkir zehnli, aqlu farosatli 
bo‘lganligi uchun juda sevardi. “Ko‘zimning nuri, saltanatimning 
umidli niholi”, deb erkalatardi. Biroq, Ulug‘bek Mirzo nozik bo‘lib 
o‘sdi. Buning ustiga ko‘p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan 
o‘tkazar, davlat ishlariga rag‘bati yo‘q ko‘rinar edi. Ulug‘bekning 
tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug‘ullanib, sevimli 
nabirasiga o‘quv-yozuvni o‘rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va 
ertaklami so‘ylab bergani uning hayotida o‘ ziga xos maktab bo‘ Idi.
1405-1411 yillarda, o‘sha davming qomm-qoidalariga binoan 
amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo‘lib tayinlangan. Otabegi 
Ulug‘bekka 
asosan 
harbiy 
va 
siyosiy 
tarbiyadan 
ilm 
o‘rgatgan.O‘rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblarda malum 
bolishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan 
tartib-qoidalar bayon qilingan qollamnalar asosida tayyorlangan.
1 И.А.Каримов. Истиклол ва маьнавият. Тошкент, «Узбекистан», 1994 й., 96-бет.
395


Shulardan biri Shahzodalar va Xonzodalar bilishi zarar bo‘lgan 
“Suluk ul-muluk” (Podshohiarga qo‘llanma) kitobidir.
Ulug‘bek ham an’anaga ko‘ra mazkur kitobni mukammal 
o‘rganar va unda ko‘rsatilgan davlatni idora qilish san’ati - turli 
lavozim egalarini tayinlash, soliq to‘plash, ruhoniylar, mansab- 
dorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilami qabul qilish, 
xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo‘yicha ko‘nikmalami 
egallaydi.
Uiug‘bek yoshligidan ko‘p kitoblami mutolaa qiladigan bo‘lib, 
u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi.
U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan kocp 
vaqtini o‘tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba’zi 
kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarda yulduzlaming o‘mi 
va harakatini kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lar edi.
1411 yilda 17yoshliUlug‘bekMirzoMovarounnahrvaTurkis- 
tonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida 
Ulug‘bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. 
Ulug‘bek hokim bo‘lgach, bobosidan farqli o‘laroq harbiy yurishlar 
bilan qiziqmadi. Aksincha, u o‘rta asrlardagi boshqa hokimlardan 
o‘zgacha yo‘l tutdi, ko‘proq ilm-fanga moyil edi.
Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda 
qurib bitkaziladi. Tez orada Ulug‘bek madrasaga mudarris va 
olimlami to£play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik 
maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy 
ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq 
Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda 
Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek 
otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G‘iyosiddin 
Jamshid Koshiyni chaqirtirdi. Shunday qilib, Movarounnahming 
turli shaharlaridan va Xurosondan to‘plangan olimlar soni 1417 
yilga kelib 100 dan ortib ketdi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, 
xattotlar, rassomlar, me’morlar bor edi. Lekin yulduzshunoslik va 
riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va obro‘liroq edi. Ular 
orasida Qozizoda va Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar.
1420 yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo‘ldi. 
Manbalarda 
qayd 
etilishicha, 
“madrasa 
binosi 
bitishiga
396


yaqinlashganda, bu yerga to‘plangan adabiyot, san’at va fan 
namoyandalari Ulug‘bekdan madrasaga kimni mudarris etib 
tayinlamoqchisiz, deb so‘rashganda, Ulug‘bek, barcha fanlardan 
xabardor biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. Shu 
yerda g‘ishtlar orasida oddiy kiyimda o‘tirgan mavlono 
Muhammad Ulug‘beknmg bu gapini eshitib qolgan va shu onda 
o‘midan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. Shundan keyin 
Ulug'bek uni imtihon qilib, uning chinakam bilimdon odam 
ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, 
yaxshi kiyintirish to‘g‘risida buyruq bergan. Madrasaning ochilish 
kunida mavlono Muhammad mudarris sifatida ma’ruza o‘qigan; 
Mavlono Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan 
ma’ruzasini Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim 
tushima olmagan. Chunki bu ma’ruza haddan tashqari ilmiy 
jihatdan kuchli va murakkab masalalami o‘z ichiga olgan edi.”
Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin 
Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug‘bek 
madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G‘oyat bilimli bu 
olimni zamondoshlari “o‘z 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin