‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


“Qutadg‘u bilig” asarida yetuk insonni kamolga yetkazish



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

“Qutadg‘u bilig” asarida yetuk insonni kamolga yetkazish
masalalari
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida inson kamoloti 
masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda 
insonning jamiyat va hayotda tutgan o‘mi, burch va vazifalari 
haqidagi muammolar o‘ziga xos tarzda bayon etiladi.
386


Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” 
kitobining an’anaviy boshlamasidan keyinoq insonning haqiqiy 
baxti bilimda ekanligini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati 
haqida fikr yuritish. bilan birga unga alohida boblar ham 
bag‘ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini 
ko‘rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi 
o‘rnini ham yoritadi. U bilimli buyuk, uquvni ulug‘ deb ta’riflaydi. 
Chunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, 
deb ilmli kishilami asl toifadagi kishilarga qo‘shadi. Olim ezgu 
ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. 0 ‘sha 
davrdayoq olim “Bilim hatto osmon sari yo‘l ochur” deb bashorat 
qiladi. U dunyoda odam paydo bo‘libdiki, faqat bilimli kishilargina 
ezgu ish qilib, adolatli siyosat yuxgizib kelgan, ana shu bilim va 
zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini ta’riflaydi. 
Hatto hukmdorlar ham yurtni, davlatni aql, ilm, zakovat bilan idora 
etsa, el-yurt farovon bo‘ladi, to‘q va tinch hayot kechiradi, deydi. 
U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi o‘ringa qo‘yadi. 
Sechu (ya’ni har yerda ma’lum xudo) insonni yaratti, tanladi, 
Unga hunar, bilim va uquv berdi.
Unga ko‘ngil (ya’ni aql) berdi, tilini yo‘riq (ravon) qildi, 
Andisha, xulq hamda go‘zal fe’l ato qildi,
Bilim berdi, (shu tufayli) inson bu kun ulug‘likka erishdi.
Uquv berdi, so‘ng (shu tufayli berk) tugunlar yozildi1.
Yusuf Xos Hojib ilmli, ma’rifatli kishilami qadrlash kerak, 
chunki ular mash’al kabi yo‘lni yoritib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, 
yaxshi-yomonni farq etishni o‘rgatadi, deydi. Shuning uchun olim- 
lami hurmat etish kerakligini ta’kidlab, ilm ahlini o‘ta qadrlasa, 
ilmsizlami johil kishilar deb biladi. Agar shunday johillar mansab 
va amalga ega bo‘lsa, ular egallagan to‘mi poygak deb biladi.
Dunyoda inson bilim va zakovati tufayli orzu-tilaklarga, 
ulug‘likka erishishi muxnkinligini aytadi. Lekin shunday bilim va 
zakovatning qadriga faqat xuddi o‘zlariga o‘xshagan donolar va 
zakovatlilar yetadi, johil va telbalar bunday xislatlarga ega emas, 
deydi. Chunki jamiyatdagi barcha xatolar bilimsizlik, nodonlik,
1 Юсуф Хос Х,ожиб. Кутадгу билиг (Саодатга йулловчи бил им) Тронскршщия. Хозирги 
Узбек тшшга тавсиф ва нашрга тайёрловчи И.Каримов. -Топпсент, Фан, 1971, 84-85-бетлар
387


jaholat tufayli sodir bo‘lishidan u qayg‘uga tushadi, hayotda nodon 
va johillar ko‘payib ketganligidan afsuslanadi. U yurtni idora 
etuvchilami va xalqni boshqaruvchilami ikki toifaga bo‘lib, 
birinchisi adolatli siyosatni yurituvchi beklar va ikkinchisi dono 
olimlar deydi. Chunki siyosatchilar yurtni boshqarsa, olimlar 
ma’rifiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Olim bilimni ziyoga, tengi yo‘q javohirga o‘xshatib, u insonni 
yuksaltiradi, jahonning sir-asrorini bilib olishga yordam beradi, 
deydi. 
Insoniyat nimaga erishgan bo‘lsa, bilim tufayli 
erishganligini ta’kidlaydi. Ammo bu boylikni hech kim o‘g‘irlay 
olmaydi, deb bilim va zakovatni muqaddas do'st, mehribon 
qarindosh, kiyim va ozuqa sifatida ta’riflaydi. Lekin Yusuf Xos 
Hojib ilm-fanni anglashni targ‘ib etibgina qolmasdan, uni hayotga 
tatbiq etish, amalda qo‘llay bilishga ham da’vat etadi. Yusuf Xos 
Hojib insonga xizmat etmagan bilimni dengiz tubida foydalanilmay 
yotgan injuga o‘xshatadi. Shuningdek, yer ostida yotgan oltinni 
ham qazib olinsa, beklar boshiga toj bo‘lganidek, ilmni ham foydali 
narsalarga sarf etishga da’vat etadi. Olim bilimlilik va 
bilimsizlikning natijasi haqida ham fikr yuritar ekan, inson bilimsiz, 
nodon, johil bo‘lsa, yaramas ishlar qilishi, aksincha, bilimli, dono, 
zukko bo‘lsa ezgu ishlami ro‘yobga chiqarishini ta’riflash bilan 
kishilami tinmay ilm olishga undaydi.
Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, buyuk alloma 
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va moddiy, ma’naviy yuksalishida, 
el-u xalqning boy va farovon turmushi-barchasi ilm va ma’rifatning 
ravnaqiga bog‘liq ekanligini to‘g‘ri va ishonarli dalillar bilan badiiy 
ifodasini bera olgan va o‘zi ham ana shu ezgu ishni amalga oshirish 
uchun tinmay faoliyat ko‘rsatgan. Bunda dastlab, barcha yaxshi 
ishlaming manbaini ezgulik, yomon ishlaming asosini essizlik 
nomlari bilan talqin etadi. U inson hayotda qilgan ishi bilan yo 
yaxshi nom qoldiradi, yo yomon nom oladi, deydi. Alloma barcha 
ezgulikning boshi til odobi, asar uning foyda va zararlariga 
bag‘ishlanadi deya ta’kidlaydi. Til insonning qadr-qimmatini 
oshiradi yoki shu til orqali inson yuz tuban ham ketishi mumkin. 
Kishi ikki narsa bilan hayotda mangu qoladi: biri xushxulqlik 
bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi so‘z, deydi. Insoniy munosabatlarning eng
388


oliy mezoni sanalgan hunnat va ehtiromni tarkib toptirishning 
barcha ko‘rinishlari asarda o‘z ifodasini topgan. Yusuf Xos Hojib 
jamiyat taqdirini hal etuvchi eng ulug‘ mansabdorlardan tortib, oila 
a’zolarigacha bir-biriga bo‘lgan muomala-munosabat masalalaxini 
ham hayotiy misollar vositasida yoritadi. Katta. yoshlilaming 
kichiklarga, kichiklaming ulug‘larga, amaldor va mansabdor- 
larning o‘z xizmatchilariga, xizmatchilarining o‘z xo'jalariga, turli 
ijtimoiy guruh a’zolarining bir-birlariga, oilada oila a’zolarining 
bir-birlariga muomala madaniyatining eng oddiy ko‘rinishlarigacha 
tasvirlab, kishining ko‘z oldida yaqqol namoyon etadi. Buni biz 
farzand tarbiyasida uning tug‘ilganidan boshlab xulq-odob 
qoidalarini, bilim va hunami o‘rgatish, buning uchun pok va bilimli 
muallim-murabbiy tanlash, farzandning xatti-harakatini doimo 
nazoratda saqlash kabi masalalaming bayon etilishidan ham bilsak 
bo‘ladi.
Yusuf Xos Hojib oilaviy-maishiy turmush ikir-chikirlariga ham 
katta e’tibor beradi. U kishilami o‘ylab oila qurishdan boshlab, 
farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha 
bo‘lgan eng ezgu zaruriy vazifalami birma-bir bayon etadi. 
Shuningdek, yigitlik va keksalik fasllari haqida ham fikr yuritib, 
yigitlikni ehtiyot qilish, yigitlik davrida qarilikning g‘amini yeyish, 
bu to‘g‘rida qayg‘urish kabi zaruriy narsalar haqida tavsiyalar 
beradi.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarini yozishda Sharqda 
keng yoyilgan o‘git-nasihat janriga tayanib ish ko‘rsa ham 
mulohazalarni bayon etishda ularga odamlami to‘liq iqror qilish 
muayyan ishonch hosil qilish uchun hayotiy dalillarga ko‘proq 
murojaat etadi. Masalan, insonga yaxshilik bilan yomonlik 
qilishning oqibatlarini quyidagicha bayon etadi:
o‘zing ezgu bo‘lsang, oting maqtovga loyiqdir,
Agar yomon bo‘lsang, tahqirga mahkumsan, ey latif. 
Tuban Zahhok ne tufayli tahqirga loyiq bo‘ldi,
Baxtli faridun qanday qilib madhga sazovor boidi.
Biri ezgu edi, uni madh qildilar,
Biri yomon edi, uni so‘kdilar.
389


Demak, ezgulik va essizlik bu o‘rinda qiyos etiladi. Shunday 
qiyosni biz yaxshilik bilan yomonlik, rost bilan yolg‘onchilik, 
yorug‘lik bilan ziyo, samimiylik bilan quvlik, kamtarlik bilan 
takabburlik, bilimlilik bilan johillik, saxiylik bilan baxillik va 
boshqa juda ko‘p axloqiy xislatlami taqqoslaganda ham 
ko‘ramizki, bu uslub ham ma’Ium u yoki bu maqsadni amalga 
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Yusuf Xos Hojibning o‘zi 
kishilarga munosabatda o‘rtamiyona yo‘l tutishni tavsiya etadi. 
Shunda do‘st dushmanga aylanmaydi, ezgu ishlar amalga osha 
boradi, deb ta’lim beradi. “Qutadg‘u bilig”da yana jumboqlami 
yechish usullaridan ham foydalanilgan. Bu uslub o‘quvchini asarga 
qiziqtiradi, uni o‘qimishli qiladi. Hozirgi davrda bu muammoli 
ta’ lim deb yuritiladi. Ammo tarbiya va ta’lim merosimizda jumboq- 
muammoli ta’lim o‘ziga xos xususiyatga ega. Masalan, asardagi 
Kuntug‘mish (Elig) bilan Oyto‘ldi munozarasini olaylik. Bu 
munozarada olim quyidagi fikmi ilgari suradi: Elig Oytoidiga o‘rin 
berganda o‘tirmagani, “xon yonida menga o‘rin yo‘q”, -degan edi. 
Yerga koptok qo‘ygani va unga o‘tirgani bilan Oyto‘ldi -davlat 
koptok kabi barqaror emas, bir joyda turmaydi, degani. Elig 
boqqanda ko‘zini yumib olgani-davlat ham ko‘r kishi kabi bo‘ladi, 
kimga ilashsa, unga qattiq yopishib oladi, degan edi. Yuzini 
yashirgani esa, barcha qilmishlarim - ya’ni davlat jafo, unga 
ishonma, degani, deb kishi davlat va baxtga quvonib ketmasligi, 
ular dan quvonib, ortiqcha g‘ururlanib ketmay, aksincha, o‘zini 
ehtiyot qilishi, yig‘ilgan narsalami me’yorida sarflashi, bexud 
bo‘lib, ichkilikka berilmasligi, narsalami sovurmasligi kerak deb 
ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari 
insonni har tomonlama kamolga yetkazishda yirik ta’limiy-axloqiy 
asardir. Shuning uchun ham bu asar o ‘zining ilmiy, ma’rifiy, 
tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmoqda.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin