‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat uchun savol topshiriqlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Nazorat uchun savol topshiriqlar.
1. 
IX-XII asrlarda ta’limiy-axloqiy asarlaming paydo bo‘lishi 
shart-sharoitlari.
390


2. Ta’limiy-axloqiy asarlar mazmunidagi o‘xshash va farqli 
tomonlami aniqlang.
3. Ta’limiy-axloqiy asarlarda ifodalangan komil insonga xos 
xislatlar jadvalini tuzing.
4. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida nimalar 
haqida fikr bildirilgan?
5. Inson kamoloti haqida “Qutadg‘u bilig” asarida nimalar 
ilgari surilgan?
391


XVI BOB. XIV-XVI ASRLARDA TARBIYA, MAKTAB VA
PEDAGOGIK FIKRLAR
1. Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)
Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay Kesh (Shahri- 
sabz)ning Xo‘jailg‘or (hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog‘ 
tumaniga qarashli) qishlog‘ida 1336 yilning 9 aprelida tavallud 
topgan. Uning otasi Amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q, badavlat kishi 
bolgan. Onasi Tegina Begim esa buxorolik taniqli olim 
Ubaydullohning qizi bo‘lgan.
Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik dav- 
ridan boshlab 
maid,
dovyurak, jasur bo‘lib o‘sadi. Harbiy san’atni 
mukammal egallaydi. Qur’oni karimni yod oladi, hadis ilmini 
o‘rganadi. Dunyoviy bilimlarga ham ega bo‘ladi. Shuning uchun 
ham iymon-e’tiqodli, halol pok, aql-zakovath, o‘z e’tiqodiga 
mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo‘lib yetishadi.
Amir Temur o‘z davlati qudratini yuqori ko‘tarib dunyoga 
tanitadi.
Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo‘ravonlikni yoqtirmas, 
insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, “Temur tuzuklari” 
hukmdoming hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq 
me’yorini belgilab beruvchi yo‘riqnomadir. Taniqli olim Bo‘riboy 
Ahmedov “Temur tuzuklari” podsholaming turish-turmush va 
axloq-odob nomialarini belgilovchi risoladir, deb ta’riflaydi. 
Haqiqatan ham, mazkur asami turmush odobi, hulq-odob qoidalari 
tartib berilgan an’anaviy asarlar qatoriga qo‘ysak bo‘ladi. Zero, 
tarixan ta’limiy-axloqiy asarlaming barchasida ham dastlab 
davlatni boshqarishga oid qarashlar, so‘ng axloq me’yorlari bayon 
etiladi. Shunga ko‘ra bu asardan ta’limiy-axloqiy asar sifatida 
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolat- 
lilik, vatanga sadoqat, jasorat, to‘g‘rilik, do‘stlik va hamkorlik,
392


mehr va muruwat ko‘rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislaHami 
ulug‘laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda 
“rosti-rusti” qoidasiga rioya etgan, Amir Temurning o‘zi 
naqshbandiylik tariqatidagi “Dil ba yoru, dast ba kor” tamoyiliga 
ko‘ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin 
Davoniy va boshqalar tomonidan targ‘ib etilgan va haqiqiy komil 
inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo‘lgan quyidagi o‘n ikki 
qoidani o‘ziga yo‘riq qilib olganini ko‘ramiz:
- Har yerda va har vaqt islom dinini quwatlash;
- davlat va saltanatni boshqarishda o‘ n ikki tabaqa, toifadagi 
kishilarga tayanish;
- dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik 
bilan ish ko‘rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko‘rsatish, 
saltanat ishini yurg‘izishda murosay-u madora, muruwat hamda 
sabr-toqat bilan ish ko‘rish;
- davlat ishlarini yurg‘izishda davlat qonun-qoidalariga 
qat’iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish;
- sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqil-u donolar, muhandislar
tarixchilami izzat-hurmat qilish;
- azm-u jazm bilan ish ko‘rish (aytganiga rioya etish), 
buzuqchilikning oldini olish;
- foqaroning axvolidan ogoh bo ‘ lib turish;
- barchaga hurmat-e’tiborda bo‘lish, yaxshilik, muruwat, 
ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish;
- farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do‘st birodarlami 
doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo‘lish;
- sipohiylami hurmat etish va ularga g‘amxo‘rlik qilish.
Ko‘rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya
etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy 
etdi, davlatining nufuzi oshib, nafaqat Sharqda, balki G‘arbda ham 
mashhur bo‘Idi.Bu o‘n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir 
Temur o‘zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan: “Men o ‘z 
hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo‘ydim va 
hamishalig‘ ularga amal qildim, ular ushbulardir:

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin