‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

a q liy
tarbiya turli bilimlami o‘rganish natijasida 
amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko‘proq yaxshi axloqiy xislatlami 
mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb 
ta’lim berdi.
Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor 
beradi. Oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalaming 
oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga 
o‘rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va 
ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli 
kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug‘laydi va 
qimorboz, sudho‘r kabilami qoralaydi. U mehnatsiz hayotkechirish 
insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini 
to‘g‘ri talqin etadi.
Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson 
kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim abamiyatini ham nazariy, 
ham amaliy jihatdan tahlil etadi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy 
tarbiyaning ta’siri haqida bir butun, yaxlit, ta’limot yoritilmagan 
edi. Ibn Sino birinchi bo‘lib jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik 
jihatdan bir butun tizimini yaratdi.
Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza 
tutish tartibiga rioya etish inson sog‘iig‘ini saqlashda muhim 
omillardan ekanligini ham ilmiy ham amaliy jihatdan asosladi. 
Bolaga ham hali u tug‘ilmasdan turib g‘amxo‘rlik qilish, go‘daklik 
davridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi. 
Bolaning yetuk inson bo‘lib shakllanishida unga g‘amxo‘rlik, 
poklik, mas’uliyatni his etish, do‘stona manosabatlar tuyg‘usini 
singdirib borish zarur, deydi olim. Chunki, Ibn Sino merosinining 
asosiy qimmat va qudrati uning keng va kuchli gumanistik
382


mazmunidir. U o‘z ilmi, merosi bilan o‘rta asr sharqining ilmiy 
madaniy qudratini butun dunyoga namoyon qildi. Butun insoniyat 
madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham 
Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk siymosi, insoniyat uchun 
hurmat qilgan olim, buyuk tabib, eng katta faylasuf, tabiatshunos, 
insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida tan olindi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin