‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Abu Nasr Forobiy (873 - 950)



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

3. Abu Nasr Forobiy (873 - 950)
0 ‘rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu 
Nasr Forobiy nomi bilan bogiiq boiib, uning inson kamoloti 
haqidagi taiim oti ta’lim - tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. 
Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr 
doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yitik
1 Ал-Хоразмий, Мухаммад ибн Myco. Танл. асарлар. Тошкент, 77-78-бетлар.
364


mutafakkir - “Muallimiy soniy” - “Ikkinchi muallim” deb 
ataydilar. Abu Nasr Forobiy (to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad 
ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) hijriy 260 yil 
(milodiy 873 yii)da Shosh - Toshkentga yaqin Forob ( 0 ‘tror) 
degan joyda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Forobda 
boshlang‘ich ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqandda 
ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaiigining 
yirik madaniy markazi Bag‘dodga xalifalikning turli tomonlaridan 
kelgan olimlar yig‘ilganligi, uning yirik ilmiy markazga 
aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag‘dodga 
jo ‘naydi. Bag'dodda Forobiy o‘rta asr fanini, turli fan sohalarini 
o‘rganadi. Masalan, unga Yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta 
ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) 
ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag4 dodda matematika, mantiq, 
tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiat, huquq, tilshunoslik, poetika 
bilan shug'ullandi, turli tillami o‘rgandi. Ba’zi manbalarda Forobiy 
70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu Nasr Forobiy 
qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq 
ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.
Forobiy o‘zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, 
musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlaming turli 
sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt - saodatga 
erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbari 
boiishi kerak deydi. U fozil shahami boshqaradigan Hokim 
tabiatdan: 1 - sog‘ - salomat bo‘lib, o‘z vazifasini bajarishda hech 
qanday qiyinchilik sezmasligi; 2 - tabiati nozik, farosatli; 3 -
xotirasi mustahkam, 4 - zehni o‘tkir, 5 - o‘z fikrini tushimtira 
oladigan notiq, 6 - bilim-ma’rifatga havasli, 7 - taom yeyishda, 
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, 
o‘zini tiya oladigan bo‘lishi (qimor yoki boshqa o‘yiniardan) zavq, 
huzur olishdan uzoq bo‘lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y 
odamlami sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon 
ko‘radigan, 9 - o‘z qadrini biluvchi va oriyatli bo‘lishi, 10 - mol 
dunyo ketidan quvmaydigan, 11 - adolatparvar, 12 - qatiyatli, 
sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi muhimligim qayd etadi. Forobiy bu 
fazilatlami har bir yetuk insonda ko‘rishni istaydi. Forobiy o‘zining
365


fozil jamoasida odamlami turli beigilarga qarab gurulilarga boiadi. 
Bunda u, kishilaming diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab 
emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, 
bilim ko‘nikmalariga e’tibor berishlik zarur deydi. U o‘zining 
“Baxt saodatga erishuv y o ilar haqida risola” asarida “Davlatning 
vazifasi insonlami baxt - saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U,
- bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qoiga kiritadi”. Forobiy 
davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim deydi; ya’ni jamoani idora 
etuvchi adolatli, dono bo‘lishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar 
yarata olishi, kelgusini oldindan ko‘ra bilishi, boshqalarga g‘am- 
xo‘r boiishi lozim deydi. Forobiy ta’lim tarbiyaga bag‘ishlangan 
asarlarida ta’ lim-tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e’tibor 
berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr 
yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv to‘g‘risi- 
da”, “Ixso-al-ulum”, “nmlaming kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari 
to‘g‘risida” kabi asrlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z 
ifodasini topgan.
Forobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish 
haqida ta’lim bergan bo‘Isa ham, ammo har birining insonni 
kamolga yetkazishda o‘z o‘mi va xususiyati bor ekanligini alohida 
ta’kidlaydi.
Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlami 
o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, 
aw al bilish zarur boigan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari 
haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlami, tabiiy jismlar 
tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlami o‘rganish lozim. 
Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi 
ilm o‘rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolgiz o£zi erisha olmaydi. U 
boshqalar bilan aloqada boiish, ularning ко‘maklashuvchi yoki 
munosabatlariga muhtoj boiadi. Uning fikricha tarbiya jarayoni 
tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. 
Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalami o‘zicha bila 
olmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim.
Bunga Forobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali 
erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga
366


oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan 
kamolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun- 
qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, 
boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda boiadi, jamiyat tartib 
qoidalariga rioya etadi.Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy 
vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat 
uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalasbdan iborat deb 
biladi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim 
sanaladi. Ta’lim - degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida 
nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatni, ma’lum hunami 
egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy 
malakalami o‘rgatishdir, deydi olim, Abu Nasr Forobiy у ana 
aytadi: “Ta’lim - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o'rtasida 
nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi 
tug‘ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan 
so‘zdir.
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, 
amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatnmg amaliy 
malakalardan iborat bo‘lgan ish - harakat, kasb-hunarga berilgan 
bo‘lishi, o‘rganishidir”.
Forobiy nazariy bilimlami egallashga kirishgan har bir kishi 
xulq - odobda ham qay darajada pok bo‘lishi kerakligini «Falsafani 
o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to‘g‘risida»gi risolasida 
shunday ta’riflaydi: “Falsafani o‘rganishdan awal o‘zmgizni xirs- 
havaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va 
shahvoniyat kabi noto‘g‘ri tuyg‘ularga emas, balki kamolotga 
boigan xirs-havas qolsin.
Bunga xulq axloqni faqat so‘zdagina emas, balki haqiqatda 
(amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shundan so‘ng xato va 
adashishdan saqlovchi, haqiqat yo‘lini tushunib olishga boshlovchi 
(notiq - so'zlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruhini 
tozalash zarur”.
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik va 
mulohazali bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik. ko'pchilik manfaatini 
yuqori qo‘yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik
367


kabi xislatlami tushunadi. Ammo bu xislatlaming eng muhumi har 
bir insonning bilimli, ma’rifatli boiishidir. Shuning uchun ham 
Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bogiiq ho Ida, 
tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz 
Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagini emas, 
balki kishilaming aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin 
etganligini ko‘ramiz. Forobiy “Aql ma’nolari haqida” risolasida aql 
masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta’limotida mantiq 
(logika) ilmi muhim o‘rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan 
grammatika o‘rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning 
aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. 
Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham 
tafakkumi haqiqiy y oida olib borish uchun aqlni to‘g‘irlab turadi 
deydi.
Forobiy “Musiqa haqida katta kitob” degan ko‘p jildi asari 
bilan o‘rta asming yirik musiqashunosi sifatida ham mashhur 
boidi. U musiqa ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, musiqani 
inson axloqini tarbiyalovchi sixat salomatligni mustahkamlovchi 
vosita deb qaragan. Uning musiqa sohasida qoldirgan merosi 
musiqa madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.
Forobiyning ta’lim-tarbiya yoilari, usullari vositalari haqidagi 
qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘1 -
ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy 
fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tug'ma fazilat - nazariy 
bilimlar va amaliy kasb - hunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. 
Ta’lim so‘z va o‘rganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan 
amalga oshiriladi, deydi. Har ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon 
boiadi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy ko‘nikmalami qay 
darajada o‘rganganligiga qarab paydo boiadi, deb ko‘rsatadi.
Forobiy ta’limda barcha fanlaming nazariy asoslari o‘rganilsa, 
tarbiyada ma’naviy - axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o ‘rganiladi, 
kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim- 
tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy 
ta’lim - tarbiya ishlarini ikki yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda 
tutadi.
368


“Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-hunar)lar va ulami 
bajarishga odatlanish masalasi”ga kelganda, bu odat ikki yo‘l bilan 
hosil qilinadi: bulardan birinchisi - qanoatbaxsh so‘zlar, 
chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, 
malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g'ayrat, qasd-intilish 
harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo‘l (yoki usul) - majbur etish yo'ii. Bu usul gapga 
ko‘nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga 
nisbatan qo‘llaniladi. Chunki ular o‘z istaklaricha so‘z bilan 
g‘ayratga kiradiganlardan emaslar. Ular dan birortasi nazariy 
bilimlarni o‘rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo‘ladi. Kasb 
hunarlami va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bo‘lmasa, 
bunday odamlami majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga 
tarbiya berishdan maqsad - ulami fazilat egasi qilib va san’at 
ahllariga aylantirishdir.
Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyadarag‘batlantirish, odatlantirish, 
majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham 
pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini 
ko‘zlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida 
komil insonni shakllantirish, insonni o‘z mobiyati bilan ijtimoiy, 
ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka 
erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Insonning kamolga 
yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim-tarbiya 
usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan 
diqqatga sazovordir.
4. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin