‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Abu Rayhon Beruniy (973 -1048)



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Abu Rayhon Beruniy (973 -1048)
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 
X asming ikkinchi yarmi va X3 asming boshlarida, g‘oyat 
murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 
362-yil 3 zulhijjada (milodiy 973-yil 4-sentyabr) Xorazmning 
Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so‘zi 
“tashqari” degan ma’noni anglatadi.
369


XIII asr uoshlarida Xorazmda bo‘lgan mashhur sayohatchi va 
geograf Yoqut Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga 
ketgan har bir kishini xorazmiyliklar “Beruniy” laqabi bilan 
ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko'ra uning nomiga 
qo'shilib qolgan bo‘lsa ehtimol. Chunonchi, olimni shaxsan bilgan 
mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan “Beruniy 
laqabini qo‘llamay, faqat “Abu Rayhon” deb ataydi. “Abu Rayhon” 
esa “marhamatli”, “rahmatli”, “rahmdil” ma’nolarini bildiradi”, - 
degan fikrlarni aytadilar.
Abu Rayhon Beruniy boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha 
davrda fan-madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam 
olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Xorazm tili bilan birga sug‘diy, forsiy, suryoniy, 
yunon, qadimgi yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni 
ham o ‘rgangan. U yunon kiassik ilmi, astronomiya, geografiya, 
botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va 
filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Bundan tashqari o‘zidan oldin o‘tgan matematik, munajjim va 
geografiya olimi Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul 
Abbos, Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX 
asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo 
Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu 
Muhammad Hamid Xo‘jandiy va boshqalaming asarlarini mustaqil 
o‘rganadi.
995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning 
amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo‘lib 
Yer va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga oid bir necha 
kitob yozdi (“Kartografiya”, “Globus yasash kitobi”, “Yerdagi 
joylaming uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola” va 
boshqalar).
Beruniy hali juda yosh olim boiishiga qaramay, Kot shahrida 
994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar 
uchun o‘zi astronomik asboblar ixtiro etgan.
994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarshi 
hujum qiladilar. Urganch amiri Ma’mun I tomonidan Beruniy ijod 
etayotgan Kot shahri zabt etilib (bu shahar Janubiy Xorazmning
370


poytaxti bo‘lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi. Amir Abu 
Abdullo Muhammad xizmatida bo‘lgan Beruniy ham boshqa 
olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining 
janubi-sharqijda, so‘ng Rayda (Tehron yaqinida) yashaydi, Raydan 
yana Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso 
Masihiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.
0 ‘sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn 
Vushmagir yosh olimga xayrxohlik ko‘rsatadi. “Shams al-Maoliy” 
(“Oliy martabalar quyoshi”) laqabi bilan mashhur bo‘lgan bu 
podshohga bag‘ishlab Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy 
nomini Yaqin va o‘rta Sharqqa mashhur qildi.
1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan 
Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo‘lib 
qoladi.
Ma’mun davrida Urganchda “Ma’mun akademiyasi” nomli 
ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqinmg yirik 
olimlari faoliyat ko‘rsatadi.Beruniy bir necha yil kamyob metaliar 
va qimmatbaho toslilar ustida kuzatishlar va tajribalar olib boradi 
va keyinchalik ana 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin