Faoliyat
- shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvo
fiq
tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlaming
muayyan shakli, ko‘rinishi.
Fuqaro
- fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda
muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxs.
Fuqarolik
- huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish,
ma’lum huquqlardan foydalanish
hamda burchlami bajarishga
mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik,
ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasi
- fuqarolik
tushunchasining mohiyatini
anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik mada-
niyatini
shakllantirish, ulami xalq, Vatan,
jamiyat uchun fidoiy
fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Faollik
- biror maqsad yo‘lida aqliy, jismoniy va boshqa
harakatlami tez va unumli amalga oshirishga intilish.
Shaxs
- psixologik
jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xusu
siyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo Igan jamiyat a’zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish
- uni jamiyat tomonidan tan olingan
xulq-atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlash-
tirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash
- aniq jarayonlami
raqamlar tizimi yordamida
modellashtirish.
Ekologik madaniyat
- o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvo
fiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Dostları ilə paylaş: