Ekologik ta’lim
- o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil,
tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlami berishga
yo‘naltirilgan ta’limiy jarayon.
Ekologik faoliyat
- ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat
va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash bora§ida
amalga
oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya
- o‘quvchilami tabiat, ijtimoiy va mehnat mu-
nosabatlari, turmush go‘zalligini
idrok etish, to‘g‘ri tushunishga
o‘rgatish, ulaming badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka mu-
habbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik
olib kirish qobiliyatini
tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
E’tiqod
- dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy,
huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy,
hamda ekologik
bilimlaming takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz
ishonch.
Evristik
- yo‘naltiruvchi savollar berish yo'li bilan o‘qitish
tizimi; topqirlik, faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi ta’lim
metodi; o‘quv-izlanishli; optimallashtirilgan
tafakkumi rivojlan-
tiradi.
Eksklyuziv
- g‘ayri oddiy, faqat ma’lum bir obyektga taalluqli,
o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlar va boshqa belgilar. Faqat o‘ziga
berilgan (huquq).
Dostları ilə paylaş: